motivlarga asoslanadi. Investitsiyalarning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni
tadqiqot qilish shu narsani ko’rsattiki, ular eng avvalo ko’riladigan
foydaga va ssuda
foizi normasiga bog’liq bo’ladi (kutiladigan daromad qancha yuqori va foiz stavkasi
qancha past bo’lsa, kredit olish va investitsiya hajmini ko’paytirish shuncha foydali).
Bundan tashqari, investitsiyalar o’z tabiatiga ko’ra barqaror bo’lmaydi, negaki
tadbirkorlar bo’lajak kon’yukturani oldindan ko’rib bilishga
qodir emas va qaror
qabul qilishda taxminiy axborotlarga qarab mo’ljal qiladilar. Ishlab chikarishning har
bir darajasiga uning o’z iste’mol va jamg’arma darajasi muvofiq keladi. Bundan
tashqari, milliy daromad miqdori qancha ko’p bo’lsa, uning jamg’ariladigan qismi
ham mutlaq ham nisbiy ifodasi jihatdan shuncha ko’p bo’ladi.
Lekin barcha mahsulot
realizatsiya qilinishi uchun, jamiyatning jami xarajatlari milliy daromadga teng
bo’lishi kerak, boshqacha aytganda – barcha jamg’arma investitsiyalarga aylanishi
kerak. Demak, to’la ish bilan bandlikni ta’minlovchi yuqori ishlab
chiqarish darajasi
juda katta miqdorda kapital qo’yilmasini talab qiladi.
J.M.Keynsning «investitsiyalar o’z jamg’armalarini hosil qiladi», degan
mashhur qoidasiga muvofiq, agar investitsiyalar hajmi jamg’armalar hajmidan ortiq
bo’lsa, u holda yalpi talab taklifdan ortiqdir va milliy daromad o’sish
tamoyiliga ega
bo’ladi. Agar investitsiyalar jamg’armalardan kam bo’lsa, u holda yalpi talab
taklifdan kamdir va daromad kamaya boradi. Va nihoyat, agar investitsiyalar
jamg’armalarga teng bo’lsa, yalpi talab taklifga teng
va milliy daromad darajasi
o’zgarmay qoladi (Pezenti A.Ocherki politicheskoy ekonomii kapitalizma. V 2-x t.:
Per. s italyanskogo. M.: «Progress», 1976, 628-629 s.).
J.M.Keyns bo’yicha, jamg’arma va investitsiyalar, yangi klassiklar
hisoblaganlaridek, moliya bozorida avtomatik tarzda tenglashmaydi. Shunday
vaziyatlar
yuzaga keladiki, jamg’armalar ko’payganda investorlar investitsion
xarajatlarni amalga oshirishni xohlamasliklari mumkin. Bunday sharoitda jamg’arma
va investitsiyalar o’rtasida tenglik o’rnatiladi, lekin ancha past darajada. Moliya
bozorida muvozanat nuqtasi to’la ish bilan bandlikka muvofiq keladigan nuqtaga mos
tushmasligi mumkin.
Shunday qilib, S va I tenglashuvi milliy daromadning tebranishi
orqali yuz beradi. J.M.Keyns modelida investitsiyalar daromad darajasiga
moslashmaydi, balki daromad va jamg’armalar darajasi investitsiya hajmiga
moslashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: