Shifobaxsh massaj
Massaj qo`l yoki apparat yordamida amalga oshiriladi. Qo`l bilan massaj qilinganda quyidagilarga e`tibor beriladi, qo`l har doim limfa oqimi bilan yaqin yotgan limfatugunlari tomon harakat qiladi. Qo`l bilan massaj qilinganda quyidagi usullar qo`llaniladi:
-silash;
-siqib chiqarish (qon tomirlardagi qon haydaladi);
-yumshatish (bo`yin, orqa, qo`l, qorin, sonning oldingi yuzasi, dumba mushagi, boldir);
-surtish (ko`krak qafasi, orqa, hamma bo`g’imlar);
-tebratish.
Massaj doim silash bilan boshlanadi va silash bilan tugatiladi, bundan tashqari har bir usuldan so`ng silash o`tkaziladi. Qo`l yordami bilan quyidagi massajlar amalga oshiriladi: klassik, segmentar-reflektor va nuqtali. Klsssik massajda odam tanasi bir necha qismlarga bo`linib massaj qilinadi, ya`ni qo`l, oyoq, qorin va h.z(1 birlik 10 minut). Segmentar-reflektor massajda ta`sir ma`lum segmentlarga ko`rsatiladi, masalan: yoqa sohasi, bo`yin-ensa sohasi, yuqori ko`krak sohasi va h.z., ya`ni ichki organlar-ning nerv sistemasi tomonidan inervatsiyasiga bog’liq holda amalga oshiri-ladi. Nuqtali massajda odam tanasidagi
ma`lum nuqtalar massaj qilinadi, ya`ni biologik aktiv nuqtalar. Bunda massaj ko`rsatkich yoki uchinchi barmoq bilan o`tkaziladi.
Apparat bilan massajga taalluqli:
-gidromassaj;
-vibriomassaj;
-pnevmomassaj;
-baromassaj;
-vakuum massaj.
Vakuum massaj asosan o`pka, nafas yo`llari kasalliklarida, osteoxon-drozda qo`llaniladi. Tananing tuzilishiga va teri osti yog’ qatlamining rivojlanishiga qarab yoki unga bog’liq holda vakuum massaj tibbiy bankalar yoki 200 ml, 500 mlli bankalar yordamida o`tkaziladi. Bunda bemor kushetkaga shunday yotishi kerakki, uning orqasi tekis bo`lishi shart. SHundan so`ng orqa maz’ bilan surtiladi va banka orqaga vakuum hosil qilgan holda qo`yiladi. Vakuum massaj o`tkazilganda quyidagilarga amal qilinishi kerak, ya`ni banka aylanma holida sekin harakat qildiriladi yoki ilon izi holida harakat qildiriladi, masalan: zotiljamda, bronxial astmada, bronxitda va h.z. Osteoxondrozda bankalar paravertebral soha bo`yicha to`g’ri chiziqli harakat qildiriladi.
Massaj organizmga trofik, mexanik, neyroendokrin, reflektor va neyrogumoral ta`sir ko`rsatadi. Bu ta`sir mexanizmlari natijasida fizio-logik ta`sirlar yuzaga keladi, ya`ni terining funktsiyasini yaxshilaydi, qon va limfa aylanishini, modda almashinuvini, asab sistemasining qo`zg’atuv-chanligining pasayishini oshiradi, tashqi nafas funktsiyasini yaxshilaydi, mushak va bo`g’imlarni mustahkamlaydi va h.z.
Do'stlaringiz bilan baham: |