Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Gipoteza (faraz)- bilimlarning mavjud boʻlish va taraqqiy etish shakli



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Gipoteza (faraz)- bilimlarning mavjud boʻlish va taraqqiy etish shakli.
Muammoni hal etish jarayonida ma‘lum bir gipotezalar ilgari suriladi va 
asoslanadi. 
Gipoteza (faraz)
– oʻrganilayotgan hodisaning sabablari va 
xususiyatlarini tushuntiruvchi asosli taxmin tarzidagi bilim shaklidir. 
Hodisaning sababi haqidagi fikr dastlab, odatda, gipoteza shaklida 
vujudga keladi va shu ma‘noda u bilimlarning mavjud boʻlishining umumiy 
mantiqiy shakllaridan biri hisoblanadi. CHin, ishonchli bilimlar hosil 
boʻlgunga qadar qoʻyilgan muammolar, masalalar haqidagi fikr-mulohazalar 
kuzatish, eksperiment natijalarini tahlil qilish va umumlashtirishga 
asoslangan boʻlib, ular turli xil taxminlar, farazlar shaklida mavjud boʻladi. 
Gipotezani qurish oʻrganilayotgan hodisani tushuntiruvchi taxminiy 
fikrlarni ilgari surishdan iborat boʻladi. U qayd etilgan faktlar, ular uchun 
harakterli boʻlgan qonuniyatlar haqidagi mulohazalar yoki mulohazalar tizimi 
tarzida boʻladi. Uni ifoda qiluvchi asosiy gap mulohazalar sistemasini hosil 


436 
qiluvchi element, deb hisoblanadi. Ana shu gap (mulohaza)da, odatda, 
gipotezaning bosh gʻoyasida aks etadi. Muhokama jarayoni uning negizida, 
atrofida quriladi va ma‘lum bir ishchi gipotezalar – vaqtinchalik, moʻljalni 
toʻgʻri olishga yordam beradigan taxminlarning ilgari surilishiga, ular 
yordamida hodisaning yanada chuqurroq tadqiq qilinishiga olib keladi. 
Gipotezalarni ilgari surishning asosiy mantiqiy vositasi ehtimoliy 
xulosa chiqarish hisoblanadi. SHuningdek, gipoteza ba‘zi hollarda qat‘iy 
xulosa chiqarish shakllarida ham ilgari surilishi mumkin. 
Gipotezada ilgari suriladigan mulohaza empirik materiallarni tahlil 
qilish, qayta ishlash, tartibga keltirish, umumlashtirish, talqin etish natijasida 
paydo boʻladi. Ana Shuning uchun ham gipoteza – bu har qanday taxmin 
emas, balki oʻzining muayyan mantiqiy kuchiga ega mulohaza, ma‘lum bir 
darajada asoslangan farazdir. 
Ilgari surilgan gipoteza, albatta, asoslanishi zarur. Bu bosqichda 
gipotezadan ma‘lum bir natijalar keltirib chiqariladi va ularning mavjud 
faktlarga (yoki boshqa ishonchli bilimlarga) muvofiqligi aniqlanadi. 
Gipoteza rad qilinishi ham mumkin. Bu gipotezadan kelib chiqadigan 
natijalarning mavjud faktlarga nomuvofiqliginikoʻrsatish orqali amalga 
oshiriladi. 
Gipotezaning natijalarini topa olmaslik, bu gipotezaning mavqeini 
ancha pasa‘ytirsa-da, lekin uni rad eta olmaydi. Gipotezaning chinligi undan 
kelib chiqadigan natijalarga zid boʻlgan holatlar aniqlangandagina uzil-kesil 
rad etiladi. Masalan, Ptolomeyning Erning harakatlanmaydigan markaz 
ekanligi 
haqidagi 
gipotezasi 
Kopernikning 
geliotsentrik nazariyasi 
asoslanadigan faktlarga zid kelganidan keyin rad etildi. 
SHuni alohida ta‘kidlash zarurki, oʻrganilayotgan hodisa haqida bir 
vaqtning oʻzida bir qancha gipotezalar ilgari surilishi mumkin. Gipoteza 
tasdiqlanmaguncha oʻzining bilishdagi ahamiyatini yoʻqotmaydi. Rad etilsa, 
oʻrniga boshqa gipoteza quriladi va bu hol to gipotezalardan birortasi 
tasdiqlanmaguncha, ya‘ni muammoning yechimi topilmaguncha davom etadi. 
Ilgari surilayotgan gipotezalar turli xil darajada umumlashgan boʻlishi 
mumkin. Ana shunga muvofiq holda umumiy va juz‘iy gipotezalarni ajratish 
mumkin. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish