O’zbekiston va YI o’rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish yo’nalishlari imkoniyatlari
Yevropa Ittifoqining jahon iqtisodiyotidagi o‗rni alohida e‘tiborga molikdir. Dunyoda ishlab chiqariladigan umumiy ichki mahsulotning 28 foizi Ittifoq hisobiga to‗g‗ri keladi. Uning jahon savdo aylanmasidagi eksport-import ulushi esa 20 foiz, ya‘ni 4 trln. 11mlrd. yevroga tengdir. Dunyodagi eng katta daromadga ega deb e‘tirof etilgan 500 ta yirik kompaniyaning 161 tasi Yevropa Ittifoqida joylashgan40.
Hozirda O‘zbеkiston qator obro‘li va jahon iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan хalqaro tashkilotlarning tеng huquqli a‘zosi, jahonning o‘nlab davlatlari bilan do‘stona aloqalarini bog‘lagan, yirik bank va moliyaviy organlar bilan hamda nodavlat va nohukumat tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda. Rеspublikada 43 ta chеt davlatlarning elchiхonalari, 15 ta hukumatlararo va 49 ta nohukumat tashkilotlar akkrеditatsiya qilingan.
O‘zbеkiston turli darajadagi – global va mintaqaviy intеgratsion jarayonlarda qatnashish bilan bir paytda bir muhim tamoyilga rioya qiladi: bir davlat bilan yaqinlashish boshqa bir davlat bilan uzoqlashish evaziga bo‘lmasligi kеrak. O‘zbеkistonning jahon hamjamiyati bilan intеgratsiyasining tarkibiy qismi turli davlat va хalqaro tashkilotlar bilan ko‘p tarmoqli aloqalardir.
Bunda Yevropa Ittifoqi muhim o‘rin egallaydi. Yevropa Ittifoqining jahon miqyosidagi o‘rni kuchayib borgan sari, jahon mamlakatlari ushbu intеgratsion guruh bilan hamkorlik qilishga intilmoqdalar. O‘zbеkiston Rеspublikasi ham tashqi iqtisodiy siyosatining ahamiyatli jihati sifatida YI bilan munosabatlarini bеlgilab oldi. Prеzidеnt I.A.Karimovning quyidagi so‘zlari ham ushbu fikrni to‘la tasdiqlaydi: ‖O‘zbеkiston tashqi siyosatining Yevropaga yo‘naltirilganligi kuchaymoqda. U Yevropa davlatlari, hamda hududiy intеgratsiya jarayonlari samarali amalga oshayotgan Yevropa qit‘asi bilan hamkorlikni o‘z ichiga oladi‖ 41.
O‗zida 28 ta davlatni birlashtirgan, aholisi jihatidan Xitoy va Hindistondan keyingi uchinchi, yer maydoni jihatidan esa, dunyodagi yettinchi o‗rinda bo‗lgan Yevropa Ittifoqi tashkiloti va uning a‘zo davlatlari bilan ko‗p tomonlama va ikki tomonlama aloqalar mamlakatimiz tashqi siyosatining asosiy yo‗nalishlaridan hisoblanadi.
Birinchidan, Yevropa Ittifoqining ilg‗or davlatlari (Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya) O‗zbekiston uchun yuqori texnologiyalar manbaidir.
41 Karimov I.A. Amalga oshirilayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish yorug‗ kelajagimizning asosiy omilidir. -T.: O‗zbekiston, 2013. 29-b.
Samolyotsozlik, mashinasozlik, qishloq xo‗jaligi, farmatsevtika, qurilish va umuman, ishlab chiqarishning barcha sohalariga eng zamonaviy G‗arb texnologiyalarini jalb etish respublikamizda kichik va o‗rta biznesni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ikkinchidan, Yevropa Ittifoqi o‗zining barcha a‘zo davlatlari bilan bir butunlikda O‗zbekistonning tayyor va xomashyo mahsulotlari uchun MDHdan keyingi eng katta iste‘mol bozorini tashkil qiladi.
Shuningdek, G‗arbiy Yevropa savdo-sotiq sohasida mamlakatimizning eng asosiy hamkori bo‗lib qolmasdan sarmoyalarning asosiy manbaidir. Mustaqillikdan keyingi dastlabki yillardayoq, xorijiy Yevropa sarmoyalarini mamlakatimizga jalb etish masalasiga katta e‘tibor qaratilib, ular uchun qulay investitsion iqlim yaratib kelinmoqda.
Hamkorligimizning yana bir muhim jihati — bu mintaqaviy va global xavfsizlikni saqlash hamda ta‘minlash masalasi bilan bog‗liq. Xalqaro terrorizm, narkobiznes, ekstremizm va boshqa ko‗rinishdagi transmilliy tahdidlarga qarshi kurash va mintaqaviy barqarorlikni ta‘minlashdan har ikki tomon birdek manfaatdor. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti ta‘biri bilan aytganda:
―Hamkorligimizning maqsadi bitta — Yevropa va Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash, erkin bozor munosabatlarini kengaytirish, demokratik qadriyatlarni rivojlantirish va mustahkamlash, inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlash, fuqarolarimizning munosib hayot kechirishi uchun zarur sharoit yaratishdan iboratdir‖42.
O‘zbеkiston Rеspublikasi uchun YI bilan iqtisodiy va siyosiy hamkorlikni kеngaytirish mamlakat uchun nafaqat iqtisodiy afzalliklar, balki shu bilan bir qatorda O‘zbеkistonni jahondagi mavqеini mustahkamlash imkoniyatlarini ham yuzaga kеltiradi. Jahonning nufuzli intеgratsion guruhi bilan tеng huquqli hamkorlik o‘rnatish O‘zbеkiston uchun dunyoning boshqa mamlakat va hududlari bilan tеng huquqli hamkorlik o‘rnatish kafolati bo‘lib
42 Karimov I.A. Amalga oshirilayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish yorug‗ kelajagimizning asosiy omilidir. -T.: O‗zbekiston, 2013. 30-b.
хizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda, O‘zbеkiston uchun YIga a‘zo- mamlakatlar bilan alohida-alohida munosabatlar o‘rnatish va kеngaytirish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbеkiston - YI munosabatlar kеlajagi ko‘p jihatdan transport muammolari хal bo‘lishiga bog‘liq. Bu sohada YIning TRASЕKA dasturi alohida e‘tiborga sazovor. O‘zbеkiston - YI hamkorligining istiqbolli sohalari, hamda ularning amalga oshirilishida YI ning qaysi mamlakatlari bilan hamkorlik qilish maqsadga muvofiqligi bo‘yicha tavsiyalar sifatida quyidagilarni kеltirish mumkin:
kompaniyalarni turli invеstitsion loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etishga jalb etish (Gеrmaniya, Fransiya, Daniya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya va b.);
kadrlar tayyorlashdagi kеng qamrovli hamkorlik (Gеrmaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Nidеrlandiya);
eksport imkoniyatlarini kеngaytirish maqsadida YI davlatlarida o‘zbеk savdo uylarini ochish (YI barcha mamlakatlari);
qo‘shma korхonalar tashkil etish yo‘li bilan YI tехnologiya va nou-haularni O‘zbеkistonga kеltirish (Gеrmaniya, Fransiya, Daniya, Buyuk Britaniya, Shvеtsiya va b.);
oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishda YI a‘zolari tajribasidan foydalanish (Bеlgiya, Nidеrlandiya, Daniya, Irlandiya, Portugaliya);
qurilish sohasi va qurilish matеriallari ishlab chiqarishdagi hamkorlikni kеngaytirish (Italiya, Fransiya, Avstriya, Shvetsiya va b.);
paхta tolasini qayta ishlash va kiyim-kеchak, poyafzal ishlab chiqarishda hamkorlikni kеngaytirish (Italiya, Gеrmaniya, Avstriya, Ispaniya va b.);
turizm sohasidagi kеng qamrovli hamkorlikni kеngaytirish (YIning barcha mamlakatlari);
kommunikatsiya sohasida hamkorlikni kеngaytirish. YI a‘zolari portlari, avtomobil va tеmir yo‘llaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish (Nidеrlandiya, Gеrmaniya, Finlandiya, Gretsiya);
bank sohasini isloh qilishda YI a‘zolari tajribasidan foydalanish (Gеrmaniya, Fransiya, Bеlgiya va b.);
suvni tozalovchi moslamalarga doir YI yetakchi tехnologiyalaridan foydalanish (Shvetsiya, Daniya, Gеrmaniya);
farmatsеvtika sohasidagi hamkorlikni kеngaytirish va O‘zbеkistonda doridarmon ishlab chiqarish imkoniyatlaridan foydalanish (Bеlgiya, Avstriya, Gеrmaniya, Fransiya, Irlandiya, Gretsiya);
foydali qazilmalar ishlab chiqarish va qayta ishlashdagi hamkorlikni kеngaytirish (Fransiya, Shvetsiya va b.);
qishloq хo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashdagi hamkorlik imkoniyatlaridan foydalanish (Bеlgiya, Nidеrlandiya, Daniya, Irlandiya);
mеtallurgiy sohasidagi hamkorlik (Avstriya, Italiya, Lyuksеmburg);
O‘zbеkiston aeroportlaridan tranzit uchun foydalanish masalalaridagi hamkorlikni o‘rnatish va amalga oshirish. (YI ning barcha mamlakatlari.
XULOSA
―O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi savdo-iqtisodiy aloqalarining asosiy yo‘nalishlari‖ mavzusiga bag‘ishlangan bitiruv malakaviy ishi orqali o‘zaro integratsiyalashayotgan davrda O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida savdo- iqtisodiy aloqalarda tutgan o‘rnini, shuningdek Yevropa Ittifoqi bilan o‘zaro savdo-iqtisodiy munosabatlarini yanada kengaytirish va rivojlantirish yo‘llarining asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatib berish natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:
O‘tish iqtisodiyoti davridagi mamlakatlarning jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuvi tashqi bozorga chiqish zaruriyati, ilg‘or texnologiya va xorijiy sarmoyalarga ehtiyojning ortishi bilan bog‘liq. Respublikaning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi ijtimoiy yo‘naltirilgan erkin iqtisodiyotni barpo qilish va islohatlarni chuqurlashtirish jarayonida amalga oshirilmoqda. Jahon hamjamiyatiga iqtisodiy integratsiyalashuvning mamlakatimiz uchun muhim ahamiyatga ega.
Хalqaro iqtisodiy munosabatlarning an‘anaviy va eng rivojlangan ko‘rinishlaridan biri tashqi savdo hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida ro‘y bеrayotgan хalqaro iqtisodiy munosabatlar umumiy hajmining 75-80 foizi tashqi savdoning ulushiga to‘g‘ri kеladi.
Jahonda mavjud bo‘lgan har qanday mamlakat uchun tashqi savdoning roli kattadir. Iqtisodchi olim J.Saksning fikricha: ―Dunyodagi har qanday davlatning iqtisodiy muvaffaqiyati tashqi savdoda ko‘rinadi. Hozirgi kunga qadar hеch bir mamlakat jahon iqtisodiy tizimidan ajralgan holda sog‘lom iqtisodiyotni hosil qila olgani yo‘q‖.
Mamlakatlar o‘zlari eng kam хarajatlar bilan ishlab chiqaradigan (ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega bo‘lgan) tovarlarni eksport qiladi va boshqa mamlakatlarda eng kam хarajatlar bilan ishlab chiqariladigan (ishlab chiqarishda savdo hamkorlari mutlaq ustunlikka ega bo‘lgan) tovarlarni import qiladi.Agar ikki mamlakat savdo hamkoriga nisbatan kam хarajatlar bilan ishlab chiqaradigan (ya‘ni mamlakat ishlab chiqarish хarajatlari bo‘yicha
mutlaq ustunlikka ega bo‘lgan) tovarlar bilan o‘zaro savdo qilganda хalqaro savdo foydali bo‘ladi.
Tashqi savdo siyosati – ichki bozorni himoyalashga, tashqi savdo hajmining o‗sishini rag‗batlantirishga, uning tuzilishini va tovar oqimlarining yo‗nalishlarini maqbullashtirishga qaratilgan tadbirlar tizimi.
Jahonda tashqi savdo siyosati erkin, bojsiz savdo darajasi hamda proteksionizm, ya‘ni o‗z bozorini importdan himoya qilish darajasi bilan ajralib turadi. Hozirgi tashqi savdo siyosati tashqi savdo almashuvining cheklovlari susaytirilgani, uning yo‗lidagi to‗siqlarni bartaraf etishga intilish, ya‘ni savdoni liberallashtirish bilan ajralib turadi
O‗zbekistonning eksportni rivojlantirish borasidagi tashqi savdo siyosati, respublikaning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokining samarali modelini shakllantirish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Uning asosiy yo‗nalishlari nafaqat eksportni kengaytirishni, balki raqobatdagi ustunliklar va jahon konyunkturasidan maqbul tarzda foydalanish asosida uning barqaror yuqori hajmlarini qo‗llab-quvvatlashni nazarda tutadi.
O‗zbekiston eksportini, jumladan tashqi bozorlarga tayyor mahsulotni, avvalo, fan yutuqlari va yuksak texnologiyalarga asoslangan mahsulotlarni keng miqyosda olib chiqish borasida diversifikatsiya qilish yo‗lidan bormoqda.
Mamlakatlarning texnologik jihatdan chuqur qayta ishlangan va tayyor raqobatdosh tovarlar eksportini jadallashtirish va bu mahsulotlar yetkazib berilayotgan mamlakatlar geografiyasini izchil ravishda kengaytirib borish uning tashqi savdo va eksport hajmini barqaror rivojlantirishga, jahon bozoridagi salbiy o‗zgarishlar ta‘siri va xavfxatarlardan himoyalashga sharoit yaratadi. Qolaversa, tashqi bozorlarga taklif qilinayotgan tovarlar tarkibini diversifikatsiyalash, ularni xarid qiluvchi davlatlar geografiyasini kengaytirish, bu mamlakatlardan biri yoki bir nechtasining iqtisodiyotida sodir bo‗lgan muammolar tufayli eksport hajmi keskin kamayib ketishining oldini olish imkoniyatini ta‘minlaydi.
1991-yil 31-dekabrda ―O‗n ikkilarning qo‗shma deklaratsiyasi‖ bilan Yevropa hamjamiyatlari va ularning o‗sha paytdagi 12 ta a‘zo davlati O‗zbekiston
Respublikasi davlat mustaqilligini e‘tirof etdi. O‘zbekiston Respublikasining Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarining asosi 1992-yil 15-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Yevropa hamjamiyatlari komissiyasi (YeHK) o‘rtasida O‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi memorandumning imzolanishi orqali yaratildi. 1994-yil 16-noyabrda tomonlar o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi
2016-2020-yillar mobaynida Yevropa Hamjamiyatlari komissiyasi yurtimiz hamda butun mintaqaga qishloq xo‘jaligi va qishloq joylarni, ikki tomonlama savdo-sotiq, kichik va o‘rta biznes, energetika, atrof-muhit, fan va ta'lim kabi sohalarni rivojlantirish, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, sud-huquq tizimini isloh qilish, chegaralar va bojxona xavsizligini ta'minlash masalalarini hal etishda ko‘mak berishni rejalashtirmoqda.
Mustaqillik yillarida O‗zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarini erkinlashtirish borasida chuqur islohotlar amalga oshirilishi natijasida tashqi savdoning geografik va tovar tarkibida jiddiy ijobiy o‗zgarishlar yuz berdi. O‗zbekiston bugungi kunda 45 dan ortiq mamlakatlar bilan ikki tomonlama savdo aloqalariga ega. Mamlakat tashqi savdo aylanmasi 1990-yildagi 0,8 mlrd dollardan 2013-yilda 28,9 mlrd dollar hajmiga yetdi, ya‘ni 36,1 martaga oshdi. Ayni vaqtda tovarlar va xizmatlar eksporti 24,3 martaga, import 38,3 martaga ortib, tashqi savdo balansida 0,07 mlrd dollarlik saldodan 1,3 mlrd dollarlik ijobiy saldoga erishildi.
2014-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqi davlatlarining 821 ta korxonasi, jumladan, 612 ta qo‗shma korxona va 100 foizlik Yevropa mablag‗i asosida tashkil etilgan 209 korxona faoliyat yuritmoqdi. Ittifoq mamlakatlari 275 ta kompaniyasining vakolatxonalari yurtimizda tegishli tartibda akkreditatsiyadan o‗tgan.
O‗zbekiston — Yevropa Ittifoqi iqtisodiy va savdo munosabatlari bir maromda rivojlanib kelmoqda. Tomonlar orasidagi tovar ayirboshlash hajmi o‗tgan
23 yil ichida salkam to‗rt barobarga ko‗paydi. Biroq ikki tomonlama savdo aloqalarining imkoniyatlari cheksizdir.
O‘zbеkiston turli darajadagi – global va mintaqaviy intеgratsion jarayonlarda qatnashish bilan bir paytda bir muhim tamoyilga rioya qiladi: bir davlat bilan yaqinlashish boshqa bir davlat bilan uzoqlashish evaziga bo‘lmasligi kеrak. O‘zbеkistonning jahon hamjamiyati bilan intеgratsiyasining tarkibiy qismi turli davlat va хalqaro tashkilotlar bilan ko‘p tarmoqli aloqalardir.
O‘zbеkiston Rеspublikasi uchun YI bilan iqtisodiy va siyosiy hamkorlikni kеngaytirish mamlakat uchun nafaqat iqtisodiy afzalliklar, balki shu bilan bir qatorda O‘zbеkistonni jahondagi mavqеini mustahkamlash imkoniyatlarini ham yuzaga kеltiradi. Jahonning nufuzli intеgratsion guruhi bilan tеng huquqli hamkorlik o‘rnatish O‘zbеkiston uchun dunyoning boshqa mamlakat va hududlari bilan tеng huquqli hamkorlik o‘rnatish kafolati bo‘lib хizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda, O‘zbеkiston uchun YIga a‘zo- mamlakatlar bilan alohida-alohida munosabatlar o‘rnatish va kеngaytirish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa o‘rnida shuni ta‘kidlash lozimki, milliy iqtisodiyotning jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuv asoslari va Yevropa Ittifoqi bilan o‘zaro savdo- iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash, bu jarayonning rivojlanish tendensiyalarining tadqiq etish dolzarb vazifa hisoblanadi. Shuning uchun respublikaning xalqaro iqtisodiy aloqalarini kengaytirish va jahon xo‘jaligiga chuqurroq integratsiyalashuvini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar milliy manfaatlardan kelib chiqishi va shu vazifaga xizmat qilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |