O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim


Tashqi savdo siyosati va strategiyasi



Download 419,15 Kb.
bet8/19
Sana03.07.2022
Hajmi419,15 Kb.
#735164
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim 1

Tashqi savdo siyosati va strategiyasi


Tashqi savdo siyosati – ichki bozorni himoyalashga, tashqi savdo hajmining o‗sishini rag‗batlantirishga, uning tuzilishini va tovar oqimlarining yo‗nalishlarini maqbullashtirishga qaratilgan tadbirlar tizimi17.


Jahonda tashqi savdo siyosati erkin, bojsiz savdo darajasi hamda proteksionizm, ya‘ni o‗z bozorini importdan himoya qilish darajasi bilan ajralib turadi. Hozirgi tashqi savdo siyosati tashqi savdo almashuvining cheklovlari susaytirilgani, uning yo‗lidagi to‗siqlarni bartaraf etishga intilish, ya‘ni savdoni liberallashtirish bilan ajralib turadi (savdoning erkinlashtirilishi Ikkinchi jahon urushi tugaganidan so‗ng barcha mamlakatlarda kuzatilgan nihoyatda keskin iqtisodiy o‗sishning asosiy sabablaridan biridir).
Jahon mamlakatlarining Jahon Savdo Tashkilotiga(JST) qo‗shilish shartlari – uning hududida tovar va xizmatlar uchun erkin raqobat rejimini yaratish, ya‘ni boj tariflarini kamaytirish, mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilishda demping





16 Кругман П. Международная экономика. 5-е изд. СПб.: Питер. 2003г. ст.44-46.
17 Robert E. Morgan ―Theories of international trade, foreign direct investment and firm internationalization‖. Cardiff Business School, University of Wales, UK. 2007. p.-42.
narxlar bo‗yicha subsidiya berishdan voz kechish. Ushbu shartlar dunyo mamlakatlarining aksariyati uchun bajarilishi qiyin vazifadir. Shu sababli JST dunyo mamlakatlariga ishlab chiqarishni, ayniqsa, qishloq xo‗jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni subsidiyalashtirishni tartibga keltirish, statistik hisobotning aksildemping choralarini qo‗llashni tavsiya etadi. Umumiqtisodiy vazifalarga hamda JSTning talablariga muvofiq, dunyo mamlakatlarida tashqi iqtisodiy faoliyat tartibga solinmoqda, ya‘ni: tashqi savdo operatsiyalarining litsenziya bilan tartibga solinishi, boj-tarif tartibga solinishi va tashqi savdo shartnomalarining tender (tanlov) asosida tuzilishi va boshqalar18.
Dunyo mamlakatlarining ayrimlari kabi O‗zbekistonda ham eksportni rag‗batlantirishning JST talablariga va eksportni davlat tomonidan qo‗llab- quvvatlash tartibiga mos tizimi amal qilmoqda. Milliy eksportyorlarni bunday qo‗llab-quvvatlash quyidagi moliyaviy imtiyozlar tizimini o‗z ichiga oladi:

  • O‗zbekiston tijorat banklari eksportga yo‗naltirilgan tashkilotlarni aylanma mablag‗ bilan ta‘minlashi uchun kredit resurslari xususida kafolat majburiyatlarini berishi;

  • eksport kreditlarining uzoq muddatli tijorat tavakkallaridan kafolatlangan sug‗urtalanishi;

  • eksporterlarga eksport mukofotlari, milliy va xorijiy tashuvchilarning yuklarini tashish xizmatlarining qiymatidagi farqni to‗lab berish tarzidagi to‗g‗ridan-to‗g‗ri dotatsiyalar;

  • eksport kreditlarini imtiyozli shartlar bilan berish va hokazo.

Davlat kadrlar tayyorlash, dunyo bozori konyunkturasini o‗rganish, milliy eksporterlar va xorijdagi importerlar manfaatlarini himoya qilish xarajatlarining asosiy qismini o‗z zimmasiga olmoqda, shuningdek ularning tashqi bozordagi faoliyati uchun zarur siyosiy sharoitlarni ta‘minlamoqda.
O‗zbekistonning eksportni rivojlantirish borasidagi tashqi savdo siyosati, respublikaning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokining samarali modelini



18 Nazarova G.G., Xalilov X.X., Eshtayev A.A., Xakimov N.Z., Salixova N.M. Jahon iqtisodiyoti va XIM. T.: 2006. 33-34-b.
shakllantirish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Uning asosiy yo‗nalishlari nafaqat eksportni kengaytirishni, balki raqobatdagi ustunliklar va jahon konyunkturasidan maqbul tarzda foydalanish asosida uning barqaror yuqori hajmlarini qo‗llab-quvvatlashni nazarda tutadi19.
O‗zbekiston eksportini, jumladan tashqi bozorlarga tayyor mahsulotni, avvalo, fan yutuqlari va yuksak texnologiyalarga asoslangan mahsulotlarni keng miqyosda olib chiqish borasida diversifikatsiya qilish yo‗lidan bormoqda. Shu bois davlatimiz rahbari Islom Karimov: ―Bugungi kunda ko‗plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o‗rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so‗zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatbardoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda, iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o‗zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlantirishni ta‘minlash, faoliyat ko‗rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobida amalga oshirilishi mumkin‖ 20 , – deb ta‘kidlagani bejiz emas. Tashqi savdo faoliyati davlat tomonidan tartibga solinib turiladi. Ayrim mamlakatlarda istisnoli hollarda joriy etishi mumkin bo‗lgan eksport bo‗yicha cheklov choralari belgilangan. Mavjud cheklovlar quyidagi toifalarga bo‗linadi:

  • ushbu tovarning olib chiqilishiga ruxsat etilgan eksporterlar doirasining cheklanishi;

  • xorijga olib chiqilayotgan tovarlarga kvotalar belgilanishi;

  • eksport natijasida milliy manfaatlarga zarar yetishini istisno qiluvchi shartlarga rioya etish. Eksportning miqdor bo‗yicha cheklanishi ichki bozor bo‗shab qolishining oldini olish va ushbu tovarning jahon bozorlarida haddan tashqari ko‗payib ketishiga yo‗l qo‗ymaslik maqsadida joriy etiladi.

Mamlakatlar o‗rtasida tovarlarning xavfsizligini tasdiqlovchi sertifikatlarni o‗zaro tan olish haqidagi bitimlar ham amal qiladi. Iqtisodiy o‗sishning yuqori
19 Mirsaidov M. ―Xalqaro Iqtisodiy Munosabatlar‖ T.-2006: ―Iqtisod-Moliya‖140-b.
20 Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. –T.:‖O‘zbekiston‖,1995. 37-b.
sur‘atlari va makroiqtisodiy barqarorlik ta‘minlanishida tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, xususan, mamlakatimiz eksport hajmini yanada oshirish va tarkibini yaxshilash muhim omil bo‗ldi. Respublikamizning tashqi savdo aylanmasi 1990–2011-yillar davomida 31,7 marta, jumladan, eksport 33,9 marta, import qariyb 29 marta oshdi. Natijada tashqi savdoning ijobiy saldosi 56,6 marta ortdi. Birgina ―2011-yilda eksport mahsulotlari hajmi 2010-yilga nisbatan qariyb 15,4 foizga ko‗paydi va 15 milliard dollardan ko‗proqni tashkil etdi. Bu 2000-yilga nisbatan 4,6 barobar ziyoddir. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 4 milliard 500 million dollardan oshdi‖21.
Ma‘lumki, xalqaro savdo-sotiq eksport va import shaklda amalga oshiriladi. Eksport – tovarning xorijga chiqarilishini nazarda tutuvchi sotish.
Import – tovarning xorijdan olib kirilishini nazarda tutuvchi xarid.
Savdo aylanmasi – eksport va import hajmining qiymatda ifodalanadigan hajmlar summasi.
Eksport o‗lchami tovarga bo‗lgan ortiqcha taklif bilan, import hajmi esa tovarlarga bo‗lgan ortiqcha talab miqdori bilan belgilanadi. Eksport va importning nisbati tashqi savdo balansi hisoblanadi, u aktiv va passiv holda bo‗ladi. Eksport importdan ko‗p bo‗lganda, tashqi savdo balansi aktiv, import eksportdan ko‗p bo‗lganda, u passiv bo‗ladi. Aktiv balans tashqariga tovarlar ko‗p sotilishini, passiv balans esa ular tashqaridan ko‗proq xarid etilishini anglatadi.
Iqtisodiyotning eksport salohiyati ikki omilga bog‗liq bo‗ladi:

  1. Ishlab chiqarishning rivojlanganlik darajasi;

  2. Ishlab chiqarishning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki va ixtisoslashuv darajasi.

Eksport va import narxining nisbatiga bir qator omillar ta‘sir etadi:

  1. Muayyan tovarlarga tashqi bozordagi talab va shu tovarlarning taklif etilishi;

21 Karimov I.A.‖2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘taradigan yil bo‘ladi‖.- T.:‖O‘zbekiston‖, 2012.

  1. Tovarlarga mamlakat ichkarisidagi va tashqarisidagi narxlarning past yoki balandligi;

  2. Tovarlarning tashqi bozorlarga yetkazish xarajatlari;

  3. Milliy valuta kursidagi o‗zgarishlari;

  4. Davlatning tashqi savdoga oid siyosatining qandayligi22.

Ochiq iqtisodiyot rivojlanishi bilan xalqaro savdo-sotiqdagi tovarlar tarkibi o‗zgarib turadi. Agar XIX asrning ikkinchi yarmidagi xalqaro savdo-sotiqda xomashyo, oziq-ovqat va yengil sanoat mahsulotlari ayirboshlangan bo‗lsa, XXI asrning boshiga kelib ilmiy texnikaviy yangiliklar, texnologik murakkab mahsulotlar, shuningdek axborot texnologiyalari va axborotning o‗zi sotila boshlandi. O‗zbekistonning jahon bozorida o‗ziga xos nufuzini ta‘minlashda xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvi imkoniyatlaridan samarali foydalanishi, eksportga yo‗naltirilgan ishlab chiqarishni barpo etish va chuqur qayta ishlangan sanoat mahsulotlari eksportini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, Prezident Islom Karimov: ‖Mamlakatning jahon xo‗jaligi aloqalarida, xalqaro mehnat taqsimotida keng miqyosda ishtirok etishi ochiq turdagi iqtisodiyotni barpo etishning asosidir. Biz iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish tadbirlarini izchillik bilan amalga oshirmoqdamiz. Bunda bozor iqtisodiyoti – erkin iqtisodiyot ekanligi, u ochiq tusda bo‗lib, yakkalanish va biqiqlik unga yot ekanligidan iborat haqiqatga asoslanib ish tutmoqdamiz. Shu bois iqtisodiyotimizning kelajagi uning jahon xo‗jaligiga qo‗shilishiga bog‗liqdir‖ 23 , – deb tashqi bozorning ahamiyatini ta‘kidlab o‗tgan.
O‗zbekistonda barqaror iqtisodiy o‗sish sur‘atlarini ta‘minlashga uning jahon xo‗jaligi bilan aloqalarining rivojlanib borayotganligi, eksport salohiyati kengayayotganligi va shu maqsadlar ko‗zda tutilib belgilanayotgan aniq chora- tadbirlar asos bo‗lmoqda. Respublikamizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va tashqi iqtisodiy aloqalarni erkinlashtirish mamlakatning XXI asrda rivojlanish



