O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Suzish bilan shug’ullanish gigienasi



Download 1,7 Mb.
bet237/261
Sana06.09.2021
Hajmi1,7 Mb.
#166904
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   261
Bog'liq
jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari

Suzish bilan shug’ullanish gigienasi


Suzish-sportning eng ko`p tarqalgan turlaridan biri bo`lib, turli sport ixtisoslariga bulinadi.bunday ixtisoslarni organizmga ko`rsata-digan umumiy ta’siriga karab: kuprok anaerobik - glikolitik yo`nalishda bo`lgan guruh (masofasi 100 va 200m.), aralash aerobik-anaerobik yo`na-lishdagi guruh (400m.), ko`proq aerobik yo`nalishda bo`lgan guruh (1500 m.) deb uchta guruhga ajratish mumkin.

Suzish mashqlari suv muhitida, gavdaning gorizontal tutilgan holatida o`tkazilganidan u organizmga sportning boshqa turlariga qaraganda o`ziga xos ta’sir ko`rsatadi. Suv havoga qaraganda issiqlikni ko`proq o`tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo`lganligi uchun organzmdan issiq-lik ajralib chiqishini ko`praytiradi va shu yo`l bilan energiya sarfini ham oshiradi.

Gavdaning gorizantal holatda bo`lishi yurak-tomir tizimidagi vena qismi gemodinamikasining yaxshilanishiga yordam beradi, gavdaning quyi qismidan vena qon tomirlari bo`ylab qon harakatini Engillashtiradi. O`pka ventilyatsiyasining ishi qiyinlashadi, chunki havoni suvga chiqari-ladi. Bu qo`shimcha qarshilikni vujudga keltiradi, nafas olish esa nisba-tan qisqa vaqt ichida, ya’ni suzuvchining sinxron harakatida uning uchun ajratilgan juda qisqa vaqt ichida amalga oshirilishi kerak. SHuning uchun suzuvchilarning nafas olishi va nafas chiqarishi yuksak darajadagi quvvatga ega bo`lmog’i kerak.

Jahon guruhidagi suzuvchi-staerlarning aerobik quvvati nihoyatda yuqori bo`lishi va sportning boshqa staer turlaridagi darajada (70 ml./min/ kg. dan yuqori) ga muvofiq kelmog’i kerak. Qisqa va o`rtacha masofalarga suzuvchilarda aerobik quvvat darajasi 60-70 ml./ min/ kg. dan past bo`lmasligi kerak.

Kasalliklarning haddan tashqari zo`riqishlari va jarohatlarning oldini olishga kelganda shuni aytish kerakki, suzuvchilarda yuqori nafas olish yo`llarining surunkali kasalliklari: tonzillitlar (bodomsimon bezlarning yallig’lanishi), gaymoritlar (og’iz bo`shlig’i tanglay qismining yallig’lanishi), faringitlar (tomoqning yallig’lanishi), rinitlar (shamollash), otitlar (quloq shamolashi) singari kasalliklar nisbatan tez-tez uchrab turadi. Bu butun gavdaning hamda tomoq- burun yo`llarining uzoq muddat sovuq suvda bo`lishi, nafas yo`llariga, o`rta

quloqqa suv kirib qolishi va uning sovib ketishi bilan bog’liqdir. Konyunktivlar (ko`z shilliq pardasining yallig’lanishi) suvdagi xlor ta’sirining natijasidir.

Bunday kasaliklarni oldini olish uchun ularni vaqtida diagnostika qilish hamda endi boshlanib kelayotgan kasallikni qat’iyat bilan davolash zarur. Organizmni chiniqtirish (havo vanalari, kontrast dushlar qabul qilish, tomoq- burun yo`llarini chiniqtiradigan mahsus muolajalar o`tkazish ya’ni sovuq suv ichishga o`rganish, tomoqni sovuq suv bilan «g’ar-g’ara qilib» chayish, tomoq- burun yo`llarini sovuq suv bilan yuvish lozim; tomoq-burun yo`llariga kvarts quyish (tubus-kvarts qilish, kechasi uyquga yotishdan oldin oyoqlarni sovuq suv bilan yuvish) kerak. Ochiq havoda mashg’ulotlar zish-ob-havo iliq-issiq bo`lganda krosslar, eshkak eshish, velosiped uchish bilan shug’ullanish; qishda konki, chang’i uchish mashq-larini havoda, quyoshda chiniqish mashqlari bilan qo`shib bajarish tavsiya etiladi.

Kasallikning dastlabki belgilari paydo bo`lgan vaqtda hamda profilaktika maqsadlarida mineral suv bilan ekvalit (eritmasi, qaynatmasi) bilan, o`simlik (o`rik, shaftoli) yog’i bilan ingalatsiya qilish yaxshi samara beradi. Suvda uzoq muddat mashg’ulot qilingan vaqtlarda quruqlikka chiqqandan keyin faol dam olishni tashkil etish, intervallar orasida gavdani qizdirish bilan (jundan tikilgan mashg’ulot kostumi, jun paypoq va tufayli kiyib) bog’liq bo`lgan tadbirlarni o`tkazish maqsadida muvofiqdir. Mashg’ulotdan keyin vannaga tushib iliq dushda badanni isitiladi.

Basseyidagi xlor qoladig’ini eng kichik norma chegarasi qadar kamaytirish maqsadga muvofiqdir. Konyunktivlarning profilaktikasi uchun suzuvchilar mahsus ko`zoynak taqib oladilar.

Suvga skrash mashqi bilan shug’ullanuvchilarda ko`proq umurtqa pog’onasi bilan bog’liq bo`lgan o`zgarishlar aniqlanadi- ularda osteoxondrozlar, spondilezlar va boshqalar uchrab turadi. Bunday kasalliklarni profilaktika qilish uchun avvalo, suvga sakrash mashg’ulotlariga qo`yila-digan kishilarni yaxshilab tanlab olish kerak, ularning umurtqa pog’onalarida kasallik bo`lmasligi kerak; mushaklar korset funktsiyasini ta’min etish uchun ularni mustahkamlovchi mashqlar bajarish lozim; mashg’ulot va musobaqalar oldidan effektiv tarzda quruqlikda razminka o`tkazish, uning tarkibiga egiluvchanlik bukiluvchanlik bilan bog’liq bo`lgan (cho`zilish) mashqlarini kiritish kerak. Suvga sakrovchi sportchi-larda ancha og’ir jarohatlar bo`lib turadi. Bu jarohatlar suvga sakraladigan vishka, tramplinlarga urilib ketish, suvga noto`g’ri tushib qolish va suvdan noto`g’ri chiqish bilan bog’liq bo`ladi. Buning profilaktikasi, asosan sportchilarning jismoniy tayyorgarlik texnikasini takomillashtirishdan iboratdir.

Sportchilar ovqatning tarkibi 65-70 kkal/kg.dan iborat bo`lishi hamda umumiy gigienik talablarga muvofiq kelishi kerak.


Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish