Tashkiliy ishlar tahlili. Mashg’ulot o’tkaziladigan o’quv xonasining darsga tayyorligi, talabalarning kayfiyati va sog’ligi, o’quv xonasi va stolining tozaligi, bo’r va namlangan lattaning borligi, ayrim sabablarga ko’ra darsda qatnashmayotgan talabalarning ism va shariflari yozilgan varaqchaning o’qituvchi
stoliga qo’yilishiga, shuningdek, o’qituvchining darsga hozirligiga va uning tashqi qiyofasiga ham e’tibor beriladi.
Didaktik (yoki ta’limiy) tahlil. Tahlilning bu turida mavzuning ilmiyligi va izchilligi, oddiydan murakkabga tomon yo’nalishi, ko’rgazmaliligi va berilayotgan bilim, yangi axborotlarning hayotiyligi, ularni jonli va ravon tilda ochib berilishi nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |