O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Tayanch iboralar va tushunchalar



Download 1,7 Mb.
bet203/261
Sana06.09.2021
Hajmi1,7 Mb.
#166904
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   261
Bog'liq
jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari

Tayanch iboralar va tushunchalar


  1. Umumiy gigienaning predmeti va vazifalari.

  2. Jismoniy tarbiya gigienasining predmeti va vazifalari.

  3. Sog’lik xolati tushunchasi.

  4. Salomatlikni saqlashda jismoniy tarbiya gigienasining ahamiyati.

  5. Sportchilar ish-qobilyatini tiklantiruvchi vositalar.

  6. Pedagogik tiklantiruvchi vositalar.

  7. Psixologik tiklantiruvchi vositalar.

  8. Tibbiy-biologik tiklantiruvchi vositalar.

  9. Biologik qiymati oshirilgan maxsulotlar.

Umumiy gigiena va jismoniy tarbiya gigienasining predmeti va vazifalari


Gigiena - bu salomatlik to`g’risida, uni saqlash mustaxkamlash hamda tevarak atrofdagi omillarning unga ko`rsatadigan zararli ta’sirini bartaraf etish vositalari va metodlari to`g’risidagi fandir. Gigiena iqlimni, mikroiqlimni, xavoning, suvning va tuproqning xolatini ovqatlanish sharoitlarini kiyim-kechak,

turar-joy, mexnat va dam olishga qo`yiladigan shartlarni, jismoniy tarbiya hamda sport mashg’ulotlari o`tkaziladigan shart-sharoitlarni va boshqa bir qancha masalalarni o`rganadi. Odamning mexnat, dam olish va sportdagi faoliyatlarini hammasini gigenik jixatdan ularni tartibga solib turiladi. Odam salomatligiga ta’sir ko`rsatadigan omillarni normallashtirib ya’ni ularning dozasini belgilab turish gigiena fanining asosiy maqsadi xisoblanadi. Gigienik normalar cheklab qo`yiladigan (masalan: xavoda, suvda, tuproqda zararli moddalarning yo`l quyishi mumkin bo`lgan miqdorini belgilash shaklida) yoki optimal xolatga keltirish (masalan: jismoniy yuklamalar ovqat ratsionining optimal dozalarini belgilash) xarakterida bo`lishi mumkin. Tavsiya etilgan gigienik normalar qonuniy yo`l bilan mustaxkamlanadi hamda sanitariya inspeksiyasi organlari tomonidan nazorat qilib turiladi. Gigienada turli fan soxalari – sotsiologiya, demografiya, klimatalogiya, fiziologiya, mikrobiologiya, fizika, ximiya soxalarida qo`llaniladigan metodlar va metodikalardan foydalaniladi.

Jismoniy tarbiya gigienasi - gigiena fanining bo`limlaridan biridir. Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlaridan odam salomatligini saqlash va mustaxkamlash maqsadida samaraliroq foydalanish uchun o`sha mashg’ulotlar vositalarini, metodlarning hamda shart-sharoitlarini ilmiy jixatdan asoslangan xolda normaga solib turish jismoniy tarbiya gigienasining mazmunini tashkil etadi. Jismoniy tarbiya gigienasi mashg’ulotlarning samaraliroq metodlarining va eng qulay shart- sharoitlarini asoslab berish uchun jismoniy mashqlar odamlar sog’lig’iga qanday ta’sir ko`rsatishini va ular sog’lig’ini mustaxkamlashga qay darajada xizmat qilishini o`rganadi.Jismoniy tarbiya gigienasining ahamiyati fan texnika revolyutsiyasi davriga kelib ancha ortdi. Agar 19 asrning oxiri va 20 asrning boshlarida odamlar sog’lig’ini va xayotini saqlashda sanitariya gigienaning ommaviy tarzda tarqaladigan yuqumli kasallliklarning oldini olishga qaratilgan tadbirlari (vodoprovodlar qurish, kanalizatsiya o`rnatish, shaxarlarni toza tutish va boshqalar) asosiy rol o`ynagan bo`lsa xozirgi vaqtda axolini kasallanishi va o`limi strukturasida yurak-tomir kasallliklari, moda almashinuvi, asab sistemasi kasalliklari etakchi o`rin tutadi. Bunday kasalliklarni paydo bo`lishida kasallik xavfining asosiy omili sifatida gipodinamiya katta rol o`ynaydi. SHuning uchun ham gipodinamiyaning oldini olish maqsadida jisomniy mashqlarning qo`llanilishi gigienada etakchi ahamiyat kasb etadi.

Jismoniy tarbiya gigienasining vazifalari quyidagilar xisoblanadi: Odamning jismoniy xolatiga xos bo`lgan mezonlar buyicha uning salomatligiga model parametrlarini normalashtirib turish (jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik darajasi, chiniqqanlik), jismoniy yuklamalarni normaga solib turish (struktura, xajm, intensivlik), faqat gipodinamiyaning oldini olish bilan cheklanmay shu bilan birga, sixat-salomatlikning model darajasiga erishish va uni saqlab turish uchun unga optimal darajada mashq ta’siri ko`rsatishini ta’min etadigan chiniqtiruvchi tadbirlar; mashq va musobaqa yuklamalarini, dam olish, ovqatlanish, katta sportda tiklanish tadbirldarini muayyan tartibga solib turish; jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari shart-sharoitlarini (iqlim va mikroiqlim, sport inshootlari va jixozlari, kiyim-kechaklar va boshqalar) salomatlikka qulay ta’sir qursatishiga yordam beradigan tarzda normaga solib turish.

Odamlar salomatligini saqlash va mustaxkamlash jismoniy tarbiyaning asosiy vazifalaridan biri xisoblanadi. Salomatlik deganda odam organizmining shunday bir xolati tushuniladiki, bunda uning barcha funktsiyalari tashqi muxit bilan muvofiqlashtirilgan bo`ladi, hamda unda qandaydir kasalliklar bilan bog’liq bo`lgan o`zgarishlar ko`zga tashlanmaydi. Jismoniy tarbiya tushunchasi salomatlikni yaxshilash va jismonan barkamollikka erishishda o`sib borayotgan organizmga ta’sir etish sistemasi sifatida tasavvur etilgan. Organizmning kasallik omillarining ta’siriga nisbatan barqarorligi, tashqi muxit noqulay tarzda o`zgargan paytlarda salomatlikni hamda ish qobiliyatini saqlay bilish - salomatlik darajasini ko`rsatuvchi belgilar xisoblanadi, ya’ni salomatlik darajasi odamning adaptatsion (moslashish) imkoniyatlari qanday ekanligi bilan belgilanadi. Odamning salomatlik darajasi qanchalik yuqori bo`lsa, uning turli yuqumli kasalliklarga, past va yuqori xaroratga, jismoniy ishlarga bo`lgan chidamliligi ham shunchalik barqaror bo`ladi.

Salomatlik uchun jismoniy ishga qobiliyat chiniqqanlikning optimal darajasi zarur bo`ladi. Juda yuqori darajadagi jisomniy ish qobiliyatiga katta sport orqali erishiladi. Bu esa odamda barcha funktsional sistemalarning zo`riqishini taqazo etadi, hamda uning immuniteti pasayishiga va kaslliklarga bardoshi susayib ketishiga ham olib kelishi mumkin. Organizmning funktsional rezervlaridan ortiq darajadagi zo`riqishlarni engib o`tish vaqtida xaddat tashqari toliqish xollari ro`y berib odamning xoldan toyib qolishi singari xolatlar ham kuzatilishi mumkin. Amaliy jixatdan sog’lom bo`lgan (ya’ni kasallikning klinik belgilari yaqqol ko`rinib turmagan) kishilarda ularning salomatlik darajasini aniq belgilash maqsadga muvofiqdir. Bu esa sog’lomlashtirish tadbirlari kompleksini, shu jumladan jismoniy tarbiya faktorlarini yana ham maqsadga muvofiqroq ravishda rejalashtirish imkonini beradi.




Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish