Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet274/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Nikoh shartnomasi
- oila mustahkamligi omilidir. Oila kodeksining 
29-moddasiga binoan, nikoh shartnomasi-nikohlanuvchi shaxslarning yoki er 
va xotinning nikohda boʻlgan davrda yoxud er va xotin nikohdan ajralgan 
taqdirda, ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi 
kelishuvdir. Oila huquqiy asoslarining uzviy bir qismi nikoh shartnomasi, 
nikohning rasmiy qayd etilishi, unda ishtirok etayotgan yigit va qizning 
shaxsiy hamda mulkiy huquqlarini yuzaga keltiradi. Oila qurayotgan yoshlar 
ichida bu jarayongacha, tadbirkorlik qobiliyati yoki intellektual sa‘lohiyati 
bilan moddiy-moliyaviy jihatdan ancha narsaga erishganlari koʻpchilikni 
tashkil etadi. er va xotinning nikohgacha oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulki, 
shuningdek, ulardan har birining nikoh davomida hadya, meros tariqasida 
yoki boshqa bitimlar asosida olgan mol-mulki faqat oʻzining mulki 
hisoblanadi. Shu ma‘noda er-xotinning birgalikdagi umumiy mulki esa 
ularning nikoh davomida orttirgan, shuningdek, nikoh qayd etilgunga qadar 
umumiy mablagʻlari hisobiga olingan buyum yoki boshqa narsalari boʻlishi 
mumkin. Nikoh shartnomasi nikoh davlat roʻyxatiga olingunga qadar yoki 
nikoh davrida tuzilishi mumkin. Nikoh davlat roʻyxatiga olinguniga qadar 
tuzilgan shartnoma u davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab kuchga 
kiradi. Shartnoma yozma shaklda tuziladi va albatta notarial idora orqali 
tasdiqlanishi shart. Nikoh shartnomasi er-xotin oʻrtasida vujudga kelishi 
mumkin boʻlgan nizolarni sud jarayonida toʻgʻri va adolatli hal qilinishida 
yotdam beradi, Ya‘ni, er-xotin nikohdan ajralgan taqdirda ularning har biriga 
tegishli mulkning hajmi va miqdorini aniqlab olish imkoni ortadi. 
Muhimi, Fuqarolik kodeksining 354-moddasiga muvofiq nikoh 
shartnomasini tuzish ixtiyoriydir. Ya‘ni, bunday shakldagi shartnomani 
tuzish yoki tuzmaslik er va xotinning oʻziga bogʻliq. Nikoh shartnomasining 
yana bir afzalligi shundaki, u oʻzida nafaqat er-xotinning mol-mulkini 


483 
vujudga keltirish yoki uning huquqiy tartibini oʻzgartirish, shu bilan birga, er-
xotinning bir-biriga moddiy ta‘minot berishini tartibga solishini ham aks 
ettiradi. Shu bois, nikoh shartnomasini faqat mulkiy nizolarni hal qilishga 
yordam beruvchigina emas, balki nikohni mustahkamlovchi omil, deb qarash 
ham mumkin. 
Darhaqiqat, insonni hayoti davomida har tomonlama toʻkis, osoyishta, 
hotirjam va baxtli yashashi uchun, huquqiy tartib - qoidalarga ogʻishmay 
amal qilishsa, qurilgan oilaning poydevori mustahkam, kelajagi porloq 
boʻlishi, shubhasiz. 
Davlatning oila tinchligi va barqarorligini ta‘minlashdagi oʻrni 
beqiyosdir. Bugungi kungacha oila institutini mustahkamlash maqsadida bir 
necha qaror va farmonlar qabul qilingan. Jumladan:
Oilaviy munosabatning qonun bilan himoyalanishi Respublikamiz 
Konstitutsiyasida, Oila Kodeksida va boshqa qonun-hujjatlarda oʻz ifodasini 
topdi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998 yil 30 apreldagi qarori 
bilan Respublikamizning yangi Oila kodeksi qabul qilindi va 1998 yil 1 
sentyabrdan e‘tiboran amalga kiritildi.
Oʻzbekistonda 
oila 
munosabatlariga 
doir 
qonunchilikning 
rivojlanishiga tarixiy nuqtayi nazardan qaralsa, masalan, ittifoq davrida qabul 
qilingan 1978 yilgi Konstitutsiyada oila masalasiga faqat bitta, 51-modda 
ajratilgan edi. Bugungi Konstitutsiyamiz alohida «Oila» deb nomlangan XIV 
bobda toʻrtta modda oilaviy munosabatga bagʻishlangan. Oʻzbekiston 
Konstitutsiyasining 63 – moddasida «Oila – jamiyatning asosiy boʻgʻinidir 
hamda jamiyat va davlat muhofazasida boʻlish huquqiga ega»
1
,– deb belgilab 
qoʻyilgan. Jamiyat taraqqiyotida ma‘naviy omillarning ahamiyati nihoyatda 
ortib borayotgan hozirgi davrda oilani mustahkamlash har bir millatning bu 
boradagi qadriyatlari va anʻanalarini oʻzlashtirish va uygʻunlashtirish birinchi 
darajali vazifasi boʻlib qolmoqda. «Inson huquqlari umumjahon 
Deklaratsiyasi» da oilaviy munosabatlar davlatlar zimmasiga yuk latilgan 
muhim vazifalardan biri boʻlib, u keng ma‘noga ega. Bu xalqaro hujjatda 
oilani jamiyatning tabiiy va asosiy quyi xujayrasi sifatida, uning daxilsizligini 
yaxshi lash, bolalarga ta‘limi va tarbiya berish, onalar va ishga yaroqsiz oila 
a‘zolari uchun zarur boʻlgan moddiy imtiyozlar tugʻdirish va oilani 
mustahkamlash borasida, shunga oʻxshash yoʻlga qoʻyish lozim boʻlgan 
muhim masalalar nazarda tutiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi 
va boshqa shu munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlarning asosiy 
maqsadi:

nikohdagilarning huquqiy holatlarini belgilash; 

mulkiy va Shaxsiy huquqlarini koʻrsatish;

nikoh shartnomasini tuzish yoʻllarini belgilash; 
1
O‗zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. — Toshkent, O‗zbekiston, 2012. 63 — modda. 


484 

qon - qarindoshlik va bolalarning nasl-nasabini belgilash; 

alimentlar va boshqa moddiy-ma‘naviy yordamlarni amalga

oshirish masalasini hal qilish;

bolalarning oiladagi huquqlari va ota-onalarni moddiy 
ta‘minlash

toʻgʻrisidagi majburiyatlar; 

ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning huquq 
va majburiyatlarini himoya qilish va boshqa muhim qoidalardan iborat. 
Oilaviy munosabatlarni huquqiy tartibga solishdan asosiy maqsad 
oilaning mustahkam boʻlishidan, oilaviy munosabatlarni oʻzaro muhabbat, 
ishonch, hurmat va hamjihatlilik zamirida, barcha a‘zolarining ma‘sulligi 
hissi asosida qurishdan iborat. Ushbu maqsad Oila kodeksining va boshqa 
qonun hujjatlarining asosiy gʻoyasi boʻlib hisoblanadi. 
Oila qonunlarining muhim vazifalaridan va maqsadlaridan biri – 
fuqarolarning oila oldidagi oʻz mas‘uliyatlarini his qilishdan iborat.
1
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, oila tarbiyasining manba‘lari 
muayyan xalqning asrlar davomida toʻplagan milliy-madaniy qadriyatlariga 
asoslangan boʻlib, oʻzbek oilalarida oʻz shaxsiy farovonligidan koʻra oila 
sha‘nining baland tutilishi, qarindosh-urugʻlari va yaqin odamlariga, qoʻni-
qoʻshnilariga gʻamxoʻrlik qilishni olingi oʻringa qoʻyilishi – oliy darajadagi 
maqsad boʻlib, oilani tashqi muhit bilan bogʻlashga va mustahkamligini 
ta‘minlashiga xizmat qiladi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish