2
MAJBURIY FANLAR
ONA TILI
1. Qaysi javobdagi so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan?
A) folokat, xayol B) shafqat, afg’on
C) sahiy, komolat D) saxifa, qishlog’
2. Qaysi javobda qo‘shimcha qo‘shilishi bilan bog‘liq
imloviy xatolik
mavjud?
A) Qadamingni o‘rinsiz tezlashdirsang, qoqilib yiqilishing mumkin.
B) Og‘izdan chiqquncha meniki, og‘izdan chiqqani elniki.
C) Kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo‘l.
D) O‘qituvchi turlicha bo‘lgan 5 ta gapni o‘qib eshittiradi.
3. Qaysi javobda qo’shib yozish bilan bog‘liq imloviy xatolik mavjud?
A) Laylakqor urib turgan bir kun edi.
B) U dastlab Yangiyo‘l tuman gazetasida musahhih bo‘lib isjilaydi.
C) Markaziyosiyoning erksevar, mard va jasur
xalqi dushmanga qarshi
mardonavor kurashdi.
D) Toshbag‘ir odamdan yaxshilik kutma.
4. Qaysi gapda vergul qo‘llash bog‘liq xatolik mavjud emas?
A) Onajonim balki, bir kun Men ham shoir bo‘larman.
B) Dam jahlim, dam kulgim, qistaydi.
C) Bulbulning maqomlari, kuylari to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiz emish...
D) Har birining oldiga mayiz, non,
bir choynakdan choy, qo‘yib
chiqdim.
5. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘z ko‘chma ma’noda
qo‘llangan?
A) qozonning qulog‘i B) baland bino
C) temir eshik D) choynakning burni
6. Qaysi javobda ot turkumi doirasida o‘zaro shakldoshlik hosil qila
oladigan so‘z berilgan?
A) qop B) nufuz C) mushak D) ruh
7. Qaysi javobda zid ma’noli so‘zlar juftligi berilgan?
A) bob – bop B) bosiq – vazmin
C) yaxshi – yomon D) suluv – go’zal
8. Qaysi javobda noto’g’ri izohlangan so’z mavjud?
A) astma – kelib chiqish sabablari turlicha bo‘lib, o‘tkir
rivojlangan
bo‘g‘ilish xurujlarining umumiy nomi (nafas siqishi).
B) lahza – ko‘z-ochib yumguncha o‘tgan vaqt
C) ekologiya – yuqumli kasalliklarning ma’lum hududda odatdagidan
ko’p tarqalishi
D) ekin – hosil olish uchun ekilgan, urug‘dan unib-o‘sgan o‘simlik
9. Qaysi javobdagi qattiq so‘zi ta’sirli, yomon ma’nolarida qo‘llangan?
A) Xalil pichoqni qattiq toshga urdi.
B) Edigeyning Sobitjonga qattiq gapirib
yubormagani sababi haqida
o‘ylab ko‘ring.
C) Dazmollanayotganda dazmol qattiq qizdirilmasligi kerak.
D) Xonadon eshigin qoqmagin qattiq.
10. Fe’lning ortirma nisbat shakli qatnashgan gapni toping.
A) O‘zlari ko‘rib shohidi bo‘lgan bir voqeani gapirib berishadi.
B) Mirzakarimboy o‘tiradigan mehmonxonaning derazasida chiroq
yarqirar edi.
C) Bir necha qo‘sh ho‘kiz, ot, omoch-bo‘yinturuqlar ham shular nomiga
yozdirildi.
D)
yuzi allaqanday yomon burushib, qizarib ketdi.
11. Qaysi javobda ot va sifat turkumiga oid juftlik berilgan?
A) kulgi – qayg’u B) supurgi – bugungi
C) chiroyli – lobar D) tirishqoq – qo’rqoq
12. Qaysi gapda taqlid so‘z mavjud emas?
A) Dupur-dupur ot keldi, Ko‘chaga qarang, kim keldi.
B) Hoy, Murod, nega indamaysan?
C) Namoz g‘azabi oshib, dag‘-dag‘ qaltiray boshladi.
D) Boshidagi toj yal-yal yonarmish.
13. Otli so‘z birikmasi berilgan javobni aniqlang.
A) kulib gapirmoq B) kuylashni to’xtatish
C) o’qilgan kitob D) do’stlarni uchratmoq
14. To’ldiruvchi qatnashgan gapni toping.
A) Tig‘ yarasi bitadi, lekin til yarasi bitmaydi.
B) Yaxshi so‘z – jon ozig‘i, yomon so‘z – bosh qozig‘i.
C) Asaldan shirin, zahardan achchiq.
D) Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi.
15. Bog‘langan qo‘shma gap berilgan javobni toping.
A) O‘zingga do‘st tanla, chunki bir o‘zing baxtli bo‘lolmaysan.
B) Ro‘paradagi g‘orning bag‘ridan qora tutun ko‘tarildi va u yerdan
yo‘tal tovushi eshitildi.
C) Kimning qalbi pok bo‘lsa, u to‘g‘ri va baxtli hayot kechirishga haqli.
D) O‘z tilingni hurmat qil, u senga keng imkoniyatlar ochib beradi.