Ayirboshlash tenglamasi.
M. Fridmen kontseptsiyasi garchi o’ziga xosligi
bilan ajralib tursa ham, u
pulning miqdoriy nazariyaisga asoslanadi. Pulning miqdoriy nazariyasiga ko’ra, pul
miqdori bilan baholar darajasi o’rtasida bevosita bog’liqlik mavjud, baholar
muomaladagi pul miqdori bilan aniqlanadi, pulning sotib
olish qobiliyati esa baho
darajasiga bog’liq. Pul massasi ko’paysa baholar o’sadi, va aksincha, pul massasi
kamaysa
baholar pasayadi, ya’ni boshqa barcha sharoitlar bir xil bo’lganda
tovarlarning baholari pul miqdoriga mutanosib tarzda o’zgaradi.
Bir qancha o’rtacha hisob kitoblarga muvofiq, tovar aylanishini ta’minlovchi
naqd pul taxminan bir yillik daromadning o’ndan bir qismini tashkil etadi. Boshqacha
aytganda pul yiliga o’n marta aylanadi. Pul bir yilda 10
marta aylansa, unda misol
uchun 10 mln. so’mlik bir yillik daromadni (mahsulotni) sotish uchun muomalada 1
mln. so’m bo’lishi kerak. Agar muomaladagi pul miqdori 1 mln. so’mdan 2 mln.
so’mga ortsa, unda (boshqa shartlar o’zgarmagan holda) baholar ham ikki barobar
oshadi.
Ayirboshlash tenglamasi (uni I. Fisher tenglamasi deb atashadi)
monetarizmning asosiy tenglamasi hisoblanadi:
MV=PQ
bu erda M –
pul miqdori; V – muomaladagi pulning aylanish tezligi; R – baholar
darajasi; Q – ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning miqdori.
Tenglamaning chap tomonidagi MV jami ishlab chiqarilgan
boyliklarni sotib
olishga ketgan xaridorlarning umumiy sarflarini bildirsa, o’ng tomonidagi PQ esa
ushbu boyliklarni sotishdan tushgan sotuvchilarning umumiy daromadini bildirdi.
Agar MV bir yilda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarga
sarflangan umumiy
xarajatlar bo’lsa, unda u nominal sof milliy mahsulotga (SMM) teng bo’lishi kerak,
ya’ni SMM = PQ.
Ayirboshlash tenglamasi funktsional bog’liqliklarni ancha aniq tasavvur
etishga imkon beradi. Agar pul massasi ortsa yoki (R) baholar, yoki (Q) ishlab
chiqarish miqdori o’zgaradi.
Klassiklar muomaladagi pulning aylanish tezligi (V) ,
va ishlab chiqarilgan
mahsulotlar miqdori (Q) pul massasi (M) o’zgarishiga bog’liq bo’lmaydi deb
hisoblaganlar. Ularning fikriga ko’ra, ishlab chiqarishning real miqdori davlatning
mehnat resurslari holati bilan, ishlab chiqarish
quvvatlari bilan aniqlanadi, pulning
aylanish tezligi esa ishchilarga har yili to’lanadigan ish haqi miqdoriga o’xshash
omillar bilan ifodalanadi.
Monetaristlar juda ko’p amaliy materiallarga asoslangan holda (bu haqida
yuqorida aytib o’tildi) pul taklifi nominal SMM ishlab chiqarishda
hal qiluvchi omil
hisoblanadi, deb xulosa qiladilar. Pul massasi va sof milliy mahsulot o’rtasidagi
o’zaro o’zviy bog’liqlik, ularning qayd qilib o’tishicha, M dan nominal SMM
yo’nalishi tomon boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: