Yuqori va past kuchlanishli elektr tarmoqlari.
Elektr energiyasi elektrostansiyalardan iste’molchilarga yuqori kuchlanishli (1000 V dan yukori) va past kuchlanishli (1000 V gacha) liniyalar orqali uzatiladi. Eelktr ta’minoti tizimida 6, 10, 20 va 35 kV li yuqori kuchlanishli uch simli xavo tarmoqlari xamda 380/220 V kuchlanishli erga ulangan nul simli past kuchlanishli (xavo va kabel) tarmoqlari quriladi.
Xavo liniyalarini asosiy elementlariga tayanchlar, simlar, izolyatorlar va armatura kiradi. YOg’ochli yoki temir beton tayanchlarga simlar osiladi. Xavo tarmoqlari uchun quyidagi simlar ishlatiladi; ochik alyuminiyli (A), po’lat – alyuminiyli (AS), po’lat ko’psimli (PS, PSM) va bir simli (PSO). Xavo liniya (tarmoq)larini kesim yuzalari qizishni ruxsat etilgan qiymati, kuchlanishni yo’qolishi va mexanik bikrligining xisobi bo’yicha topiladi. Masalan, kuchlanish yo’qolishini ruxsat etilgan miqdori (2…3 %)ni belgilab uch fazali tarmoq faza simi kesim yuzasini kuyidagi formuladan topish mumkin.
F P 𝑙 106
U U
mm2,
bunda -simni solishtirma qarshiligi, Om, R–yuklama quvvati Vt, 𝑙 -liniya uzunli gi m, U–tarmoq nominal kuchlanishi V, ∆U–kuchlanish yo’qolishini ruxsat etilgan qiymati V. Bir fazali tarmoq simini kesim yuzasi quyidagicha topiladi.
F 2 P 𝑙 10 6
U U
Simlarni qizishi bo’yicha kesim yuzasini topishda avvalo yuklama toki topiladi, so’ngra ushbu tok bo’yicha ma’lumotnomadan maqbul standart kesim yuzasi aniqlanadi. Bunda quyidagi shart bajarilishi kerak: simni standart kesim yuzasi toki In yuklamani xisoblangan toki Iyu dan katta bo’lishi shart In> Iyu.Ma’lumki, elektr qurilmalarini ishlatish jarayonida quvvat koeffitsenti Sosφ yuklamani miqdoriga va xarakteriga qarab o’zgaradi. Quvvat koeffitsentini oz miqdorlarida simlardagi isroflar ko’payadi, ammo isroflarni o’zgartirmasdan ushlab turish uchun esa sim kesim yuzasini oshirish kerak bo’ladi. Demak, quvvat koeffitsenti Sosφ – elektr energiyasidan okilona foydalanish ko’rsatkichi xisoblanadi. YAna Sosφ ni past bo’lishi iste’molchi tokini ortishiga olib keladi, bu o’z xolatida yuklama tokini oshishiga, isroflarni ko’payishiga, sim kesim yuzasini katta bo’lishiga olib keladi. Sosφ ni oshirish usullari quyidagilar:
elektrodvigatel quvvati ishchi mashina quvvatiga to’g’ri kelishi kerak;
ishchi mashinalarga aylanish chastotasi yuqori bo’lgan dvigatel tanlash kerak;
elektrodvigatellarni nominal yuklamada ishlashini ta’minlash kerak;
elektrodvigatellarni yuklamasiz ishlashini cheklash lozim;
quvvat koeffitsentini oshirish uchun kondensatorlardan foydalanish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |