O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Engil atletika bilan shug’ullanish gigienasi



Download 1,7 Mb.
bet234/261
Sana06.09.2021
Hajmi1,7 Mb.
#166904
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   261
Bog'liq
jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari

Engil atletika bilan shug’ullanish gigienasi


Engil atletika organimzga ta’sir etishi va tuzilmasi jihatdan turlicha bo`lgan jismoniy mashqlarni o`z ichiga oladi. Ularni ikki asosiy gruppaga bo`lish mumkin: umumiy chidamlilikni talab qiladigan aerobik yo`nalishdagi mashqlar (staer, marafon yugurishi, sportcha yurish); ko`proq tezlik-kuch sifatlarini talab qiladigan anaerob yo`nalishdagi mashqlar (sprint, irg’itish, sakrash) o`rtacha masofalarga yugurish mashqlari oraliqdagi o`rinni egallaydi hamda uning qaerda kelishi aerobik, shuningdek, anaerobik jixatdan mashqning qay darajada ta’min etilishiga bog’liq bo`ladi.

Engil atletika juda ko`p sonli sport ixtisoslashtirishlarga egadir. Olimpiya medallarining eng ko`p miqdordagi qismi ham sportning mana shu turida qatnashgan kishilar uchun mo`ljallangan bo`ladi: u sog’lomlash-tiruvchi jismoniy vositasi sifatida ham etakchi rol o`ynaydi: ommaviy sportda ham, katta sportda ham sportchilarning eng ko`p qismi Engil atletika bilan shug’ullanadi.

Engil atletika mashqlari jismoniy bo`yicha maktab dasturida, katta o`rinni egallaydi. Sprinterlar, sakrovchilar, yadro irg’ituvchi-granata uloqtiruvchi sportchilar, ko`p kurashchilar mashg’ulotning tayyorgarlik qismida bo`lg’usi tezlik-kuch talab qiladigan mashqlarga, eng ko`p (kuch-g’ayrat sarflash momentidagi) yuklama muskullarga pay va paychalarga tushib, ular (uzilish xavfi ostida qolgan) og’ir sinovdan o`tadigan damlarga tayyorgarlik ko`rib, buning uchun bo`g’im apparatini yaxshiroq tayyorlashga alohida e’tibor berishlari kerak.

Sprinterlar va sakrovchilarda et uzilishi, muskullar pay va paychalarining zo`riqishi bel va boldir paylari (axilles paylari) hamda boldir suyagi bilan tovon suyagini biriktiruvchi bo`g’imlarning lat eyishi, mayib bo`lishi singari hollar tez- tez uchrab turadi: balandlikka sakrovchilarda ko`pincha mushaklarning cho`zilishi, boldir paychalarining va tizza bo`g’imlarining lat eyishi, umurtqa pog’onasining bo`yin va bel bilan tutash qismlarining mayib bo`lishi singari hodisalar bo`lib turadi. Uzoq masofaga yuguruvchilar uchun, mikrotravmatizatsiya va haddan tashqar toliqish natijasida sodir bo`ladigan muskul mashaklarining oyoq usti va boldir paylarining jaroxatlanishi ko`p uchraydigan tipik holdir: granta otish, disk uloqtirish singari sport turlari bilan shug’ullanuvchilarda mushakning ko`rinishi va et uzilish, qo`l bo`g’im-larining pay-paycha apparatlari hamda bel mushaklari shikastlanishi singari hodisalar uchrab turadi.

Mashg’ulotning muayyan shart-sharoitlari ham salomatlikka salbiy ta’sir ko`rsatish kuzatilgan. CHunonchi, qattiq yo`l bo`ylab (masalan, asfalt bo`ylab) uzoq masofaga yugurish tayanch-harakat apparatiga salbiy ta’sir ko`rsatadi. Ayrim sportchilarda qon aralash siyish hollari kuzatilgan, buni eritrotsitlarnng mexanik tarzda jarohatlanishi bilan bog’liq, deb hisoblaydilar. Tovonlar, tovon-to`piq bo`g’imlari jarohatlanishi boldir suyagi ustidagi parda suyak-pardalarning yallig’lanishi uchrab turadi. Bunday hollarning oldini olish uchun trenirovkalarga zarur bo`lgan tegishli shart-sharoitlar ta’min etilishi hamda tegishli kuch-quvvatni tiklash va davolash tadbirlari o`tkazilishi kerak.

Marafon yugurishi bilan shug’ullanuvchi kishilar nisbatan ko`proq yassitovonlikka chalinib turadilar. Buning oldini olish uchun oyoq yuzini, tovon- to`piqlarni mustahkamlovchi maxsus mashqlarni qo`llanish, ortopedik poyabzal kiyib yurish, yugurish tuflilari ichiga supinatorlik stelkalar qo`yib kiyish singari tadbirlardan foydalanish kerak. SHu maqsadda cho`zilish mashqlari, ko`p marta sakrash, asosiy mashqlarning ayrim elementlarini imitatsiya qilish va bajarish, sekin yugurish (YUKZ har minutda 120-140 zarbaga teng) mashqlari bajariladi.

Ertalabki zaryadka mashqlari asosiy trenirovkaga yaxshiroq tayyor-garlik ko`rishga yordam beruvchi kam yuklamali umumiy, jismoniy tayyorgarlik bo`yicha mashg’ulotlar tipidagi mashqlar bo`yicha o`tkaziladi. Hujayralarda modda almashuv jarayonlarini kuchaytirish va yurak-tomir tizimini mashqlarga tayyorlash uchun (mashg’ulotning tayyorgarlik qismida kamida 10 daqiqa davom etadigan yugurish) yaxshigina aerobik razminka muhim ahamiyatga egadir.

Engil atletikaning (ko`p kurashdan tashqari) har bir turi nisbatan tor, muayyan bir yo`nalishga qaratilgan bo`lib, asosan, bir mushak guruhi-ning ishtiroki bilan ko`proq bitta harakat sifatini yaqqol rivojlan-tirishni talab qiladi. SHuning uchun xam Engil atletikachilar bilan (asosiy sifatdan tashqari) boshqa harakat sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan mashqlar o`tkazish zarur. SHuningdek, bu mashqlar sport ixtisosidagi mashqlarni effektiv ravishda bajarish uchun hamda salomatlikni saqlash uchun zarur bo`lgan funktsional darajadagi barcha mushak guruhlarini rivojlantirish uchun xizmat qiladi.

Sakrovchilar, yuguruvchilar uchun qo`l mushagini, elka va gavda mushaklarini mustahkamlovchi mashqlar ana shunday etishmayotgan harakatlar o`rnini bosuvchi mashqlar hisoblanadi. Bu mashqlar gavda mushaklari-ning korset,

ya’ni tayanch funktsiyasini ta’minlash uchun hamda umurtqa pog’onasi jarohatlanishining oldini olish uchun zarurdir.

YAssitovonlikning oldini olish maqsadida tovon-to`piqlarini mustahkamlaydigan mashqlarni har bir trenirovka oldidan o`tkaziladigan ertalabki zaryadka va razminka mashqlari tarkibiga kiritish lozim. Kuch-quvvatni tiklovchi tadbirlar faol dam olish uchun bajariladigan maxsus mashqlardan, qisqa muddatli massajni hamda charchagan mushaklarni yozish uchun o`z-o`zini massaj qilish tadbirlaridan iborat bo`ladi; qisqa va o`rtacha masofaga yuguruvchilar, sakrovchilar, uloqtiruvchilar mashg’ulot mashqlari orasidagi intervallarda nuqtali massajdan foydalanishlari maqsadga muvofiqdir. Mashg’ulotlardan keyin massaj qilish, suv muola-jalari, fizioterapiya tadbirlari o`tkazilishi kerak.

YUguriladigan yo`lka maxsus modda bilan qoplanadi. U Engil, sal yumshoq modda bo`lishi, suv-namlikni tutib qolmasligi, chang ko`tarmasligi lozim, yo`lka ustida o`ydim-cho`nqir joylar bo`lmasligi, har xil predmetlar yo`lka ustida yotmasligi va u yugurgan vaqtda changimasligi uchun yugurish yo`lkasini doimiy ravishda tozalab, tekislab, supurib-sidirib turish lozim. YUgurish yo`lkasiga musobaqalar boshlanishidan uch soat oldin suv sepib qo`yiladi.

Stadionlarda ommaviy sport uchun mo`ljallangan yo`lkalar usti nisbatan ancha arzon material (garevo, koksogarevo, asfalt) bilan qoplanadi. Hozirgi zamon yirik stadionlarida yugurish yo`lkalari sintetik materiallar (tartan, rekortan) bilan qoplanmoqda. Bunday yo`lkalarni qurish arzonga tushadi hamda osonlik bilan supurib-sidi-riladi. Bunday yo`lkalarda mashg’ulot o`tkazilgan vaqtda yuguruvchilarning oyoqlari, tayanch-harakat apparatlari kamroq jarohatlanadi. YUgurish yo`lkasining har ikki tomoniga balandligi 3 sm. dan ortiq bo`lmagan yarim doira shaklida bortiq-chegara yasab qo`yiladi. Joylarda mashg’ulot qilish uchun mashqlarni park va o`rmon hiyobonlarida, tuproq yo`lkalarida, shahardan tashqaridagi yo`llarda o`tkazish yaxshi natija beradi.

Uzunlikka sakrash va uch hatlab sakrash uchun ajratiladigan joy yugurib kelish uchun yo`lkadan, itarilib-siltanib sakrash uchun joydan hamda sakrab tushiladigan chuqurchadan iborat bo`ladi. Itarilib-tayanib turib sakraladigan joyga yugurib kelingan yo`lka yuzasiga yog’och supacha (20 x 122 sm. kattalikda) o`rnatib qo`yiladi. Sakrab tushiladigan chuqurcha chetlariga erdan 5 sm. yuqoriga ko`tarilib turadigan yog’och devorcha qilinadi va ana shu devorcha bilan bab- baravar qum to`ldirilib qo`yiladi. CHuqurchadagi qum vaqti-vaqti bilan xaskashlab tekislab turiladi. Xaskashlar maxsus ajratilgan joylarda saqlanadi. CHuqurcha tevaragida va yugurish yo`lkasining chetlarida xavfsizlik zonasi uchun bir metrdan joy ajratib qo`yiladi.

Balandlikka sakrash uchun mo`ljllangan joy yugurib kelinadigan sektordan, orasiga planka ip tortilgan ustunchalardan hamda sakrab tushiladigan joydan iborat bo`ladi. Sakrab tushiladigan joy parolon yoki boshqa yumshoq sintetik material parchalaridan iborat bo`lib 0,5-0,75 m. qalinlikda yotqizilib chiqiladi. Sakrab tushiladigan joy atrofda 1,5 m. xavfsizlik zonasi ajratib quyiladi. SHest bilan sakraladigan joy yugurib kelish yo`lkasidan, planka tortilgan stoyka-ustunlardan, shestni tirab, unga tayanib ko`tariladigan joydan hamda sakrab tushish joyidan iborat bo`ladi. Bunda xavfsizlik zonasi - yo`lka atrofida 1 m., sakrab tushiladigan

joyda- 1,5 m., shest bilan tayanib sakraladigan joy oldida 5 m. bo`ladi. Barcha turdagi yugurish yo`laklarida yorug’lik darajasi-30 lk; tayanib, itarilib, sakrab ko`tariladigan va sakrab tushiladigan joylarda-50 lk; shest bilan sakralayotgan joylarda 6 m, balandlikdagi vertikal yorug’lik-50 lk, bo`lishi kerak.

Otish-uloqtirish uchun sektor snaryadlar stadionining uzun o`ki bo`ylab uchishi va uning qarama-qarshi tomonidan shunday uloqtirish mashqlari o`tkazilmasligi uchun stadionning faqat bir tomoniga joylashtiriladi. Molot uloqtirish, yadro irg’itish, disk otish uchun mo`ljallangan joylar ustiga qattiq material yotqizilgan doiradan iborat bo`ladi; molot va disk otish uchun ajratilgan doira sim to`r bilan o`rab qo`yiladi; har bir snaryad uchun snaryad tushish sektorlari belgilab chiqiladi; otish joyidagi yorug’lik 50 lk, snaryad tushadigan sektordagi yorug’lik-30 lk, bo`lishi kerak.

Usti yopiq Engil atletika stadionlari va manejlarida yugurish va yugurib kelib sakrash yo`laklari ustiga sintetik material qoplanadi; xonadagi harorat +14- 17*, nisbiy havo namligi - 30-60 %, havoning hara-kati soniyasiga 0,5 m. gacha bo`ladi.

Engil atletikachilarning kiyimi ip-gazlamadan yoki jundan to`qilgan trusi, mayka, shamoldan himoya qiluvchi mashg’ulot kostyumi va bosh kiyimidan iborat bo`ladi. Ob-havolar sharoitiga qarab, har bir mashg’ulotda kiyimlar almashtirib kiyilaveradi. Poyabzal-krosovka, kedilardir; sprinterlar va sakrovchilar tishli shippaklardan foydalanadilar; staerlar, marafonchilar, sporotcha yurish bilan shug’ullanuvchilar tagcharmi qalinlashtirilgan yumshoq elastik materialdan bo`lgan tufli kiyadilar, nayza otuvchilar tovon-to`piqlarni o`rab turadigan va tagcharmi tishli tuflilar kiyadilar. Havo sovuq bo`lgan paytlarda poyabzal ichiga namat pataklar qo`yilib, issiq jun paypoq bilan kiyiladi.

Engil atletikachilarning ovqatlanishi ular qanday sport turiga ix- tisoslashganliklarga bog’liq bo`ladi. Staerlar, marafonchilar va sportcha yurish bilan shug’ullanuvchilarda energiya sarfi ancha yuqori bo`ladi.. Ularning bir sutkalik ovqat ratsionidagi kaloriyalilik 70-76 kkal/kg, dan iborat bo`ladi. Sprinterlar va sakrovchilarda energiya sarfi nisbatan kamroq bo`ladi va ulardagi ratsion kaloriyasi 65-70 kkal/kg, iborat bo`ladi.




Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish