O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga qo`yilgan gigienik talablar



Download 1,7 Mb.
bet208/261
Sana06.09.2021
Hajmi1,7 Mb.
#166904
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   261
Bog'liq
jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari

Jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga qo`yilgan gigienik talablar


Sportchilar tayyorlashning asosiy turi bo`lgan sport trinirovkasi jismoniy mashqlar bilan muntazam ravishda shu g’ullanishni taqazo etadi. Bu esa organizmning funktsional imkoniyatlarini va qobiliyatlarini takomillashtiradi. Trnenirovka davrida organizmning yuqori sport ko`rsatkichlariga erishishiga qaratilgan umumiy va ixtisoslashgan takomillashuvining murakkab masalalari xal etiladi.Shu bilan bir qatorda sport trinirovkasi davlat jismoniy tarbiya sistemasining xar qanday tarkibiy qismi kabi so g’lomlashtirishga so g’liqni va jismoniy rivojlanishni yaxshilash, tashqi muxit taasurotlariga organizmning qarshiligini oshirishga qaratilgan bo`lishi kerak.

Sport va sog’lomlashtirishni qo`shib olib borish uchun xar qanday sport turida trenirovka sistemasi yaxshi ishlab chiqilgan bo`lishi kerak, mash g’ulotlar va musobaqalarni tashkil qilish gigiena qoidalariga to`la javob berishi kerak. SHunday qilib gigiena qoidalarini amalda qo`llamasdan turib sport trenirovkasi yordamida so g’liqni mustaxkamlash va yuqori sport ko`rsatkichlariga erishish mumkin emas. Bundan tashqari so g’liqqa zarar yetkazish va sport ko`rsatkichlarining pasayib ketish xollari ro`y berishi ham mumkin.

Gigiena masalalari sport trenirovkasining umumiy: pedagoglar, psixologlar, fiziologlar tomonidan ishlab chiqilgan masalalari bilan bog’liqdir. Shuning uchun sport trenirovkasining gigienik jixatdan ta’minlanishi masalasining muvafaqqiyatli xal qilinishiga faqat barcha ilmiy tavsiyalarning yig’indisini xisobga olgandagina erishish mumkin. Trenirovkani tashkil qilishda ilgari aytib o`tilganidek sportsmenlarning shaxsiy xususiyatlarini o`rganish zarur shart bo`lib xizmat qiladi.

Bu gruppalarni yangilar va kichik razryadli sportchilar xisobiga to`ldirib borishda juda ham zarurdir. Yuqori razryadli sportchilar shaxsiy reja asosida trenirovka qiladilar ya’ni ko`p mashq qilgan sari jismoniy mashq oz kuch ishlatib bajariladi, xarakatlarning avtomatik ravishda bajarish malakasi xosil bo`ladi. Natijada jismoniy yuklamani oshirishga va mashqlarni murakkablashtirishga erishiladi.

Yosh xususiyatini xisobga olish birinchi darajali gigienik ahamiyatga ega. Xar bir yoshdagi odamning o`ziga xos ma’lum funktsional imkoniyatlari bo`ladi. Bu imkoniyatlar sportning ma’lum turini va yo`l qo`ysa bo`ladigan jismoniy yuklamani tanlashni ta’minlaydi. Bunda iloji boricha shu yoshdagi odam uchun sog’lomlashtirish natijalarini oshirishni ko`zda tutish kerak. O`quv trenirovka jarayonini tuzishda asosiy gigienik printsiplar quyidagilar:


    1. Trenirovka darslarni muntazam olib borish va jismoniy mashqlarni qayta- qayta bajarish;

    2. Jismoniy yuklamani to`xtovsiz oshirib borish; 3.Dam olish va ishlashni almashtirib olib borish; 4.Xar tomonlama jismoniy tayyorgarlik ko`rish.

Muskul ishining muntazam qaytaralib turishi va yuklamaning sekin asta oshirib borilishi, nerv, nafas olish, yurak tomir muskul tizimlarini ishlashga ko`niktirib boradi va organizmning umumiy ish qobiliyatini yaxshilaydi. Bu qoidaning buzilishi (masalan: sport trenirovkasining boshlang’ich davrida katta jismoniy yuklamani qabul qilish) organizmning toliqishiga olib kelishi mumkin, trenirovkada xoldan toyib qolish va jaroxatlarning sababchisi bo`lishi mumkin. Agar ma’lum sababga ko`ra majburiy tanaffus qilishga to`g’ri kelgan bo`lsa, trenirovkada darslarni qaytadan engil yuklamadan boshlash, ya’ni dam olishdan oldingi mashqlardan engilroq yuklamadan boshlash kerak.

Xar qanday trenirovka mashg’ulotlarining rejasi trenirovkaning qaysi davrida bo`lmasin, yuqorida ko`rsatib o`tilgan gigienik printsiplar asosida tuzilishi kerak. Trenirovka shunday tuzilgan bo`lishi kerakki, bunda organizmga ko`p og’irlik tushmasligi, kuchsizlanib qolish, shikastlanish xavfi bo`lmasligi kerak.



Trenirovkadan avval albatta organizmni qizitib olish. Jismoniy mashqlar kompleksini bajarish kerak. Chunki, u organizmni asosiy ishga tayyorlaydi. Bu fiziologik sistemalar: nerv, yurak qon-tomir, nafas va muskul bog’lov apparati funktsiyasini kuchaytiradi. Qizishib olishning asosiy vazifasi, nafas olish funktsiyasi, qon aylanishi va xarakatni maksimal muskul faoliyatida tartibga solib turishdir. Muskullar temperaturasining oshishi katta gigienik ahamiyatga ega. Bu esa muskullarning yopishqoqligini kamaytiradi va ular katta tezlikda qisqarish qobiliyatiga ega bo`ladi. Boylam va bo`g’imlar "Qizishib oladilar", bu muskullarning cho`zilishi va uzilishini oldini oladi, ayniqsa sovuq kunlarda trenirovkalar o`tkazilishida bunga aloxida e’tibor berish kerak. Jismoniy mashg’ulotlarni gigienik sharoitlar bilan ta’minlovchi tadbirlar orasida jismoniy tarbiya va sportning xar-xil turlari bilan shug’ullanuvchilar bir-xil bo`lib, ko`plari umumiy xarakterga egadir. Tabiiyki trenirovkani tashkil qilishning gigienik printsipi mashg’ulotlarning tuzilishiga bo`lgan ko`rsatmalar, kun tartibi, chiniqish va boshqa ixtisosliklarga qaramasdan xar bir sportchiga taaluqlidir. SHaxsiy gigiena qoidalari tanani parvarishlash borasida bir qator umumiy qoidalarga ega.

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish