Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Hozirgi dunyoda falsafaning ahamiyati



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Hozirgi dunyoda falsafaning ahamiyati
. Bugungi kunda, tezliklar va 
yuksak texnologiyalar asrida falsafa kerakmi, u eskirgani yoʻqmi? Uzluksiz 
axborot oqimi va surunkali vaqt tanqisligi sharoitida muayyan bilim falsafani 
siqib chiqarmaydimi? Bunday savollar mutlaqo oʻrinlidir, lekin ularga 
javobni hayotning oʻzi beradi, u hozirgi zamon odami oldiga koʻp sonli, shu 
jumladan ilgari hech qachon mavjud boʻlmagan, butunlay yangi falsafiy 
muammolarni qoʻyadi.
Jahon hamjamiyati III ming yillikning boshlanishini, biosfera holati va 
yerda hayotning davom etishi uchun oʻz javobgarligini tobora teranroq 
anglagan holda qarshi oldi. Aynii shu sababli insonning barkamol 
rivojlanishi, odamlar, xalqlar oʻrtasida, shuningdek jamiyat va tabiat oʻrtasida 
insoniy, yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini oʻrnatish masalalari azaliy 
falsafiy mavzular bilan bir qatorda falsafiy tadqiqotlarda birinchi oʻringa 
chiqmoqda. Shu munosabat bilan faylasuflar avvalo yer yuzida ta‘limining 
holati 
va 
rivojlanish 
darajasidan 
qattiq 
tashvishda 
ekanliklarini 
bildirmoqdalar. Koʻpgina faylasuflar fikriga koʻra, hozirgi muammolarning 
aksariyati zamirida aynan qoniqarsiz ta‘lim va lozim darajadagi tarbiyaning 
yoʻqligi yotadi. Bu muammolarni yechishda falsafa ham oʻz rolini oʻynashi 
lozim.


58 
Falsafa dunyoni anglash usuli sifatida
. Bugungi kunda nafaqat ayrim 
xalqlar, balki butun jahon hamjamiyati falsafaga, oʻzining hayotdagi oʻrni va 
vazifasini falsafiy anglab etishga, ayniqsa, muhtojdir. 
Falsafa real hayot bilan uzviy bogʻliq va doim inson borligʻining eng 
muhim muammolarini anglab etishga qarab moʻljal oladi. aynii shu sababli 
hozirgi davrning muhim muammosi – globallashuv va uni falsafadagi 
butunlay yangi mavzu sifatida falsafiy anglab etish muhim ahamiyatga ega. 
Falsafa predmeti va muammolarini muhokama qilishda alohida diqqatga 
loyiq boʻlgan boshqa bir mavzu insonni shaxs sifatida tarbiyalash va kamol 
toptirishda falsafaning roli va ahamiyatidir.
Hozirgi zamon faylasuflari bunday muammolarni yechish ustida ishni 
davom ettirar ekanlar, ―Falsafa nima? U kimga va nima uchun kerak?‖, 
―Falsafaning vazifasi nimadan iborat?‖, ―Falsafadan qanday, qaysi yoshdan 
va nima maqsadda tahsil berish lozim?‖ qabilidagi bir qarashda allaqachon 
oʻz yechimini topgan masalalarni yana kun tartibiga qoʻymoqdalar. Bu haqda 
koʻp va atroflicha soʻz yuritilgan jahon kongresslari dunyoda falsafa 
predmetiga, shuningdek u ijtimoiy rivojlanishga izchil ta‘sir koʻrsatishga 
qodir yoki qodir emasligiga, agar qodir boʻlsa, buni u qay tarzda amalga 
oshirishi mumkinligiga nisbatan yagona yondashuv avvalgidek mavjud 
emasligini tasdiqlaydi. Fikrlarning bunday rang-barangligi, yuqorida qayd 
etib oʻtilganidek, falsafaning oʻziga xos xususiyati, ya‘ni u fikrlar 
plyuralizmi, har xil fikrlash imkoniyati bor joydagina mavjud boʻlishi 
mumkinligi bilan belgilanadi.
Falsafaning unga yaxlit ta‘limotga aylanish va tilning birligiga, 
umumiy qonunlar va metodologiyaga tayanish imkonini bermaydigan bu 
kamchiligi ayni vaqtda, u fanlararo kompleks muammolarni echish talab 
etiladigan murakkab tizimlar bilan ish koʻrgan holda uning afzalligiga 
aylanadi. 
Quyidagilar hozirgi vaqtda insoniyat uchun eng muhim fanlararo 
kompleks muammolar hisoblanadi: barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni 
ta‘minlash; ekologiya muammolari; jamiyat hayoti barcha jabhalarining 
globallashuvi. Bu muammolarni falsafiy nuqtayi nazardan anglab etish 
alohida ahamiyat kasb etadi. Ilmiy yondashuvlardan farqli oʻlaroq, 
muammoga nisbatan falsafiy yondashish dalillarni talqin qilishda koʻproq 
erkinlik berilishi, ilgari surilayotgan qoidalarni isbotlashga nisbatan yengilroq 
talablar qoʻyilishi, mushohadaga asoslangan ta‘riflar berish, subyektiv 
baholash huquqi va shu kabilar bilan tavsiflanadi. Bunday tadqiqotlar bir 
qarashda uncha katta ahamiyatga ega emasdek boʻlib tuyulishi ham mumkin. 
Lekin amalda bunday emas.
Birinchidan, falsafiy tadqiqot oqilona bilishning fanda olingan 
natijalarni tekshirish (verifikatsiya qilish) yoki rad etish (falsifikatsiya qilish) 
imkoniyati yoʻqligi tufayli lozim darajada samara bermagan yoki umuman 


59 
ojiz boʻlib chiqqan sohasida amalga oshiriladi. Insoniyat oqilona bilishning 
bundan boshqa usullariga ega emas.
Ikkinchidan, falsafiy refleksiya muammoni koʻrish ufqini kengaytiradi, 
uni tadqiq etishga nisbatan yangicha, oʻziga xos yondashuvlarni taklif qiladi, 
shu jumladan fanga bunday yondashuvlarni ilgari surishga koʻmaklashadi. 
Zero, aniq ta‘riflar va ishonchli dalillarga tayanadigan fan oʻz fikrlari va 
xulosalarida bunday erkinliklarga yoʻl qoʻya olmaydi. Vaholanki, falsafiy 
tafakkur mulohaza yuritish va baholashlarga nisbatan erkin yondashuvsiz 
oʻzining betakrorligini yoʻqotadi. 
Hamonki plyuralizm falsafada me‘yor hisoblanar, har bir alohida 
miyada esa monizmga, ya‘ni qarashlarning tartibga solingan, yaxlit va 
nisbatan ziddiyatlardan xoli tizimiga kelish lozim ekan, falsafani qanday 
oʻzlashtirish, undan qanday saboq berish mumkin?
Butun dunyoda aksariyat faylasuflarni birinchi navbatda ayni shu 
masala qiziqtiradi. Xususan Suqrot, Seneka va oʻtmishning boshqa 
mutafakkirlari tajribasiga tayangan holda: Falsafa faktlarni eslab qolishni 
oʻrgatmasligi, balki mulohaza yuritish va savollarga javob berish qobiliyatini 
rivojlantirishi lozim. Falsafadan saboqlar inson har bir masala yuzasidan 
mutafakkirlar fikriga murojaat etmasdan, oʻzi mustaqil oʻylashni va oʻz 
aqliga quloq solishni oʻrganishini nazarda tutmogʻi darkor. ayni shu sababli 
falsafaning vazifasi insonga muloqot qilishni oʻrgatish, u oʻz shaxsiyatining 
ahamiyatini koʻrsatishga emas, balki haqiqatning tagiga etishga harakat 
qilishiga erishishdan iborat. Bu, oʻz navbatida, barcha odamlar oʻziga 
atrofdagilar quloq solishiga loyiq ekanligini nazarda tutadi.
Bu juda topib aytilgan soʻzlar falsafani fan sifatida oʻrganish, uni 
bilimlar, tayyor qoidalar va ta‘riflarning muayyan yigʻindisi sifatida 
oʻzlashtirish mumkin emas, degan fikrni yana bir karra tasdiqlaydi. Insonga 
ta‘lim berishda paydeyya yoʻlini tanlash – unga «nimani koʻrish lozimligi»ni 
emas, balki «qayerga va qanday qarash kerakligi»ni oʻrgatish lozim. Oʻz-
oʻzidan ravshanki, mazkur vazifani ijodiy yondashuvsiz, oʻquvchi va 
oʻqituvchining qiziquvchanligi va intiluvchanligisiz hal qilib boʻlmaydi, 
falsafa esa oʻzining sof koʻrinishida yoʻqoladi, «havoga sovuriladi», 
pirovardida kimdir bayon etadigan, kimdir ―oʻtishi‖, oʻrganishi va qolaversa, 
imtihon topshirishi lozim boʻlgan ―fan‖gina qoladi. Boshqacha aytganda
falsafadan ta‘limi berish va uni oʻzlashtirish zamirida ham, albatta ijod 
yotishi lozim.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish