Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Mavzuni oʻzlashtirish uchun savollar



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet271/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

 
Mavzuni oʻzlashtirish uchun savollar: 
1.
Shaxs axloqini shakllantiruvchi omillarni sanab bering.
2.
―Etika‖ fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi haqida nimalarni 
bilasiz? 
3.
Gedonizm va evdemonizm ta‘limotining axloqiy ahamiyati haqidagi 
fikringiz?
4.
Axloqning paydo boʻlishiga oid diniy, ilmiy qarashlar tasnifi haqida 
nimalarni bilasiz? 
5.
Nima uchun XXI asrda global etosfera (axloqiy muhit)ni 
yaratishning zaruriyati paydo boʻldi, deb oʻylaysiz? 
1
Abdulla Sher. Axloqshunoslik. Darslik. -T.: «O‗zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2010.B.165 


470 
6.
Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me‘yorlarining SHaxs va 
jamiyat munosabatlarida namoyon boʻlishi haqidagi fikringizni izohlab 
bering. 
7.
Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov nima u nimalarga asoslanadi? 
14-mavzu. Nikoh va oilaning axloqiy asoslari, uning yoshlar 
tarbiyasidagi oʻrni 
Oilakishilik jamiyatining ijtimoiy poydevoridir. Shunga koʻra, 
jismonan sogʻlom, ma‘nan barkamol, axloqan pok va yuksak madaniyatli
yosh avlodni voyaga etkazishda oilaning oʻrni beqiyos. Oʻzbekistonning 
taraqqiyot istiqboli oilaviy tarbiya muammolarini oqilona echilishiga ham 
bogʻliq. Buning uchun shu borada zarur chora-tadbirlar tizimini ishlab 
chiqish, oilaviy tarbiyaga tahdid soluvchi muayyan kuchlarga qarshi 
kurashib, boʻlajak ota-onalarning ma‘naviy, axloqiy, madaniy va tarbiyaviy 
bilimlarini oshirish bilan bogʻliq masalalarni hal etish bugungi kunning eng 
dolzarb muammolaridan biridir. Davlatimizda sogʻlom oilani shakllantirish 
va oilada yuksak ma‘naviy-axloqiy muhitni qaror toptirish uchun zarur shart-
sharoit yaratish, yoshlarni oila qurishga tayyorlash, oilalar mustahkamligini 
va manfaatlarini ta‘minlash, sogʻlom farzand oʻstirish, tarbiyalash va voyaga 
etkazish masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Bunda, avvalambor, 
oilaning muqaddasligi hamda nikoh mas‘uliyati boʻyicha kelajakda oila 
quradigan yigit va qizlarimiz tafakkurini, ongini oʻzgartirishga alohida 
e‘tibor qaratilmoqda. 
Bosh qomusimizda oilani mustahkamlash, undagi munosabatlarni 
oʻzaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish 
hamda barcha a‘zolarining ma‘sulligi hissi asosida oila qurish, biror-bir 
SHaxsning oila masalalariga oʻzboshimchalik bilan aralashishiga yoʻl 
qoʻyilmasligi hamda bu huquqlarning himoya qilinishini ta‘minlash kabi 
asosiy tamoyillar oʻz ifodasini topgan. Oila va nikoh munosabatlari, sogʻlom 
ona-sogʻlom bola masalasiga e‘tibor, oila institutini har tomonlama qoʻllab-
quvvatlash davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Konstitutsiyamizning 63-
moddasida «Oila jamiyatning asosiy boʻgʻinidir hamda jamiyat va davlat 
muhofazasida boʻlish huquqiga ega» deb belgilab qoʻyilganligi oilaning 
qanchalik yuksak asos ekanini koʻrsatadi. Qolaversa, mamlakatimizda olib 
borilayotgan kuchli ijtimoiy himoya siyosati mohiyatida ham davlat va 
jamiyatning oilaga boʻlgan doimiy gʻamxoʻrligi oʻz ifodasini topgan. 
Nikoh 
– erkak va ayolning teng huquqli, erkin va ixtiyoriy ittifoqi 
boʻlib, u fuqarolik holati da‘lolatnomalarini yozish organlarida tuziladi va 
oila tuzish maqsadiga xizmat qiladi. Nikoh oilaning vujudga kelishida birdan 
bir asos boʻlgani bois u faqat axloq normalari bilan emas, balki maxsus qonun 
hujjatlari bilan tartibga solinadi. 


471 
Oila nikohdan boshlanadi. Nikoh rasmiy, qonunlar asosida 
oʻtkazilgandagina haqiqiy hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oila 
kodeksining birinchi moddasida nikoh fuqarolik holati da‘lolatnomalarini 
qayd etish organlarida tuzilishi lozimligi koʻrsatilgan. Nikohdan oʻtuvchilar 
FHDYOga ariza berganlaridan keyin bir oy oʻtgach, shaxsan ularning 
ishtirokida amalga oshiriladi. Uzrli sabablarga koʻra FHDYO bir oy sinov 
muddati oʻtgunga qadar nikoh tuzishga ruhsat berishi mumkin. 
Ba‘logʻatga etmaganlarning nikohga kirishining oldini olish, ularning 
sogʻligini himoya qilish maqsadida hamda oilani qurish uchun ma‘lum 
hayotiy tajriba, jismoniy va ma‘naviy etuk lik talab qilinishini e‘tiborga olgan 
holda, qonun nikoh yoshini erkaklar uchun oʻn sakkiz yosh, ayollar uchun 
oʻn etti yosh etib belgilangan. 
Uzrli sabablar boʻlgan, alohida hollarda nikoh yoshi erkak va ayollarga 
bir yoshga kamaytirilishi mumkin. Bu sabablarga, masalan: nikohga kiruvchi 
ayol homilador boʻlib qolishi, bir taraf ogʻir kasal boʻlgan yoki harakatdagi 
armiyaga ketayotgani va boshqa shunga oʻxshash hollar kiradi. Bunda nikoh 
davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh
yoshini koʻpi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin. 
Nikoh, nikohga kiruvchilarning ixtiyoriyligi, erkin roziligi asosida 
tuziladi. Nikohni tuzish uchun boʻlajak er-xotin oʻz roziligini erkin ifoda 
etish qobiliyatiga ega boʻlishi kerak. Agar shaxs oʻz hatti-harakatlari oqibatni 
tushunmaydigan holda (qattiq mastlik, ruhiy holatining vaqtincha buzilishi) 
yoki aldov oqibatda nikohdan oʻtgan boʻlsa, bunday nikoh qonunda 
belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topiladi. 
Nikoh tuzishga majbur qilish qonun bilan taqiqlanadi. Ayolni oʻz 
erkiga xilof ravishda erga tegishga majbur qilish Oʻzbekiston Respublikasi 
Jinoyat Kodeksining 136-moddasiga koʻra ja‘zolanadi. 
Nikoh tuzish haqidagi arizani berishda shaxsni aniqlovchi hujjatlar: 
pasport, harbiy bilet, ofitser, praporshikning shaxsiy guvohnomasi, 
nikohlanuvchilarning biri ilgari nikohda boʻlgan boʻlsa, nikohdan 
ajralganlikni tasdiqlovchi hujjat (guvohnoma yoki sud qarori), nikohni 
haqiqiy emas, deb topilganligi toʻgʻrisidagi sud qarori, er-xotindan birining 
oʻlimi toʻgʻrisidagi guvohnoma koʻrsatilishi kerak. Bu oila tuzilishi va 
yaratilishining huquqiy jihatlari. 
Axloq nuqtayi nazaridan oilaning asosi boʻlmish nikoh – ezgu 
maqsadga 
yoʻnaltirilgan, 
zimmasiga 
zurriyot 
qoldirishdek 
Yuksak
mas‘uliyat yuklangan sevgi, sevishning ijtimoiylashgan koʻrinishi. Sevgi-
muhabbat faqat erkinlikda namoyon boʻlishini hisobga olinadigan boʻlsa, 
nikohni ma‘lum ma‘noda, anʻanalar, urf-odatlar va e‘tiqodlarga 
moslashtirilgan sevgining yashash sharti deyish mumkin.
1
Oʻzbek oilasining 
1
Абдулла Шер. Ахлоқшунослик. Ўзбекистон миллий файласуфлари жамияти. – Тошкет, 2010. 294-б. 


472 
dunyodagi boshqa oilalarga oʻxshash tomoni koʻp, shu bilan birga Oʻziga xos 
jihatlari bor. Xalqimizning: "Nikoh eng avvalo Arshi a‘loda oʻqiladi, keyin 
esa erda" degan naqli behuda aytilmagan. Ota-bobolarimizning azaliy 
tushunchalari boʻyicha nikoh ilohiy ahd, oila muqaddasdir. Oila qurishdan 
asosiy maqsad farzand koʻrishdir. 
Ma‘lumki, oila munosabatlari taraqqiyotida Yer va xotinning oʻzaro 
munosabatlari, bu munosabatlarning ijobiyligi, er-xotinning bir-birini 
tushunishi, bir-birlariga nisbatan hissiy intilishlari, oʻzaro hurmati, farzandlar 
tarbiyasidagi teng huquqliligi va qator shu kabilar oila mustahkamligini 
ta‘minlovchi muhim psixologik omillar hisoblanadi. shuning uchun ham, 
jahonning barcha rivojlangan mamlakatlarida oila muammolarini hal etish,
tadqiq etish masalalariga oid ishlarda bevosita oiladagi shaxslararo 
munosabatlar tizimining asosiy boʻgʻini boʻlgan er-xotin va farzandlar 
munosabatlari xususiyatlarini, holatini oʻrganishga alohida e‘tibor beriladi.
Oila 
– tarixan tarkib topgan oʻziga xos va mos ijtimoiy guruh boʻlib, 
uning a‘zolari bir-birlari bilan nikoh, qon-qarindoshlik, umumiy turmush va 
oʻzaro huquqiy, axloqiy va boshqa munosabatlar bilan bogʻlangandir. Oila 
nikoh zaminida vujudga keladi. Nikoh esa erkak va ayol orasidagi 
munosabatlarning jamiyat tomonidan tan olingan, ma‘qullangan ifodasi 
hisoblanadi. 
―Oila uch jihatni: oʻzining bevosita koʻrinishi boʻlmish nikohni; oilaviy 
mulk va anjomlar hamda ular haqidagi gʻamxoʻrlikni; bolalar tarbiyasini oʻz 
ichiga oladi‖.
1
Nikoh tuzishga oid munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi Oila 
kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 
apreldagi 
171-sonli 
qarori bilan tasdiqlangan ―Fuqarolik holati 
da‘lolatnomalarini 
qayd etish qoidalari‖ toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma, 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 25 avgustdagi 
365-son qarori bilan tasdiqlangan ―Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan 
oʻtkazish toʻgʻrisida‖gi nizom va boshqa qonun hujjatlarga muvofiq amalga 
oshiriladi. Nikohni rasmiylashtiruvchi yagona idora bu Fuqarolik holati 
da‘lolatnomalarini qayd etish organlaridir, oʻtmishda diniy rasm-rusumlarga 
binoan nikoh tuzilib kelingan, hozirgi kunda diniy rasm-rusumlarga binoan 
nikoh tuzilishi huquqiy ahamiyatga ega hisoblanmaydi. Nikoh tuzish 
ixtiyoriy amalga oshirilishi va nikohni tuzish uchun boʻlajak er-xotin oʻz 
roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga ega boʻlishi lozim. Oila kodeksining 
16-moddasiga asosan nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar alohida 
belgilanib qoʻyilgan. Unga muvofiq birinchi holatda tomonlardan loaqal 
bittasi roʻyxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxs boʻlsa, ikkinchi 
holatda nasl-nasab shajarasi boʻyicha toʻgʻri tutashgan qarindoshlar oʻrtasida 
1
Abdulla Sher. Axloqshunoslik. Darslik. -T.: «O‗zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2010.B.293 


473 
boʻlsa,uchinchi holatda tugʻishgan va oʻgay aka-ukalar bilan opa-singillar 
oʻrtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar 
oʻrtasida, toʻrtinchi holatda tomonlarning loaqal bittasi ruhiyat buzilishi 
(ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga 
layoqatsiz deb topilgan shaxslar oʻrtasida, beshinchi holatda tomonlarning 
loaqal bittasi nikoh qurish yoshidan kichik boʻlsagina nikoh tuzishga 
monelik qiluvchi holatlar mavjud hisoblanib, nikoh tuzish qonunan man 
etiladi. 
Nikoh – erkak va ayolning teng huquqli, erkin va ixtiyoriy ittifoqi 
boʻlib, u fuqarolik holati da‘lolatnomalarini yozish organlarida tuziladi va 
oila tuzish maqsadiga xizmat qiladi.
Nikoh oʻz mohiyatiga koʻra axloqiy hodisa. Unda ehtiroslar axloqqa 
boʻysundiriladi. Oila quyidagi holatlarda quriladi: 
1.
sevgi – muhabbat bilan;
2.
hissob – kitob bilan;
3.
urf – odat anʻanaga koʻra;
4.
majbur boʻlib qolgan holatlarda; 
Shariat boʻyicha nikoh: 

Er-xotinning 
huquq 
va 
majburiyatlari 
shariat 
boʻyicha 
belgilangan boʻlib, ular oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar nikoh ahdi tuzilib, 
kelisxilgan qalin va ajratilgan mahr berilgandan keyin boshlanadi.

Oilaning tinchligi, uning farogʻatli turmushi shu oilaning boshida 
turgan er bilan xotin orasidagi doʻstona munosabatlarga bogʻliq.

Shariat boʻyicha nikoh shartnomaga oʻxshab ketsa-da, undan farq 
qilgan. U umurbod tuzilgan. Shariat muddatli shartlarga yoʻl qoʻymagan. 
Agar nikoh ahdida muddatli shartlarga ma‘lum hafta, oy yoki yilga yoʻl 
qoʻyilgan boʻlsa, bunday nikoh haqiqiy emas, deb sanalgan. 
Shariat boʻyicha nikohdan oʻtish uchun nikohdan oʻtuvchilardan bir 
qator shartlarga rioya qilish talab etilgan.
Ular: 

Birinchidan– nikohdan oʻtuvchilarning oʻzaro roziligi; 

Ikkinchidan– nikoh yoshiga toʻlish; 

Uchinchidan– nikohni guvohlar ishtirokida tuzish; 

Toʻrtinchidan– kelin uchun qalin va mahr toʻlash; 

Beshinchidan– diniy e‘tiqod birligi; 

Oltinchidan– nikohdan oʻtadiganlar YAqin qon-qarindosh 
boʻlmasligi; 

Ettinchidan– tabaqa boʻyicha tenglik; 

Sakkizinchidan– nikohdan oʻtivchilarning ruhiy jihatdan sogʻlom 
boʻlishi lozim. 


474 

Shariat boʻyicha nikoh ahdini tuzish vaqtida albatta ikki kishi 
guvohlikka oʻtishi lozim. Guvohlikka oʻtishga qoʻyilgan Shaxslar nikoh 
ahdini tuzuvchilarning oʻzaro roziligini oʻzlari bir vaqtning oʻzida eshitgan 
boʻlishlari lozim edi. 

Shariat boʻyicha nikoh ahdini tuzishning navbatdagi sharti qalinni 
toʻlash va ajratilgan mahrni berishdan iborat boʻlgan. Bu siz nikoh haqiqiy
emas, deb sanalgan. Mahr kuyov tomonidan kelinga berilib, uy-joy va sepdan 
iborat boʻlgan. Har bir hududda mahr, qalin hajmlari har xil boʻlgan. 

Shariat boʻyicha, faqat islom diniga mansub boʻlgan shaxslargina 
oʻzaro nikoh tuza olgan. Agar ayol boshqa dindan islom diniga oʻtsa, u bilan 
nikoh qurish mumkin edi. 
Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar: 

Quyidagi holatlarda nikoh tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi: 

Nikohga kiruvchilarning loaqal bittasi roʻyxatga olingan boshqa 
nikohda boʻlsa; 

Nasl-nasab shajarasi boʻyicha toʻgʻri tutashgan qarindoshlar 
(bobo, buvi, ota-ona, farzandlar, nevara va chevaralar) oʻrtasida, tugʻishgan 
va oʻgay aka-ukalar bilan opa-singillar oʻrtasida, shuningdek farzandlikka 
oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar oʻrtasida; 

Nikohga kiruvchilarning loaqal bittasi ruhiyati buzilishi (ruhiy 
kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb 
topilgan boʻlsa, 

Oʻzbekiston Respublikasi qonunciligi qoʻshxotinlikni taqiqlaydi. 

Respublikamizning Jinoyat Kodeksi 126-moddasida koʻp 
xotinlilik, ya‘ni ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin boʻlib yashash 
jinoyat hisoblanadi. 

Ma‘lumki, qarindoshlar oʻrtasidagi nikoh oqibatida koʻpchilik 
bolalar nogiron boʻlib tugʻilishadi. Shifokar fikricha, yaqin qarindoshlar: 
amaki, xola, togʻa va ammavachalarning farzandlari oʻrtasidagi nikohiy 
munosabatlar ham salbiy oqibatlarga olib keladi. 

Ruhiy kasalligi boʻlgan shaxsning kasalligini bekitib, balki 
nikohiy munosabat natijasida tuzalib ketadi deb ayirim ota-onalar qonun 
buzilishga ham yoʻl qoʻyadilar. Natijada nikohning bekor qilinishi, oilada 
nogiron farzand tugʻilishi kabi fojialar ham sud amaliyotida uchrab turadi. 
Otalikni belgilash: 

Bolaning onasi bilan nikohda boʻlmagan shaxsning otaligi oʻzini 
bolaning otasi deb tan olgan Shaxs va onaning fuqarolik holati 
da‘lolatnomalarini qayd qilish organiga birgalikda topshirgan arizasiga 
binoan belgilanadi.


475 

Otalikni 
belgilash 
faktini 
mustahkamlash 
uchun 
bolaning 
(bolalarning) aynan shu otadan tugʻilganligini tasdiqlaydigan dalillar boʻlishi 
shart.

Bundan tashqari ota va bola oʻrtasida nasl-nasab bilan bogʻliq 
boʻlgan oʻzaro huquq va majburiyatlarni ifoda‘lovchi huquqiy munosabatlar 
ham oʻrnatiladi.

Otalik, shuningdek, otaning qarindoshlari qatoriga kirganligi ham 
anglatadi va bolaning ota qarindoshlari, ya‘ni buva, buvi, aka-ukalar va opa-
singillar bilan qarindoshligini aks ettiradi. 

Oʻzaro nikohdan boʻlmagan ota-onadan tugʻilgan bolaning otasini 
aniqlash masalasi, agar ota yoki ona fuqarolik holati da‘lolatnomalarini qayd 
qilish organiga birgalikda ariza berishdan bosh tortsa yoxud otaning oʻzi 
vasiylik va homiylik organining roziligi bilan (sud qarori) bilan ariza bersa, 
sud tartibida yoritadi. 
Sudga arizani ota yoki ona, vasiy (homiy), bolani oʻz qaramogʻiga 
olgan 
shaxs, 
bolaning 
oʻzi ba‘logʻat yoshiga etganidan soʻng 
beradi.Oilamuqaddas urf – odatlarimizni saqlaydigan tarbiya oʻchogʻidir. 
yoshlarning ma‘naviy qiyofasi, ularning hatti–harakatlari, xulq–atvorlari 
dastlab oilaviy munosabat madaniyatida ifodalanadi. Oilaviy munosabat 
madaniyati nima? Bu – oilada insonga xos va mos sharoitlarni yaratish, 
oilaning vazifalarini toʻla bajarish, oilaviy turmush tarzini toʻgʻri 
shakllantirish, oila a‘zolarining xulq – odobi, dunyoqarashi, mafkurasini, 
oilaviy hayotning davomiyligini ta‘minlashdir. Mustahkam oila mustahkam 
jamiyatning asosidir. Shunday ekan, jamiyat oilalarni mustahkamlash, 
oilaviy munosabatlar madaniyatini takomillashtirishga alohida e‘tibor berib 
kelmoqda. 
Oila, jamiyat va davlat bilan oʻzaro bogʻliq boʻladi va ular bilan bir 
vaqtda rivojlanib boradi. Oila nafaqat axloqiy balki, demografik, iqtisodiy, 
ijtimoiy, madaniy va boshqa muhim funksiyalarni bajaradi. Shuning 
uchun, jamiyat va davlat oilaning farovon boʻlishidan manfaatdor boʻladi.
Oila a‘zolari bir-birlari bilan umumiy turmush, oʻzaro iqtisodiy-mulkiy, 
huquqiy, axloqiy, ruhiy aloqalar bilan bogʻlanadi. Oilaning birinchi vazifasi 
oʻz nasl-nasabini davom ettirishdan, tarbiyali farzandlarni oʻstirishdan, oila 
a‘zolarining tirikchiligini, boʻsh vaqtini koʻngilli oʻtkazishni ta‘minlashdan 
iboratdir. 
Insonning ijobiy va salbiy sifatlarni shakllanishi aksariyat hollarda 
oilada beriladigan tarbiyaga bogʻliq boʻladi. Shuni alohida ta‘kidlash 
mumkinki, sogʻlom avlodlarni tarbiyalash hozirgi kunning muhim 
masalalaridan hisoblanadi. Buning uchun, avvalo oilalardagi psixologik 
muhitni sogʻlomlashtirish dolzarbdir.


476 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish