Muomala madaniyatida
soʻz aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi. Til
shunday kuchga egaki, suyaksiz boʻlsa ham suyakni tebratadi. Muomala
odobi boshqa kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga qoʻyishni, anʻanaviy
axloqiy me‘yoriy talablarini bajarishni taqa‘zo etadi. Shuning barobarida, u
insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etishi, koʻzga koʻrsatishi bilan ham
ajralib turadi. Uning eng yorkin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon
boʻlishi soʻz, nutq vositasida roʻy beradi. Soʻzlash va tinglay bilish,
suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. SHu
487
bois muomala odobi oʻzini, eng avvalo, shirinsuhanlik, kamsuqumlik,
bosiqlik, xushfe‘llilik singari axloqiy me‘yorlarda namoyon qiladi.
Ayniiqsa, bu axloqiy madaniyatda yaqqol koʻzga tashlanadi. Uni
koʻproq namoyon qiladigan eng muhim unsurlaridan biri – muomala
odobidir. Bu borada mutasavvif olimlarimizdan Imom Gʻazzoliy bir qancha
oʻrinli fikrlarni bildiradilar: «Hazrati Rasul alayhissa‘lom aytibdurlar: «Haq
subhonahu va taolo ochiq yuzlilarni doʻst tutar». Va yana aytibdurlar: «Hech
bir yaxshi amal yoʻqki, maxfiratga sabab boʻlmoqqa ochiq chehralik va
shirinzabonliqdan ziyoda»
1
.
Uning fikricha shirinsuxanlik va bosiqlik odobli insonni odobsizdan
ajratuvchi me‘yordir. Zero, odobsizlik badxulqlikka, badxulqlik axloqsizlikka
olib keladi. Yomon insonlarning yomonligi aynan muomaladan kelib
chiqadi. Ya‘ni, yomonga yomonlik bilan qilingan muomala vaqtincha boʻlsa
ham, oʻsha yomon ning yoʻlida yurishga chorlaydi.
Donishmandlarning
―Yuziga boqma, soʻziga boq‖
–
degan hikmatlari
ayni haqiqatdir. Til – inson tafakkuri mahsuli. U inson madaniyatining fikriy
goʻzalligini yaxshi , ibratli, havas qilsa arziydigan fazilatlarini yuzaga
chiqaruvchi vositadir. Muomala esa insonlarni bir-biriga bogʻlovchi,
Yaqinlashtiruvchi,
katta-kichik
xayrli
ishlarga
undovchi
fazilatdir.
Insonnning goʻzal hayot kechirishida, jamiyat orasida oʻz oʻrnini topa
olishida, boshqalar tomonidan hurmat - ehtiromga erishuvida muomalaning
oʻrni kattadir. Insonning shirinsoʻzligi kishining tarbiyalanganligidan
guvohlik bersa, soʻzga boyligi, chechanligi, ma‘nodorligi uning ziyoliligi,
bilimdonligini koʻrsatadi. Goʻzal muomala inson dilini qanchalik xushnud
etsa, aksincha achchiq soʻz, qoʻpol muomala inson qalbini larzaga soladi.
―Muomala Shaxslararo munosabatning shunday koʻrinishiki, uning
yordamida odamlar bir-birlari bilan axloqiy, estetik, madaniy, siyosiy va
ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, ta‘sir oʻtkazadilar va ta‘sirlanadilar‖.
2
Muomala qilishni bilish – avvalambor, suhbatni olib bora olish
qobiliyatidir. Muomala odobi boshqa, kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga
qoʻyishni, anʻanaviy axloqiy-me‘yoriy talablarni bajarishni taqozo etadi.
shuning barobarida, u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etishi, bilan ham
ajralib turadi. Uning eng yorqin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon
boʻlishi nutq vositasida amalga oshadi. Soʻzlash va tinglay bilish
suhbatlashish madaniyatining muhim jihatlarini tashkil etadi. Shu bois
muomala odobi oʻzini, eng avvalo,shirinsuxanlik, kamsuqumlik, bosiqlik,
xushfe‘llik singari axloqiy me‘yorlarda namoyon qiladi.
Muomala shaxslararo munosabatning shunday koʻrinishiki, uning
yordamida odamlar bir-birlari bilan axloqiy, estetik, madaniy, siyosiy va
ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, ta‘sir oʻtkazadilar va ta‘sirlanadilar. SHu
1
Husanov B., G‗ulomov V. Muomala madaniyati. T. Iqtisod - moliya.- 2009 B.8
2
. Husanov B., G‗ulomov V. Muomala madaniyati. T. Iqtisod - moliya.- 2009.-B.17.
488
boisdan
muomala
ijtimoiy kategoriya sifatida turmushning barcha sohalarida
qoʻllanish mohiyatiga koʻra bevosita yoki bilvosita ishtirok etadi.
Dastlab «muomala» va «aloqa-kommunikatsiya» tushunchalarining
oʻxshash tomonlarini aniqlab olish lozim. A‘loqa-kommunikatsiya - yalpi
aloqaning bir turi boʻlib, yoʻnaltirilgan aloqa deb yuritiladi. U mohiyatan
ma‘lum bir hodisa haqidagi ma‘lumotni boshqalarga uzatadi. Masalan,
ommaviy axborot vositalarida koʻrsatuv uchun yoʻnaltirilgan ma‘lumotlarda
muomala aloqa-kommunikatsiya vositasi vazifasini bajaradi. Boshqacha qilib
aytganda, bunday holatda muomala, eng avvalo,subyekt-obyekt munosabati
sifatida namoyon boʻladi.
Muomala jarayoni ikki taraflama harakterga ega: u oʻz mohiyatiga
koʻra axborot yoki ma‘lumotlarni shunchaki uzatish va qabul qilishga
qaraganda keng qamrovli boʻlib, ikki yoki undan ortiq insonlar oʻzaro
ta‘sirining murakkab tizimi hisoblanadi. Shunga koʻra muomala akti bir
insonning boshqa inson(lar) bilan muomalaga kirishib, unda oʻzinikiga
oʻxshash xususiyatlarni topa olishi, ularga munosib javob qaytarishi. Ular
bilan oʻzaro muloqotda optimal darajaga erishsagina oʻzining muomala
jarayonidagi munosib oʻrniga ega boʻladi. Bunday holatda muomala, eng
avvalo, obyekt-subyektga munosabati tarzida koʻzga tashlanadi.
Muomala madaniyatida xushfe‘llik, xushmuomalalik, hayo-ibolilik,
beozorlik, shirinsoʻzlik, ochiqkoʻngillik singari axloqiy me‘yorlar muhim
sanaladi. Biz shulardan ayrimlarini koʻrib chiqishni maqsadga muvofiq, deb
hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |