6-mavzu. Nochiziqli elektr zanjirlar
Reja:
6.1.Nochiziqli elektr zanjirlari va elementlarining volt-amper tavsifi. 6.2.Tok va kuchlanish stabilizatorlari.
6.3.Parametrik va Kompensatsion stabilizatorlar.
Tayanch so’z va iboralar: nochiziqli zanjir, Diodning tuzilishi, ulanish usullari va ishlatilishi, to’g’ri kuchlanish tushushi, katod, anod, parametrik va kompensatsion stabilizatorlar
Nochiziqli elektr zanjirlari va elementlarining volt-amper tavsifi.
Elektr zanjirining qarshiligi tok kuchiga va kuchlanishiga bog’liq bo’lgan zanjir nochiziqli zanjir deb ataladi. Nochiziqli zanjirlarga cho’g’lanma lampalar, elektron lampalar, ion va yarim o’tkazgichli asboblar misol bo’la oladi.
Buday zanjirlarning qarshiligi doimiy bo’lmagani uchun zanjirdagi tok kuchi uning qismlaridagi kuchlanishga proporsional bo’lmaydi. Nochiziqli zanjir uchun
Om qonunini tadbiq etib bo’lmaydi.
O’tish chegaralarida n-yarim o’tkazgich tomonda rekombinatsiya natijasida kovaklar, p-yarimo’tkazgich tomonda elektronlar qatlami hosil bo’ladi va p-n- o’tishda ichki maydon yuzaga keladi, ya’ni chegaraviy qatlamda asosiy tok tashuvchilarning kambag’allashuvi hosil bo’ladi. Bu qatlam katta qarshilikka ega bo’ladi. Teskari ulashda kambag’allashgan qatlam kengayadi, berkituvchi maydon Eb kuchayadi. Natijada diffuziya toki kamayadi, dreyf toki o’zgarmaydi. p-n- o’tishdagi natijaviy tokning yo’nalishi dreyfli tok yo’nalishiga mos keladi va u juda kichik bo’lib, teskari tok deyiladi.
To’g’ri yo’nalishda ulanganda tashqi elektr maydoni berkituvchi qatlam maydoniga qarshi bo’lib, uni zaiflashtiradi, potetsial to’siq keskin kamayadi. Bu diffuziya tokining ortishiga va teskari (dreyfli) tokning kamayishiga olib keladi. Natijaviy tokning yo’nalishi diffuziya toki yo’nalishi bilan mos tushadi. YAO’ da asosiy tok tashuvchilar konsentratsiyasi noasosiyga nisbatan bir necha daraja yuqori bo’ladi. SHuning uchun to’g’ri tok teskari tokdan yuz ming barobar ortadi.
Shunday qilib, p-n-o’tish to’g’ri yo’nalishda tokni o’tkazadi, teskari yo’nalishda o’tkazmaydi, ya’ni bir tomonlama o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo’ladi.
Voltamper tavsifnomasiga ko’ra Utes teskari kuchlanish kritik qiymatga etganda teskari tok keskin ortadi, bu p-n-o’tishning teshilishi deyiladi.
To’g’ri yo’nalishdagi ma’lum kuchlanishdan keyin p-n-o’tishning hajmiy
zaryad
qismi keskin torayadi va diffuziya toki tez sur’atlar bilan orta boshlaydi.
Ushbu xususiyatni xarakterlovchi tok qiymatining kuchlanishga bog’lanishi p-n-o’tishning voltamper tavsifnomasi deyiladi (8.1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |