O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. A. Omonov, T. M. Qoraliev


– BOB TIJORAT BANKLARI VA ULARNING FUNKSIYaLARI



Download 7,09 Mb.
bet162/239
Sana14.01.2022
Hajmi7,09 Mb.
#363048
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   239
Bog'liq
Дарслик ПКБ Омонов Каралиев 02 02 2018

15 – BOB

TIJORAT BANKLARI VA ULARNING FUNKSIYaLARI



15.1. Tijorat banklari va ularning tashkil topishi
Tijorat banklari mamlakat bank tizimining ikkinchi bo‘g‘inidagi moliyaviy muassasa hisoblanadi. Qonunchilik hujjatlari va iqtisodiy adabiyotlarda tijorat banklari jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilib, ushbu mablag‘larni tegishli shartlar (to‘lovlilik, qaytarishlik, muddatlilik, ta’minlanganlik, maqsadlilik) asosida iqtisodiyotning turli tarmoqlariga joylashtiradigan, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarga to‘lov hisob – kitoblarni amalga oshirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan tijorat tashkilotlari sifatida tasniflanadi.

Zamonaviy sharoitda tijorat banklarining jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatadigan vositachilik operatsiyalari va xizmat turlari ortib bormoqda. Tijorat banklarining ushbu munosabatlari tijorat asosida tashkil etiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, tijorat banklarining faoliyati tijoratga asoslangan bo‘lib, ularning asosiy faoliyati yuqori darajada foyda olishga yo‘naltiriladi. Biroq, tijorat banklari ishlab chiqarish korxonalaridan farqli o‘laroq, o‘z foydasini qo‘shimcha qiymat ishlab chiqarish hisobidan emas balki, korxona, tashkilotlar va aholi ixtiyoridagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini tegishli shartlar asosida jalb qilib, ushbu mablag‘larga ehtiyoji mavjud bo‘lgan shaxslarga tijorat yo‘sinda berish orqali foydasini shakllantiradigan o‘ziga xos moliyaviy muassasa hisoblanadi.

O‘zbekistonda tijorat banklarining tashkil etilishi bevosita mustaqillik yillariga to‘g‘ri keladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar “bank tizimini faqatgina bir necha banklar, ya’ni SSSR Davlat banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat banki, Qurilish banki va Davlat mehnat omonat jamg‘armalari kassalari mavjud bo‘lib, ittifoqdosh respublikalarda ushbu banklarning respublika, viloyat idoralari va tuman bo‘limlari faoliyat ko‘rsatar edi79”.

O‘zbekistonda dastlabki tijorat banklarini tashkil etilishining huquqiy asosi bo‘lib 1991 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni xizmat qildi.

Albatta, mamlakatimizda bozor munosabatlarining takomillashuvi va iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi natijasida tijorat banklari maqomi, kapitali va faoliyatiga qo‘yilgan talablar doimiy ravishda o‘zgarib bormoqda. Bularning natijasi o‘laroq, O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunining yangi tahrirdagi matni 1996 yil 25 aprelda qabul qilindi. Mazkur qonun mamlakatimiz bank tizimi, xususan tijorat banklarini tashkil topishi va rivojlanishiga mustahkam huquqiy baza bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘zbekistonda tashkil etilgan dastlabki tijorat banki Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki hisoblanadi. Keyinchalik, “1994 – 1995 yillarda ixtisoslashtirilgan “Asaka” bank (avtomobil sanoatini qo‘llab quvvatlash uchun), “G‘allabank” (g‘alla yetishtirishni moliyalashtirish uchun), “Paxtabank” (qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab – quvvatlash uchun) yakka xo‘jaliklarni qo‘llab – quvvatlash uchun “Tadbirkor” tijorat banki tashkil etildi”80.

O‘zbekistonda tijorat banklari faoliyatiga litsenziya berish, ularning faoliyatini nazorat qilish va to‘xtatish Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, tijorat banklarini tashkil etishda asosiy omillardan biri ularning ustav kapitaliga qo‘yilgan talab hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, mamlakatimiz tijorat banklari kapitalining minimal miqdoriga qo‘yilgan talab doimiy ravishda oshib bormoqda. Quyidagi jadvalda bu haqda ma’lumotlar keltirilgan.


Download 7,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish