O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirlig urganch davlat universiteti fizika-matematika fakulteti 191-fizika guruhi talabasi Raxmanov Shohruhning Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi fanidan kurs ishi mavzu


Koinotning yoshi, o‘lchami va kosmik nurlar



Download 192,48 Kb.
bet3/7
Sana18.07.2022
Hajmi192,48 Kb.
#820484
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Shohruh.

1.2 Koinotning yoshi, o‘lchami va kosmik nurlar.
Kosmik nurlar bilan bog’liq bo‘lgan jarayonlar kosmik fazoning nisbatan keng, katta qismida o‘tadi. Astronomik kuzatishlar natijalariga ko‘ra kosmik obyektlarning yoshi taxminan 10 milliard yilga tengdir. Shuning uchun biz radiusi yorug’lik yiliga teng bo‘lgan sferani tassavvur etsak, u holda biz kosmik fazoni shunday sohasini topamizki, bizga undan kosmik signal kelib yotibdi. Koinotni kosmik nurlar yordamida o‘rganiluvchi qismiga Metagalaktika deyiladi.
Kosmik muhit, yulduzlar muhiti, yulduzsimon obyektlarning muhiti, kosmik fazodagi gaz va changlardan hamda kosmik zarralardan tashkil topgandir. Bundan tashqari kosmik fazo elektromagnit maydonlar bilan to‘ldirilgandir, shuning uchun kosmik zarralar manbadan chiqib bizga yetib kelguncha bunday maydonlar va muhitlar bilan to‘qnashuvda bo‘ladi. Kosmik fazoda muhit notekis taqsimlangan. Yulduzlar turli galaktikalarga ajratil gandir, o‘lchami bo‘lgan fazoda qarib -ta galaktika mavjuddir. Galaktikalar orasidagi o‘rtaga masofa ga tengdir.
Galaktikalar turlicha bo‘lib, ular turlicha formaga egadirlar. Bizning galaktikamiz somon yo‘li, spiral shakliga ega bo‘lib, unga yaqin bo‘lgan qo‘shni galaktikalar, Andromeda tumanligi, katta va kichik Magelan tumanliklari va hokazalar bilan shu yerli galaktikalar to‘dasini tashkil qiladi. Bu to‘daga yana 20-ga yaqin galaktikalar kiradi.
Koinotni birinchi modeli, fazo va vaqtda stasionar modeli edi. Rus olimi Fridmanning 1922 yilda ko‘rsatishicha, koinot stasionar bo‘lmasdan, u hozirgi vaqtda kengayib borayapti. Koinotni nostasionar modelidan chiquvga xulosalar 1929 yilda eksperimental ravishda tasdiqlangandir. Amerikalik astrofizik Xabll ko‘rsatishicha galaktikalar spektridagi chiziqlarni qizil tomonga siljishi Dopler effektni ifodalab, galaktikalarni bir-biridan uzoqlashishini ko‘rsatadi. Galaktikalarning bir-biridan uzoqlashishini tezligi kuzatuvchidan galaktikagacha bo‘lgan r masofaga proporsionaldir:

Bu formuladagi -ga teng bo‘lgan kattalikga Xabll doimiysi deyiladi. Xabll doimiysini qiymati masofaga bog’liq bo‘lmasdan, vaqtga bog’liqdir, uning o‘lchov birligi chastota o‘lchov birligi bilan bir xildir. Galaktikalar kengayish tezligini o‘zgarmas hisoblasak, u holda Metagalaktikaning yoshi yilga teng bo‘ladi.
Koinotni ko‘rinuvchi qismi (Metagalaktika) o‘lchami yorug’lik yiliga teng bo‘lsa, kosmik nurlar bundan kichikroq masofalardan bizga yetib kelayapti, chunki kosmik zarralar to‘qnashuvlar tufayli to‘g’ri yo‘l bilan kelmasdan balki siniq yo‘llar bilan keladi. Kosmik fazoda gi xaotik joylashgan magnit maydonlarida, kosmik zarralar sochilib harakat qiladi, shuning uchun kosmik zarralarni fazodagi harakati diffuzion harakatga yaqindir. Bunda diffuziya koeffisiyenti bo‘lib, - zarralarning ta’sirlari orasidagi erkin chopish masofasi, -ularning tezligidir. Diffuziya koeffisiyentini son qiymati, zarralarni vaqt birligida, o‘rtacha kvadratik ko‘chishini yarmiga teng ekanligini hisobga olsak, diffuziya natijasida C ~ tezlik bilan harakat qilayotgan zarra T vaqt davomida
(1.2)
masofani bosib o‘tishini topamiz.
Zarralarni erkin chopish yo‘li uzunligini galaktikalar orasidagi masofa ga, T – ni esa megagalaktika yoshi yil deb olsak, R -ning maksimal qiymatini topgan bo‘lamiz.
Galaktikaning asosiy xususiyati, uning hamma vaqt harakatdaligidir. Faraz qilinadiki, galaktikaning harakati, tabiati hali noma’lum bo‘lgan katta portlash natijasida vujudga kelgandir. Portlashning boshlang’ich stadiyasida, muhitning nihoyat katta temperatura va katta zichligiga mos keluvchi energiya ajratilgandir. Vaqt o‘tishi bilan Metagalaktika kengayib sovigan.
Boshlang’ich vaqtlarda bo‘lganda (K – Bolsman doimiysi), materiya universal ta’sirni tashuvchilaridan (leptokvarklardan) iborat bo‘lgan. Metagalaktikani kengayishi va sovishi natijasida universal ta’sirini o‘rniga, kuchsiz, elektromagnit va kuchli maydonlar (ta’sirlar) paydo bo‘lgan. Natijada materiya kvarklardan, glyuonlardan, leptonlardan va fotonlardan iborat bo‘ldi va ularni hammasi termodinamik muvozanatda edi. Materiyani yana sovishi natijasida kvark glyuonli plazma adronlarga aylandi. Materiyaning zichligini ma’lum qiymatidan boshlab leptonlar ( – elektronlar, - myuonlar, - neytrinolar) o‘zaro ta’sirdan mahrum bo‘lganlar. Elektronlar va pozitronlar annigilyasiya bo‘lib, yadrolar va yulduzlar paydo bo‘lgan.


Download 192,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish