Bobga oid testlar
Robert Pill akti qachon qabul qilingan.
1845 yil
1844 yil
1843 yil
1842 yil
AQSh FZT qachon tashkil etilgan.
1911 yil
1912 yil
1913 yil
1914 yil
AQSh FZT boshqaruvchilar kengashi a’zolari soni necha kishidan iborat.
13
15
11
7
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosati qancha muddatga ishlab chiqiladi
3 oyga ya’ni xar kvartal uchun
6 oyga ya’ni xar yarim yillik uchun
12 oyga ya’ni 1 yilga
9 oyga
O‘zbekiston Markaziy bankining yillik hisobotini taqdim yetishning so‘nggi muddati:
15 may
1 may
15 mart
1 iyun
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qaysi organ oldida hisobdor hisoblanadi?
Senat
Vazirlar Mahkamasi
Konstitutsion sud
Hisob palatasi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ustav kapitali mikdorini aniqlang
2 mlrd.sum
5 mlrd.yevro
7,5 mlrd.sum
10 mlrd.sum
8. Markaziy banklar uchun ta’qiqlangan faoliyat turlari.
Moliyaviy yordam ko‘rstish va tijorat bilan shug‘ullanish
Hukumatga kredit berish
Qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish
Nobank tashkilotlarga litsenziya berish
9. Yaponiya Markaziy banki qachondan boshlab mustaqil faoliyat yurita boshladi.
1998
1990
1994
1995
10. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida gi qonun qachon qabul qilingan.
1996 yil 25 aprel
1995 yil 21 dekabr
1995 yil 25 aprel.
1996 yil 21 dekabr
13 – BOB
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK TIZIMI VA UNING TARKIBI
13.1. O‘zbekiston bank tizimining tashkil
topishi va rivojlanishi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat bank tizimi ikki bo‘g‘indan tashkil topadi. Bank tizimi – bu ma’lum tarixiy davr ichida shakllangan va tegishli qonun hujjatlari asosida mamlakatda pul – kredit munosabatlarini tashkil etadigan va tartibga soladigan muassasalar majmuidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan davlatlarning deyarli barchasida bank tizimi ikki pog‘onadan iborat bo‘lib, ushbu banklar mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy sharoiti va tarixiy shakllanishiga qarab o‘ziga xos xususiyatlar asosida faoliyat yuritadi.
O‘zbekistonda ham bank tizimi ikki pog‘onadan iborat bo‘lib, ularning faoliyati tegishli qonun hujjatlari asosida tartibga solinadi. Ikki pog‘onali bank tizimida banklar – emission bank (Markaziy bank) va emission bo‘lmagan (tijorat banklari, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlar, lombardlar) banklardan tashkil topadi.
O‘zbekistonda ikki pog‘onali bank tizimining shakllanishi 1987 – 1990 yillarda, sobiq Davlat bankini isloh qilish davriga to‘g‘ri keladi. O‘sha davrda asosiy e’tibor monopol emission bank hisoblangan Davlat bankining tashkiliy tuzilmasini keskin o‘zgartirish orqali, iqtisodiyotni rivojlantirish va mijozlar bilan ishlaydigan ixtisoslashgan banklarni tashkil etishga qaratildi.
Bank tizimida mustaqillikgacha bo‘lgan davrda amalga oshirilgan islohatlarning asosiy konsepsiyasi sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
Ikki pog‘onali bank tizimini tashkil etish;
Davlatning ixtisoslashgan banklarini xo‘jalik hisobi va o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tkazish;
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga yangi bank xizmatlarini taklif etish, zamonaviy hisob – kitob shakllarini va kredit munosabatlarini amaliyotga joriy etish masalalari shular jumlasidandir.
Bank tizimida 1987 yilda boshlangan iqtisodiy islohatlar va banklarni qayta qurish natijasida ularning mulkchilik shaklida, xizmat ko‘rsatishida, kredit va hisob – kitob munosabatlarida ayrim o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Lekin, bank tizimida prinsipial ahamiyatga ega bo‘lgan ijobiy o‘zgarishlar yuz bermadi. Davlat banki kredit resurslarini markazlashgan holda monopol taqsimlovchi muassasa sifatida o‘z mavqieni deyarli yo‘qotmadi. Natijada, sobiq ittifoq tuzumi davrida 1988 – 1989 yillarda banklarni isloh qilishning ikkinchi bosqichi boshlandi. Ushbu davrda dastlabki aksiyadorlik tijorat banklari vujudga kela boshladi.
O‘zbekiston 1991 yilda mustaqillikka erishgandan so‘ng, mamlakatda xalqaro bank amaliyotidagi kabi haqiqiy ikki pog‘onali bank tizimi tashkil topishi yo‘lida qat’iy qadamlar qo‘yildi. «1991 yilning o‘zidayoq «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida» gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunga ko‘ra, eski Davlat bankining respublika idorasi bazasida mustaqil O‘zbekistonning Markaziy banki tashkil etildi va unga respublika davlat, emission va rezerv banki mavqie berildi»72.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mustaqillikning dastlabki yilarida o‘z faoliyatini “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun asosida amaga oshirdi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, yetmish yildan ortiq markazdan rejalashtirish sharoitida faoliyat yuritib kelgan bank tizimining maqsadi, majburiyati, vazifalari va ishlash tartibi yangidan tashkil etilgan ikki pog‘onali bank tiziminikidan tubdan farq qilar edi. Shu jihtdan ham uning bazasida tashkil etilgan bank tizimi oldida juda katta va mas’uliyatli vazifalar turar edi. Xususan, mamlakatda iqtisodiy jarayonlarni to‘xtatmagan holda bozor iqtisodiyoti sharoitiga asoslangan kredit muassasalari tizimini tashkil etish, muomalaga milliy valyutani joriy etish, sobiq ittifoq respublikalari bilan uzoq yillardan beri davom etib kelgan hisob – kitoblarni amalga oshirish va boshqa qator vazifalar shular jumlasidandir.
Shuning uchun ham mamlakatimiz Markaziy bankining tashkil etilishi, uning mamlakatda pul muomalasini tartibga solish va kredit muassasalari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishi bilan bog‘liq vazifalari doimiy ravishda takomillashib, rivojlanib zamonaviy xalqaro bank andozalariga o‘tib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |