O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. A. Omonov, T. M. Qoraliev


O‘beistonda tijorat banklari kapitaliga o‘rnatilgan



Download 7,09 Mb.
bet163/239
Sana14.01.2022
Hajmi7,09 Mb.
#363048
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   239
Bog'liq
Дарслик ПКБ Омонов Каралиев 02 02 2018

O‘beistonda tijorat banklari kapitaliga o‘rnatilgan

minimal talab darajasi va dinamikasi


Joriy etilgan sana

Tijorat banklari uchun

Chet el kapitali ishtirokida ochilayotgan banklar uchun

Xususiy banklar uchun

1.01.1998 y.

1,5 mln.

AQSh dol. ekvivalent.



5 mln. AQSh dol. ekvivalent.

0,3 mln AQSh dol. ekvivalent.

1.01.2000 y.

2,5 mln.

5,0 mln.

0,3 mln.

1.01.1999 y.

2,5 mln.

5,0 mln.

1,25 mln.

1.01.2005 y.

5,0 mln.

5,0 mln.

2,5 mln.

1.01.2008 y.

5,0 mln.Yevro ekvivalent.

5,0 mln.Yevro ekvivalent.

2,5 mln.Yevro ekvivalent.

1.01.2011 y.

10,0 mln.

5,0 mln.

5,0 mln.

1.10.2017 y.

100 mlrd so‘m

Tijorat banklari kapitalining minimal miqdoriga qo‘yilgan talab 2007 yil 31 dekabrgacha AQSh dollari ekvivalentida amalga oshirilgan bo‘lsa, 2008 yil 1 yanvardan boshlab yevro ekvivalentida va 2017 yil 1 oktabrdan so‘shmda jamg‘arilishi joriy etildi. Ta’kidlash joizki, tijorat banklari o‘z faoliyatini dastlab boshlayotgan davrda kapitalning minimal miqdorini shakllantirilishi zarur bo‘ladi. Tijorat banklari Markaziy bankdan litsenziya olib, faoliyatini boshlagandan so‘ng esa kapitalning ushbu minimal miqdorini doimiy ravishda oshirib borishlari lozim bo‘ladi, kapitalni oshirishning asosiy mezoni sifatida ularning riskka tortilgan aktivlari hisoblanadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari aksiyador mulkchilik shaklida tashkil etiladi. Bu borada 1998 yil 2 oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik – tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni qabul qilindi. Ushbu farmonga ko‘ra, tijorat banklarini boshqarishda aksiyadorlarning va bank Kengashlarining roli oshirildi. Quyidagi rasmda tijorat banklari tashkiliy tuzilishining namunaviy ko‘rinishi keltirilgan.




Tijorat banklari faoliyati uning boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Bankning boshqaruv organi quyidagilar hisoblanadi:

  • aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi;

  • bank Kengashi (kuzatuv kengashi);

  • bank Boshqaruvi.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi bankning oliy boshqaruv organi hisoblanadi. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining mutloq vakolatiga kiruvchi masalalar bank Kengashi yoki Boshqaruviga topshirilmaydi. Bank Kengashining miqdoriy tarkibi ustav yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra belgilanadi. Aksiyadorlar soni 500 gacha bo‘lgan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi banklarning bank Kengashi miqdoriy tarkibi kamida besh a’zodan, 501 dan 1000 gacha bo‘lgan banklarda kamida yetti a’zodan va 1000 dan ortiq bo‘lgan banklarda kamida 9 a’zodan iborat bo‘lishi lozim.

Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi banklarning bank Kengashi a’zolari umumiy soni aksiyadorlar sonidan qat’i nazar beshtadan kam bo‘lmasligi kerak.

Tijorat banklarini tashkil qilish 2009 yil 8 oktabrda qabul qilingan “Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida olib boriladi. Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar mamlakatimizdagi barcha tijorat banklari mazkur nizomga asosan tashkil etiladi va tugatiladi.

Markaziy bank tijorat banklariga bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilishda asosiy omil bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

biznes rejaning maqbulligi;

kapitalning adekvatligi;

daromadlilikning kelgusi istiqbollari;

ko‘zda tutilayotgan rahbarning malakasi va obro‘ – e’tibori;

bankni ochish uchun taqdim etilgan hujjatlarning amaldagi qonunchilikka muvofiqligi;

monopoliyaga qarshi choralar.

Dastlab tashkil etilayotgan banklarning ustav kapitalida banklarning ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi, xorijiy kapital ishtirokidagi banklar va shu’ba banklarni tashkil etish hollari bundan mustasno.

Tashkil etilayotgan bankning ustav kapitalida bir aksiyadorning ulushi yigirma foizdan ortsa Markaziy bankdan oldindan rozilik olinishi lozim. Bir aksiyador yoki o‘zaro bog‘langan aksiyadorlar guruhining tijorat banki ustav kapitalidagi ulushi ustav kapitali umumiy miqdorining 25 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

Yangidan tashkil etilayotgan tijorat banklarining muassislari moliyaviy jihatdan barqaror bo‘lishlari lozim. Muassislarning moliyaviy barqarorligi quyidagi omillar bilan belgilanadi:

balansning nolikvidligi;

to‘lovga qobiliyatsizlik yoki bankrotlik;

yuridik shaxs rasmiy ravishda bankrot deb e’lon qilinishidan qat’i nazar uning passivlari aktivlaridan oshib ketishi;

yuridik shaxs taqdim etgan shaxs zarur hollarda ustav kapitalini oshira olmasligini ko‘rsatsa;

bankda mulk sotib olinishi ko‘zda tutilishi natijasida bankka yoki uning omonatchilariga moliyaviy xavf solinishi mumkinligini ko‘rsatuvchi boshqa hollar ma’lum bo‘lsa.

Tijorat banklarini tashkil etishda barcha shaxslar ham ishtirok etishi maqsadga muvofiq kelmaydi. Bunday shaxslar tarkibiga:

bankrotlikka uchragan yuridik shaxsning sobiq rahbarlari, boshqaruvi va kuzatuv kengashi a’zolari yoki yirik ishtirokchisi va yuridik shaxsning bankrotligi ularning harakatlari oqibatida yuzaga kelganligi faktlari ma’lum bo‘lsa;

o‘zining ishbilarmonlik va shaxsiy xattiharakatida ishlarni noto‘g‘ri boshqarish va vijdonan yuritish mumkin emasligini namoyish qilgan shaxslar.

offshor hududlarda ro‘yxatga olingan norezident yuridik shaxslar;

davlat hokimiyati organlari, mahalliy boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari, jamoat fondlari, budjetdan tashqari fondlar, budjet muassasalari va tashkilotlari, agar boshqa holat qonunlarda ko‘zda tutilmagan bo‘lsa.

Yangidan tashkil etilayotgan tijorat banklari quyidagi ta’sis hujjatlarini Markaziy bankka taqdim etishi lozim:

a) muassislar tomonidan imzolangan va ularning muhrlari bilan tasdiqlangan ta’sis shartnomasi;

b) muassis – aksiyadorlar yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan va bank Kengashi raisi tomonidan imzolangan bank ustavi;

v) ta’sis yig‘ilishining bayoni. Bu hujjatda bankni tashkil etish, ustav kapitali miqdori, ustav va biznes – rejani tasdiqlash, bank Kengashi, taftish komissiyasi va boshqaruvini saylash to‘g‘risidagi qaror bo‘lishi lozim.

Mustaqillikka erishgandan hozirgi kungacha bo‘lgan davrda turli mulk shaklidagi qator banklar tashkil etildi, ularning asosiy qismi mamlakatimiz moliya – kredit bozorida samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Mamlakatimizda bozor munosabatlarining takomillashuvi va iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi natijasida ularning ayrimlarini maqomi o‘zgartirildi, ayrimlari boshqa banklarga qo‘shilib yoki umuman faoliyatini to‘xtatdi. 2018 yil 1 yanvar holatiga mamlakatimizda jami 28 ta tijorat banklari tashkil etilgan bo‘lib, ularning uchtasi davlat banki, beshtasi xorijiy kapital ishtirokidagi qo‘shma banklar, 8 tasi xususiy banklar, qolganlari aksiyadorlik tijorat banklari hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, tijorat banklar iqtisodiyotning muhim moliyaviy “qon tomirlari” hisoblanib, ularning faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish mamlakatning tegishli qonun va me’yoriy hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Mamlakatimizda bu boradagi jarayon doimiy ravishda rivojlanib va takomillashib bormoqda.


Download 7,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish