Matematik va statistik tadqiqotlarning tutash joyida paydo boʻlgan matematik statistika statistika fanining alohida boʻlimini tashkil etadi. Matematik statistika statistik tadqiqotlarda statistik maʼlumotlarni toʻplash, ularni tizimga solish, ishlash hamda ulardan ilmiy va amaliy xulosalar chiqarish usullarini oʻrganadi.
Statistika milliy, mintaqaviy, xalqaro statistikaga boʻlinadi:
Milliy (umumdavlat) miqyosida statistik maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish yagona tamoyillar asosida, yagona dastur va uslubiyat boʻyicha davlat statistika organlari rahbarligida amalga oshiriladi.
Oʻzbekistonda mintaqaviy statistika va uning amaliyoti bilan Oʻzbekiston Respublikasi Statistika davlat qoʻmitasi va uning viloyat, shahar, tuman boshqarma (boʻlim)lari shugʻullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |