Massajga qarshi ko`rsatmalar: teri butunligining buzilishi, piodermiya, dermatitlar, ekzema, angiomalar, haroratli holat va h.z.
Mehnat bilan davolash. Bemorning emotsional ruhiy holatlariga oid savollarni xal qilish uchun qo`llaniladi. Mehnat bilan davolash shifoxona va uy sharoitlarida olib boriladi. SHifoxonada, ayniqsa asab kasalliklari, travmatologiya, revmatologiya va boshqa bo`limlarda muhim ahamiyatga ega. Asab kasalliklari bo`limida bemorlarning o`ziga-o`zi xizmatini tiklash, travmatologiyada – mehnat stendlaridan foydalanib, bemorni hayot faoliyatida zarur mehnat-larga o`rgatish. Uy sharoitida meva va sabzavotlarni tozalash, hamirli ovqat qilish, tugish, bichish mashqlari, bog’ va polizlarda me`yorli ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |