Statistika so‘zi davlat to‘g‘risidagi bilimlar, ma’lumotlarni ham anglatadi. Keyinchalik statistika deganda ijtimoiy - iqtisodiy hodisalarning turli tomonlarini ifodalaydigan ma’lumotlar tushunilgan.
Hozirgi vaqtga kelib “statistika” deganda ijtimoiy - iqtisodiy hodisalarni turli tomonlama o‘rganadigan mustaqil fan, iqtisodiy sektorlar bo‘yicha iqtisodiy ma’lumotlar to‘plovchi organ yoki tashkilot, «Statistika organlari”ini ijtimoiy - iqtisodiy hodisa, voqealarni ifodalovchi turli ma’lumotlar (raqamlar) bilan ta’minlash tushuniladi,
Hozirgi kunda statistika turli hodisalar va jarayonlarni miqdoriy hisoblash, maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish yoʻli bilan hayotning umumiy qonuniyatlarini oʻrganadigan ijtimoiy-iqtisodiy fanlar tarmogʻi sifatida tushuniladi.
Boshqa bir qarashlarda statistika biron bir hodisa yoki jarayon toʻgʻrisidagi jamlanma maʼlumotlar (koʻrsatkichlar) majmui (toʻplami)ni bildiradi. Statsitika murakkab va sertarmoq fanlar majmuidan iborat boʻlib, ijtimoiy-iqtisodiy hayotning xilma xil hodisalarini oʻrganadi va tahlil etadi.
Statistikaning asosiy boʻlimlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
1. Statistikaning umumiy nazariyasi - miqdoriy tahlilning umumiy tamo-yillari va usullarini oʻrganadi.
2. Iqtisodiy statistika - milliy iqtisodiyot koʻrsatkichlari tizimini, uning tarkibini, nisbatlarini, sektorlararo, tarmoqlararo aloqalar va boshqalarni oʻrganadi.
3. Iqtisodiyot tarmoqlari statistikasi — sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish, transport, aloqa statistikaларига boʻlinadi.
4. Demografik statistika - mehnat, aholi bandligi statistikasi.
5. Ijtimoiy statistika - aholi turmush tarzini tavsiflaydigan koʻrsatkichlar tizimini va ijtimoiy hayotning turli masalalarini oʻrganadi va h.k.
Ularning asosiy vazifasi milliy iqtisodiyot tarmoqlaridagi, jamiyat hayotining ayrim sohalaridagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tavsiflaydigan koʻrsatkichlar tizimini oʻrganish va ishonchli, ilmiy asoslangan maʼlumotlarni aks ettirishdan iborat.
Bu vazifalarni bajarish uchun statistika fanida yalpi statistik kuzatish, hodisalarning oʻziga xos tomonlari, xususiyatlari va ular oʻrtasidagi aloqalarni aks ettiradigan koʻrsatkichlar tizimlari, statistik guruhlash natijalari boʻlgan yigʻma va kombinatsiyalashgan jadvallar kabi vosita va usullar ishlab chiqilgan va amaliyotda qoʻllaniladi.
Statistikada oʻrtacha miqdorlar va indekslar kabi umumlashtiruvchi tavsiflar muhim rol oʻynaydi. Statistika usullari qoʻllaniladigan bir qator sohalar va shunga mos holda tibbiyot, sud, geologiya, sport va boshqa statistika tarmoqlari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |