5
Sulton Axmad Mirzo vafotidan so’ng Samarqandga yurish qildi, uni qo’lga kirita
olmagach, Qarshiga yurish qildi va SHahrisabz bilan birga talon-taroj etdi. 1499 yilda
Samarqandda qilgan yurishi yana muvaffaqiyatsizlikka uchragach, Buxoroga yurish
qildi va uch kunlik qamaldan so’ng uni qo’lga kiritdi. 1500 yilda Muhammad
SHayboniyxon yana Samarqandga yurish qildi va uni bosib olib, to’rt oy davomida
talon qildi. Bu Samarqandliklarning SHayboniyxonga qarshi qo’zg’oloni sabab bo’ldi
va ular 19 yoshli temuriy shahzoda-Zaxriddin Muhammad Boburni xon qilib
ko’tardilar. Bobur Qarshi va Guzorni ham qo’lga kiritdi. Biroq uzoq vaqt talangan
halqning ahvoli juda ham nochor edi. Og’ir ahvolda qolgan Bobur qo’shinlari
Zarafshon bo’yida SHayboniyxondan mag’lubiyatga uchradi va qamalda qolgandan
so’ng yashirincha Toshkentga chekinishga majbur bo’ldi. Samarqandda, Buxoro va
Toshkentda o’z hukmronligini qo’lga kiritgach, SHayboniyxon Xuroson yurishiga
tayyorgarlik ko’ra boshladi. Temuriylar garchi shahzoda Xusravshoh boshchiligida
SHayboniyxonga qarshi birlashgan bo’lsalarda, bu hech qanday natijaga olib
kelmadi. 1505 yil Urganch ham bosib olindi va Xorazm SHayboniyxonga tobe bo’ldi.
1506 yil Xusayn Boyqaro vafotidan so’ng boshlangan taxt uchun kurashlardan
foydalangan SHayboniyxon temuriylardan Xirotni tortib oldi. Xirot bosib olingan
1507 yil birin ketin Astrobod va Jurjon ham bosib olindi va Kaspiydan Xitoygacha,
Sirdaryo etagidan Afg’onistonning markaziy hududlarigacha bo’lgan yerlar
Muhammad SHohbaxt SHayboniyxon hukmronligi ostiga o’tdi. SHayboniyxon
hukmronligi o’rnatilishi bilan Movarounnahrda uzoq vaqt davom etgan temuriylar
o’rtasidagi o’zaro taxt talashishlarga chek qo’yildi va tinchlik o’rnatildi.
SHayboniyxon siyosiy jihatdan markazlashgan davlat tuza olishga erishi bilan
o’zining ilm-fan va adabiyotga moyilligi, bu soha vakillarini hurmat qilishi va
homiylik qilishi bilan katta hurmatga sazovor bo’ldi.
Maxmud Sultonning o’g’li Ubaydulla Sulton hukmronligi yillarida (1533-1539)
hokimiyat ancha mustahkamlandi. Poytaxt Samarqanddan Buxoroga ko’chirildi.
Ubaydullaxon davlatni mustahkamlash va eronliklarni mamlakat hududidan haydab
chiqarishga katta e’tibor berdi. 1512 yil kuzida u najmi soniy ustidan g’alaba
qozongach, katta o’ljaga ega bo’lgan edi va bu mablag’ni u Buxoro shayxulislomi
Mir Arabga topshirdi va bu mablag’larga mashhur Mir Arab madrasasi qurildi.
SHayboniylar orasida eng katta ta’sirga ega bo’lgan hukmdorlardan yana biri
Abdullaxon II (1534-1598) edi. 1556 yil jo’ybor shayxlaridan Muhammad Islom
yordamida taxtni egallagan Abdullaxon umrining oxirigacha davlat hududlarini
kengaytirish va markaziy hokimiyatni kuchaytirish, iqtisodiy ahvolni va davlatning
harbiy qudratini yuksaltirish borasida harakat qildi. Abdullaxonning sa’y-harakatlari
natijasida XVI asr oxirlarida Buxoro xonligi ulkan markazlashgan davlatga aylandi.
Biroq, Abdullaxon vafotidan so’ng hukmronlik qilgan Abdulmo’min va
Pirmuhammadxonlar (1599-1601) davlatni boshqara olmadilar va ularning o’limidan
so’ng shayboniylar sulolasi barham topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: