Oddiy qat’iy sillogizmning II figurasi quyidagi maxsus qoidalarga
ega:
Katta asos umumiy mulohaza boʻlishi kerak.
Asoslar bir-biridan sifatiga koʻra farqlanishi kerak.
II figuraning toʻrtta toʻgʻri modusi mavjud: AEE-Camestres, eAE-Cesare,AOO-Baroko, eIO-Festino . 1
Katta asosi umumiy tasdiq, kichik asosi va xulosasi umumiy inkor mulohaza boʻlgan AEE-Camestres shakli. Misol:
A. Hamma savollar soʻroq gap orqali ifodalanadi. E. Hech bir farmon soʻroq gap orqali ifodalanmaydi. E. Hech bir farmon savol emas .
Katta asosi umumiy inkor, kichik asosi umumiy tasdiq, xulosasi umumiy inkor mulohaza boʻlgan e AE-Cesare shakli. Misol:
E. Hech bir daftar kitob emas. A. Hamma oʻquv qoʻllanmalar kitobdir. E. Hech bir oʻquv qoʻllanma daftar emas Katta asosi umumiy tasdiq, kichik asosi va xulosasi juz’iy inkor mulohaza boʻlgan AOO-Baroko shakli. Misol:
A. Hamma tarixiy yodgorliklar davlat muhofazasidadir. O. Ba‘zi turar joylar davlat muhofazasida emas. O. Ba‘zi turar joylar tarixiy yodgorlik emas. Katta asosi umumiy inkor, kichik asosi juz’iy tasdiq, xulosasi juz’iy inkor mulohaza boʻlgan eIO-Festino shakli. Misol:
E. Hech bir olim shuhratparast emas. 1
Look:
Morri s R . Cohen Ernes t N a g e l an introduction to logic and scientific method New Dehli.
2007.
p.85.
407
I. Ba‘zi amaldorlar shuhratparastdir. O. Ba‘zi amaldorlar olim emas. Sillogizm II figurasidan faqat inkor mulohaza koʻrinishida xulosa
chiqariladi.