Sinxron mashinalarning turlari.
Sinxron mashinalar ko’pincha yaqqol ko’inadigan qutbli yoki yaqqol ko’rinmaydigan qutbli qilib ishlab chiqariladi. Quvvati nisbatan katta bo’lmagan (100 kVA gacha) bo’lgan o’zgarmas va o’zgaruvchan tok chulg’amlari, ko’pincha o’zaro o’rin almashgan bo’ladi. Iste’molchilar ulanadigan chulg’am rotorga, uyg’otish chulg’ami esa statorga joylashtiriladi.
Katta quvvatli zamonaviy elektrostansiyalarda tizim bilan parallel ulanadigan bir necha sinxron generatorlar ishlatiladi. Masalan Toshkent GRES ida xar birining quvvati 160 mVA ga teng bo’lgan 12 ta turbogenerator o’rnatilgan. Asosiy sanoat royonlarida bir necha elektrostansiyalarni o’zaro birlashtirilib, yirik energetik sitemalar tashkil etiladi. CHunonchi, O’rta Osiyo enegosistemasi O’zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qozog’iston, Qirg’izistondagi barcha sanoat korxonalarini elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan elektrostansiyalarni o’ziga birlashtirgan. SHuning uchun sinxron generatorlarning yagona energosistemaga birlashib ishlay olishi oddiy ish rejimi xisoblanadi. Sinxron generatorlani parallel ulanganida ularni avariyasiz xolda barqaror ishlashi uchun ba’zi maxsus shartlarni bajarish talab etiladi. Birinchidan generator tarmoqqa ulanganida tokning keskin ortib ketishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Aks xolda sitemaning avtomatik ximoya vosi- talari (yolg’ondan) ishlab ketishiga sabab bo’ladi va generator yoki bilamchi dvigatel-ni ishdan to’xtab qolishiga sabab bo’ladi. Boshqa generatorlar elektr
energiyasi bilan ta’minlayotgan uch fazali tarmoqqa yana boshqa generatorni ulash uchun quyidagi tartibga rioya qilish kerak. Tarmoq bilan parallel ishlashga ulanayotgan generator EYUK sining oniy qiymati ulanayotgan vaqtda manbaa kuchlanishining oniy qimati bilan teng bo’lishi kerak.
Buni esa quyidagi uch shart bilan amalga oshirish mumkin. a) manbaa kuchlanishi va generatorni EYUK sini ampledudasi yoki effektiv qiymatlari o’zaro teng bo’lishi kerak. Um=Ug. b) ularning chastotalari o’zaro teng bo’lishi kerak. ((Wm=Wg)fm=fg . v) Um va Egvektorlari faza jixatidan mos tushganda boshlang’ich fazalarining teng bo’lishi m=g dir. Bundan tashqari uch fazali generatorda tar-moq bilan generator uchun fazalar almashinishi tartibini moslashtirish kerak.
Um Sin( Wmt m )
A
EmSin( W2t 2 )
Uy Zy
11.2-rasm. Sinxron generatorni sistemaga parallel ulash sxemasi.
Maskur barcha talablarni bajarilishi sinxronlash deyiladi. Uni prinsipial sxemasi quyida keltirilgan. Ulanayotgan generatorni sinxronlashtirish quyida-gicha amalga oshiriladi. Birlamchi dvigatel yordamida generator taxminan sinxron tezlikkacha aylantiriladi. Bu ish rostlash reostati yordamida amalga oshiriladi, uni EYUK si shunday o’zgar tiriladiki, bunda generator qismlari o’rnatilgan volt metr manba qiymatiga teng kuchlanishni ko’rsatadi. Bunda generatorning fazalari ketma– ketligi manba fazalari ketma–ketligi bilan mos tushsin. Generator chastota si manbaa chastotasiga qancha yaqin bo’lsa, lampaning yorug’lik nuri shuncha sekin tebranadi.
Ayrim yonib – o’chish vaqti 3 – 5 sekund bo’lgan vaqtda, lampani to’liq o’chgan vaqtida generatorni manbaaga ulash mumkin bo’ladi. Generatorni manbbaaga ulangandan keyin esa uni tezligini rostlash – sinxronlash avtomatik tarzda davom ettiriladi.
Sinxron kompensatorlar. O’qida yuklanishi bo’lmagan, ya’ni salt rejimida ishlovchi, o’ta to’yingan, uyg’otish rejimida – faqat salt ishlovchi sinxron dvigatel
– sinxron kompensator deb ataladi. U quvvat koeffitsentini yaxshilash, xamda tarmoq kuchlanishini barqarorlash uchun xizmat qiladi. Elektr tarmoqlarida induktiv yuklama ko’p bo’lgan taqdirda ayniqsa uni qo’llash ko’pgina axamiyat kasb etadi. Agar tarmoqda tok bo’lsa uni aktiv va reaktiv tashkil etuvchilarga bo’linadi.
Agar reaktiv tashkil etuvchi oshirilsa, Sos kamayadi. Odatda bu koeffitsentni 0,92…0,95 % gacha orttirishga xarakat qilinadi. U quyidagicha formula bilan
aniqlanadi. Sos = Р
Do'stlaringiz bilan baham: |