22 Nazarova G.G‘., Iminov Z.M., Xalilov X.X., Hamidov O.B. ―Jahon iqtisodiyoti va хalqaro iqtisodiy munosabatlar‖ ―Iqtisodiyot‖ T-2011. 61-62-b.
23 Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. – T.: ―O‘zbekiston‖ 1999. 49-50-b.
strategiyasining ustuvor yo‗nalishlaridan biri hisoblanadi. Chunki milliy iqtisodiyot ochiqlik darajasining kengayishi ishlab chiqarish samaradorligining ortishiga va erkin raqobatning kuchayishiga, ichki imkoniyatlar hisobiga eksport salohiyatini oshirishga imkoniyat yaratadi. Eksport salohiyatini oshirish barqaror valuta tushumlarini ta‘minlashga va jahon bozorida munosib o‗rin egallashga olib keladi. Shuning uchun respublika eksport salohiyatini oshirishda ichki ijtimoiy- iqtisodiy imkoniyatlardan va nisbiy afzallikka ega bo‗lgan sohalar mahsulotlaridan unumli foydalanilmoqda.
Ayni paytda aholi daromadlarining ahamiyatli darajada ortib borishi milliy iqtisodiyotning barqaror sur‘atlarda rivojlanishi bilan birga tashqi savdo va eksport faoliyatining samaradorligini ham talab etadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tubdan tarkibiy o‗zgartirish va eksport tuzilishini diversifikatsiya qilish orqali tashqi bozorlarga chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlar nomenklaturasini kengaytirish samaradorlikni oshirishga olib keladi. Chunki xorijiy mamlakatlarga sotilayotgan mahsulotlar tarkibida alohida tovarlar yoki xizmatlar turlarining, xususan, tabiiy resurs va xomashyolar salmog‗ining ortib ketishi, agar jahon bozorida bu mahsulotlarning narxi pasayib ketsa yoki ularga tashqi talab kamayadigan bo‗lsa, mazkur vaziyatlarda eksportchi mamlakatlar og‗ir va tang holatlarga duch kelishi mumkin. Milliy eksport hajmining qisqarishi va savdo shartlarining yomonlashuvi valuta tushumlarining kamayishiga, tashqi savdo balansining beqarorlashuviga va eksportchi korxonalar moliyaviy ahvolining tanglashishiga olib keladi. Shuningdek, mamlakatning umumiy eksporti yoki importida kam sonli davlatlar ulushining kattaligi, u mamlakat tashqi savdosining ana shu sanoqli mamlakatlar iqtisodiyotidagi o‗zgarishlarga bog‗liq bo‗lib qoladi.Shu bois tashqi savdo tarkibini diversifikatsiya qilishdan tashqari, uning mamlakatlar geografiyasini ham kengaytirish va xilma- xillashtirish zarur.
Bu esa ko‗zda tutilgan natijalarni qo‗lga kiritishga, milliy xo‗jalikning tashqi bozordagi salbiy o‗zgarishlariga ta‘sirchanligini pasaytiradi. O‗zbekistonda tashqi savdo tarkibini diversifikatsiya qilish va mamlakatlar geografiyasini
takomillashtirish maqsadida olib borilgan chora-tadbirlar o‗zining samarali natijasini bermoqda. Respublikamizning tashqi savdosi va eksporti hajmi barqaror sur‘atlarda o‗sib, tarkibi izchil takomillashib bormoqda. Bunday yutuqlarga erishishda asos bo‗lgan omillar haqida Prezident Islom Karimov: ―Bizning keyingi yillarda eksport sohasida qo‗lga kiritgan yutuqlarimiz, avvalo, mamlakatimiz iqtisodiyotini tubdan tarkibiy o‗zgartirish va diversifikatsiya qilish, qisqa muddatda biz uchun mutlaqo yangi, lokomotiv rolini bajaradigan tarmoqlarni barpo etish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash dasturlarini amalga oshirish, zamonaviy bozor infratuzilmasini shakllantirish borasida o‗z vaqtida boshlangan, chuqur o‗ylangan va uzoq istiqbolga mo‗ljallangan ishlarimizning natijasidir‖24, – deb ta‘kidlagan.
Mamlakatlarning texnologik jihatdan chuqur qayta ishlangan va tayyor raqobatdosh tovarlar eksportini jadallashtirish va bu mahsulotlar yetkazib berilayotgan mamlakatlar geografiyasini izchil ravishda kengaytirib borish uning tashqi savdo va eksport hajmini barqaror rivojlantirishga, jahon bozoridagi salbiy o‗zgarishlar ta‘siri va xavfxatarlardan himoyalashga sharoit yaratadi. Qolaversa, tashqi bozorlarga taklif qilinayotgan tovarlar tarkibini diversifikatsiyalash, ularni xarid qiluvchi davlatlar geografiyasini kengaytirish, bu mamlakatlardan biri yoki bir nechtasining iqtisodiyotida sodir bo‗lgan muammolar tufayli eksport hajmi keskin kamayib ketishining oldini olish imkoniyatini ta‘minlaydi. Mamlakatimizda uzoq yillardan beri tashqi savdoni, xususan, eksportni rivojlantirish va eksport qiluvchi korxonalarni izchil qo‗llabquvvatlash borasida amalga oshirilgan chora- tadbirlar milliy iqtisodiyotimizning eksport salohiyatini yuksaltirishga, tashqi savdo tarkibini chuqurlashtirishga va uning hajmini barqaror sur‘atlarda o‗stirishga asos bo‗lmoqda.

Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror va mutanosib rivojlantirish, samarali ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasini shakllantirish va izchil iqtisodiy o‗sish sur‘atlariga erishish aholi farovonligini oshirishning va taraqqiyotni ta‘minlashning
24 Karimov I.A. ―Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari‖.- T.:‖O‘zbekiston‖ 2009. 11-b.
muhim asosi hisoblanadi. Prezident Islom Karimov O‗zbekiston iqtisodiyotining jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi borasida quyidagi vazifalarni belgiladi:
―Jahon iqtisodiyotida vujudga kelayotgan tendensiyalardan, shuningdek, mamlakatimizni kelajakda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish strategiyasidan kelib chiqqan holda, 2012-yilda va undan keyingi yillarda quyidagi ustuvor vazifalarning amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchi darajali e‘tibor mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatdoshligini oshirish bo‗yicha dastur tayyorlash va uni amalga oshirishga qaratilishi zarur. Bu maqsadning dolzarbligi va ahamiyati avvalo shu bilan belgilanadiki, biz o‗rta muddatli istiqbolda iqtisodiyotimizni rivojlangan demokratik davlatlar darajasiga olib chiqishni hozirgi bosqichdagi bosh strategik vazifa sifatida o‗z oldimizga qo‗yganmiz‖.25
O‗z-o‗zidan ayonki, raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirmasdan, pirovard natijada esa raqobatdosh mamlakatni barpo etmasdan turib, biz qabul qilgan
―Mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi‖da ko‗zda tutilgan maqsadli vazifalarni amalga oshirmasdan turib, bu haqda jiddiy so‗z yuritish mumkin emas. Bu vazifaning o‗rtaga qo‗yilishi, shuningdek, inqiroz jarayonlarining chuqurlashuvi, dunyo miqyosida xarid talabining pasayishi va shunga muvofiq tarzda jahon bozorida xomashyo, materiallar, ayniqsa, tayyor mahsulotlar bo‗yicha raqobatning yildan- yilga kuchayib borayotgani bilan ham bog‗liq, albatta. Bugungi kunda ko‗plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o‗rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so‗zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o‗zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta‘minlash, faoliyat ko‗rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin.



25 Karimov I.A. 2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘taradigan yil bo‘ladi.- T.:‖O‘zbekiston‖,2012.

    1. Download 419,15 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish