2. Monetarizmning asosiy qoidalari. Pul massasi va iqtisodiy tsikllar.
M. Fridmen kontseptsiyasini tasavvur qilish uchun, uning tarofdorlari u yoki
bu darajada qo’llab-quvvatlagan asosiy qoidalarni ko’rib chiqamiz.
Birinchi qoida – bozor xo’jaligining barqarorligini tan olish. Monetaristlar
fikricha, bozor iqtisodiyoti o’zining ichki xususiyatiga ko’ra barqarorlikka, o’zini
o’zi tartiblashga intiladi. Bozor raqobati tizimi mustahkam barqarorlikni ta’minlaydi.
Mabodo muvozanat buzilsa baholar uni tuzatishning bosh vositasi bo’lib xizmat
qiladi. Nomutonosibliklarning vujudga kelishi odatda ichki sababalar natijasida emas,
balki tashqaridan bo’ladigan arashuvlar, davlat tartiblashidagi xatalar natijasi
hisoblanadi.
Bozor xo’jaligining barqarorligi to’g’risidagi ushbu qoida J.M.Keynsning
iqtisodiyotiga davlat aralashuvining zarurligi to’g’risidagi tasdig’iga qarshi
qaratilgandir.
Ikkinchi qoida – pul omilining muhimligi. Iqtisodiyotga ta’sir ko’rsatuvchi
turli dastaklar ichida pul dastaklari ustun qo’yiladi. Aynan ular (ma’muriy, baho
uslublari emas, soliq tizimi emas) iqtisodiyotni a’lo darajada barqarorlashtirishga
qodir.
Agar J.M.Keyns byudjet siyosatini ancha aniq, tezkor va natijasini oldindan
bilish mumkin bo’lgan dastaklar sifatida baholagan bo’lsa, M.Fridmen undan farqli
ravishda, pul-kredit siyosatini ana shunday tavsiflaydi. Uningcha, (Keynsga
qaraganda), pul–kredit siyosati iqtisodiy faollikni ancha kuchaytiradi. U pulni ishlab
chiqarish, ish bilan bandlik va baholarni aniqlashda yagona bosh omil sifatida
qaraydi.
Pul – bu maxsus tovar; pulning asosiy xususiyati uning likvidligida. Pulni
xohlagan paytda almashtirish, unga har qanday tovarni sotib olish mumkin. Pul
maxsus funktsiyani amalga oshiradi, tartiblash, barqarorlashtirish rolini bajarishga
qodir. U iqtisodiyotga pulni ishlab chiqaruvchi va moliya siyosatini shakllantiruvchi
bank tizimi, institutsional tuzilmalar orqali ta’sir ko’rsatadi. Pul bahoga, ist’emolga
bo’lgan talabga, xarajatlar darajasiga, ishlab chiqarish hajmiga va tuzilishiga ta’sir
ko’rsatadi. M. Fridmen pul harakati (pul massasining o’sish sur’ati) va yalpi ichki
mahsulot o’rtasida o’zaro chambarchas bog’liqlik amal qilishiga asoslanadi. Pul
massasining o’sish sur’atining tezlashuvi yoki sekinlashuvi faol ish yuritishda, ishlab
chiqarishning tsikli tebranishida aks etiladi.
Uchinchi qoida – tartiblash joriy vazifalarga emas, balki o’zoq muddatli
vazifalarga mo’ljalangan bo’lishi kerak. Gap shundaki, pul massasidagi o’zgarishlar
natijasi asosiy iqtisodiy parametrlarda birdan aks ettirilmaydi, balki biroz vaqtdan
keyin ta’siri bilinadi. Odatda lag (vaqtincha o’zilish) bir necha oyni tashkil etadi. U
shu narsani bildiradiki, pul massasidagi o’zgarishlar yalpi ichki mahsulotga birdan
emas, balki bir oz vaqtdan (oydan) keyin ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun pul siyosati
joriy tartibdagi samaraga va qisqa muddatli o’zgarishlarga muljallangan bo’lmay,
balki o’zoq muddatli xarakterga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |