O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim


Ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish



Download 1,11 Mb.
bet76/139
Sana06.02.2022
Hajmi1,11 Mb.
#433723
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   139
Bog'liq
GF4nZhkCOAqWyKdoTbQ1Jk6hOl9PY18iIKcSATyj-converted

Ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish.


Shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatib kelingan. Bunday metod talabalarda mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish, tashabbuskorlikni so’ndiradi.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar (innovatsion pedagogik texnologiyalar)dan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko’tarishga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormokda. Innavatsion texnologiyalar qo’llanilgan mashg’ulotlar talabalar egallayotgan bilimlarni o’zlari qidirib topishlariga, mustakil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O’qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o’quv jarayonida talaba asosiy figuraga aylanadi.
Pedagog - olimlarning yillar davomida ta’lim tizimida quyidagi

savollariga javob izlash bilan bir qatorda qanday qilib samarali va natijali o’qitish mumkin degan savolga ham javob qidirdilar. Bu esa, pedagogika sohasi olim va amaliyotchilarini o’kuv jarayonini texnologiyalashtirishga, ya’ni o’qitishni ishlab-chikarishga oid aniq kafolatlangan natija beradigan texnologik jarayonga


aylantirishga urinib ko’rish mumkin, degan fikrga olib keldi. Bunday fikrning tug’ilishi pedagogika fanida pedagogik texnologiya yo’nalishini yuzaga keltirdi.
Bugungi kunda ta’lim muassasalarining o’quv-tarbiyaviy jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishga e’tibor berilayotganining asosiy sababi qo’yidagilardir:
Birinchidan, pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojintiruvchi ta’limni amalga oshirish imkoniyatining kengligida “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da rivojlatiruvchi ta’limni amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar o’quv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi.
Uchinchidan, pedagogik texnologiya o’qituvchini ta’lim-tarbiya jarayonining maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo’lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi.
To’rtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini qo’llashga asoslanganligi sababli, ularning qo’llanilishi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarini amalga oshirishni ta’minlaydi.
O’quv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to’g’ri joriy etilishi o’qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa talaba (yoki ta’lim oluvchi)dan ko’proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlatini talab etadi.
Har qanday pedagogik texnologiyaning o’kuv-tarbiya jarayonida qo’llanilishi shaxsiy xarakterdan kelib chiqqan holda, talabani kim o’qitayotganligi va o’kituvchi kimni o’kitayotganiga bog’liq.
Pedagogik texnologiya asosida o’tkazilgan mashg’ulotlar yoshlarning muhim xayotiy yutuq va muammolariga o’z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o’z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi.
Hozirgi davrda sodir bo’layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o’zlashtirish va o’zlashtirgan bilimlarini o’zlari tomonidan baholashga kodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustakil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak.
Shuning uchun ham, ta’lim muassasalarining o’quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o’qitish uslublari - interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta’limda ko’llanishiga oid bilimlar, tajriba talabalarni bilimli va etuk malakaga ega bo’lishlarini ta’minlaydi.

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish