Kafedra mudiri ______________ A.E.Parmonov
Fanning ishchi o’quv dasturi “Kasb ta’limi” fakultet kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2013 yil ___ iyundagi ___-sonli bayonnoma).
Fakultet kengashi raisi ______________ Ya.U.Ismadiyarov
Kelishildi: O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i
______________ Z.Jaloliddinov
Ishchi o`quv dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashida ko’rib chiqilgan va tasdiqlangan.
2013 yil “__” _______ dagi __ -sonli majlis bayoni
I. Kirish
«Materialshunoslik» fanining asosiy maqsadi sanoatda olinadigan va ishlatiladigan tabiiy va ximiyaviy tolalar, iplar va kalava iplar, to’qimachilik maxsulotlari: gazlamalar, noto’qima gazlamalar, gilam, galanteriya, trikotaj va boshqa maxsulotlarni olinishi, tuzilishi, xossalari va ishlatilishini o’rganishdan iborat. Fanni o’qitishdan maqsad bo’lajak kasb ta’limi ixtsosliklarini tikuvchilikda ishlatiladigan maxsulotlarning turlarini, ularning sifatiga qo’yiladigan talablarni, maxsulotlarning sifat ko’rsatgichlarini aniqlash usullarini va asbob uskunalarini, hamda shu uskunalarga qo’yiladigan talablarni, ta’lim olish jarayonida olingan bilimlarni amaliyotda qo’llay olish malakalarini shakllantirishdan iborat.
1.1. Fanining maqsadi va vazifalari:
Fanni o’qitishdan maqsad - bo’lajak kasb ta’limi o’qituvchilarining o’z kasbining moxir ustasi qilib tarbiyalash, ularni tikuvchilik sanoatida ishlatiladigan maxsulotlarni olinishini va ishlatilishini bilishdan iborat.
Fanning vazifasi - talabalarga tabiiy va ximiyaviy tolalarning olinishini, tuzilishini, ishlatilishini, iplarning, gazalamalarning va tayyor maxsulotlarning xossalarini va asosiy vazifalarini tamoyillarini o’rgatadi.
1.2. Fanni o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar.
“Materialshunoslik” fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- bu kurs bo’yicha talabalar bilimlari va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablar kuyidagilardan iborat: tolalarning tuzilishi, asosiy moddalari, iplarning tuzilishi, gazlamalarning to’qilishi va xossalari, maxsulotlarning geometrik, mexanik, fizik xossalari, standartlash va ballar tizimini bilishi kerak;
- tikuvchilik materiallarining va tolallarning tuzilishi hamda ularning xossalari, kichik mexanizasiya vositalari va ularning qo’llanilishi, iplarining turlari va ularni mo’ljallanishiga qarab tanlashni bilish va amalda qo’llay olish ko’nikmasiga ega bo’lishi kerak;
- maishiy tikuvchilik gazlamalarini tanlay olishi, mashina iplarini o’tkazish, naychaga o’rash va ularni almashtirish, iplarning tarangligini va bahyaqator oralig’ini rostlash, nosozliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo’yicha malakalarga ega bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |