O’qituvchining darsga qanday tayyorgarlik ko’rganligi tahlili. O’qituvchida darsning o’quv rejasi va mavzu bo’yicha turli ishlanmalarni,
turli didaktik tarqatma material va ko’rgazmali qurollarni mavjudligi.
O’qituvchining darsga tayyorgarligi bilan yuzaki (yoki darsning bir qismida) tanishib chiqilmaydi. Uning darsga tayyorgarligini butun mashg’ulot mobaynida kuzatish va tahlil etish lozim.
Darsning maqsad va vazifalarini qo’yilishi tahlili. Dars tahlilini bu qismida quyidagi savollarga javob beriladi: O’qituvchi darsga aniq maqsad qo’yadimi? Maqsadni qanchalik to’g’ri qo’yadi? Vazifalar belgilanadimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |