4. Ijtimoiy formatsiyalar nazariyasi.
K.Marksning asosiy ilmiy yutuqlaridan
biri shundan iboratki, u ijtimoiy-
iqtisodiy formatsiyalar, ularni tashkil etuvchi elementlar, formatsiyalarning almashuv
sabablari to’g’risida ta’limot yaratdi. U uch yirik (ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani)
ijtimoiy taraqqiyot bosqichini ko’rsatib berdi.
1. Arxaik (birlamchi) formatsiya: sinfiy jamiyatgacha bo’lgan jamoa.
2. Iqtisodiy (ikkilamchi) formatsiya: sinfiy jamiyat; xususiy
mulkchilikka asoslangan
antik, feodal va kapitalistik ishlab chiqarish usuli.
3. Kommunistik formatsiya: kishining kishi tomonidan zulm va ekspluatatsiya
qilinishi muammosini hal qiluvchi sinfsiz jamiyat.
K.Marks ta’limotiga ko’ra, bir formatsiyadan ikkinchisiga o’tish sotsial inqilob
orqali amalga oshadi, ya’ni «kapitalizm qobig’i portlaydi», eski ishlab chiqarish
munosabatlari emirilib, sotsial tizimning yangi iqtisodiy bazisi shakllanadi.
Agar industrial jamiyatning dastlabki bosqichlarida
kapitalistik munosabatlar
iqtisodiy o’sishni rag’batlantirsa, keyinchalik bu munosabatlar iqtisodiy o’sishning
«kishaniga»aylanadi, zamon talabiga javob bera olmaydi. Uning nazariyasiga ko’ra
kapitalizm halokatga yuz tutadi. Chunki u o’zining ichki ziddiyatlarini echishga qodir
emas.
Uningcha, kapitalizm o’rniga dolzarb muammolarni echa oladigan, sanoat
tsivilizatsiyasi yutuqlaridan unumli foydalanish imkonini beradigan yangi, ancha
takomillashgan jamiyat kelishi kerak. K.Marks
ortiqcha ishlab chiqarish, ishsizlik va
kambag’allikni stixiyali bozor iqtisodiyotining muqarrar hamrohi hisoblangan bo’lsa,
kelajakda bo’ladigan ancha takomillashgan iqtisodiyot esa, ijtimoiylik asosida tashkil
etilagan bo’lishi, yagona reja bo’yicha ishlashi kerak. Uning tasdiqlashicha bunday
jamiyatda «oldindan ongli tarzda tuzilgan reja bo’yicha ijtimoiy ishlab chiqarishni
amalga oshirish uchun imkon tug’iladi».
Shu narsani qayd qilib o’tish kerakki, kapitalizmning
muqarrar halokati
to’g’risidagi K.Marks dalillarida asosiy narsa jamiyatdagi sinflar o’rtasida
daromadlar taqsimotining bozor printsipi buzilganligida emas, balki bu tizimning
to’la ish bilan bandlikni ta’minlay olmasligi, mustamlakadagi ekspluatatsiyaga va
urishlarga bo’lgan moyilligi hisoblanadi. U, sotsializm va kommunizmni ijtimoiy
jihatdan
ideal hisobladi, ularni noantagonistik kommunistik jamiyatning fazalari deb
atadi. K.Marks nazariyasiga binoan, kommunizm – ishlab chiqarish vositalari bir
butun umumxalq mulki hisoblangan, jamiyatning barcha a’zolari ijtimoiy jihatdan
batamom teng bo’lgan sinfsiz tuzum.
Ammo K.Marksning sinfsiz jamiyat ideallari tantanasiga bo’lgan qat’iy
ishonchi,
eng avvalo, klassik iqtisodiy maktabning sinflar nazariyasiga asoslanadi. U
o’zini klassiklarning davomchisi hisoblagan holda, haqiqatan ham iqtisodiy o’sish
muammosi bilan, xususan, farovonlikning va daromadlarning o’sishi, hamda
daromadlarning mehnat, kapital va er egalari o’rtasida, ya’ni sinflar o’rtasida
taqsimlanish muammosi bilan shug’ullandi. Lekin uning sinflar nazariyasidagi
markaziy g’oya sinfiy kurash hisoblanadi. «Hozirga qadar o’tgan hamma jamiyatlar
103
tarixi, - deb yozadi K.Marks, – sinflar kurashi tarixidir. Hur va qul, patritsiy va
plebey,
pomeshchchik va krepostnoy, usta va xalfa, qisqasi zolim va mazlum
o’rtasida doim antagonizm bo’lib keldi; ular har doim goh yashirin, goh ochiq bir-
biriga qarshi kurash olib bordi; bu kurash har safar butun
jamiyatni inqilob asosda
boshqatdan qurish bilan yoxud kurashuvchi sinflarning umumiy halokati bilan
tugadi». Markscha, o’zining kuchayib borayotgan ziddiyatlari bilan kapitalistik
jamiyat ham istisno hisoblanmaydi: turmush darajasi muttasil pasayib
boryotgan sanoat ishchilari sinfi kapitalizm «go’rkoviga» aylanib boradi.
K.Marksning bashorati to’g’ri chiqmaganligini hayotning o’zi ko’rsatdi. Kapitalizm
yangi real hayotga moslasha bildi va ancha yuqori iqtisodiy o’sishni ta’minlay oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: