2.2.2-rasm. O’zbekistonning 2014-yilgi import ko’rsatkichlari.
Manba: http://www.mfer.uz O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi
O‘zbekistonning 2014-yil yakunlari bo‘yicha import ko‘rsatkichlariga e‘tibor qaratsak, bunda mashinasozlik va uskunalar ulushi 39,7% ni tashkil etib, bu ko‘rsatgich o‘tgan 2013-yilga nisbatan 1,4 %ga pasayganini, kimyo mahsulotlarining ulushi 2013-yilga nisbatan 1,7% oshganligini, xizmatlar 7,5% ni tashkil etib 2013-yilga nisbatan 2.8% ga oshganligini ko‘rishimiz mumkin.
2.2.3-diagramma
Manba http://www.mfer.uz O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi
2014-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqi davlatlarining 821 ta korxonasi, jumladan, 612 ta qo‗shma korxona va 100 foizlik Yevropa mablag‗i asosida tashkil etilgan 209 korxona faoliyat yuritmoqdi. Ittifoq mamlakatlari 275 ta kompaniyasining vakolatxonalari yurtimizda tegishli tartibda akkreditatsiyadan o‗tgan37.
Ikki tomonlama munosabatlarda iqtisodiy va savdo-sotiq aloqalari eng ustuvor yo‗nalish hisoblanadi. O‗zbekistonning Yevropa Ittifoqi va uning a‘zo davlatlari bilan savdo aloqalari katta salmoqni tashkil etadi.
2.2.2.-jadval O’zbekiston va Yevropa Ittifoqi tashqi savdo aylanmasi hajmi
(mln.AQSh doll.)
|
2010
|
2013
|
O’zbekiston va Ye.I tashqi savdo aylanmasi hajmi
|
1 965,0
|
2 435,7
|
Shundan:
|
|
|
Eksport
|
547,8
|
980,4
|
Import
|
1 418,0
|
1 455,3
|
37 www.mfer.uz O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy Aloqalar,Investitsiya va Savdo Vazirligi.
Manba: http://www.mfer.uz O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning muhim savdo-iqtisodiy sherigi bo‘lib, mamlakatimizning tashqi savdo aloqalarida ikkinchi o‘rinni egallaydi. 2010-yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi hajmi 1965,0 million AQSh dollarini tashkil etdi. Shu jumladan, eksport
- 547,8 million AQSh dollari, import - 1418,0 million AQSh dollaridan iborat bo‘ladi. O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2009-yilgi ko‘rsatkich bilan qiyoslaganda, 1,2 foizga o‘sdi. YI O‘zbеkistonning muhim savdo-iqtisodiy shеriklaridan biri hisoblanadi. O‘zbеkiston Rеspublikasi va YI mamlakatlari o‘rtasidagi tovar ayirboshlashning o‘sishi ko‘rsatkichlari savdo-iqtisodiy munosabatlarning muvaffaqiyatli rivojlanayotganligidan guvohlik bеradi. 2013-yil yakunlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi hajmi 2 435,7 million AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lib, eksport - 980,4 million AQSH dollari, import- 1 455,3 AQSH dollaridan iborat bo‘ldi. O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2010-yilgi ko‘rsatgich bilan qiyoslaganda, 19,3 foizga o‘sgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |