O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim



Download 1,7 Mb.
bet136/261
Sana06.09.2021
Hajmi1,7 Mb.
#166904
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   261
Bog'liq
jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari

Umurtqaning bo`yin sohasi ko`pincha bosh og’rig’i, xotiraning susayishi, ko`rish, eshitish qobiliyatining buzilishi va boshqa noxushliklarga sabab bo`ladi.

Ko`krak sohasi osteoxondrozida yurak va qorin og’rishi mumkin. U oshqozon, o`t pufagi va qorin bo`shlig’ining boshqa a`zolaridagi kasalliklarga o`xshab ketadi.

Agar bel sohasi shikastlansa, siydik ajralishi va jinsiy a`zolar faoliyati buzilishi mumkin.

Ko`pgina kasalliklarda belda ikkilamchi og’riqlar kuzatiladi. Og’riq hissi orqa miyada nervlar orqali o`tib, boshda paydo bo`ladi. Natijada umurtqaning mazkur sohasining o`rab turuvchi mushaklar reflektorli zo`riqadi. Muammoli hududda harakat cheklanadi, qon aylanishi yomonlashadi, shish paydo bo`lishi mumkin. Sekin-asta umurtqaning o`zida ham o`zgarishlar boshlanadi. Og’riqqa sabab bo`lgan a`zo esa o`zini yanada yomon his qila boshlaydi.



QARIGANDA HAM QADDIM RASO BO`LSIN DESANGIZ…


Umurtqani qarib-qartayib qolgunga qadar sog’lom saqlashni kim ham xohlamaydi deysiz! Buning uchun nima qilish kerak?

  1. Gavdangizni doimo nazorat qiling, ish o`rningizni to`g’ri tashkillashtiring. Ishxonadagi o`rindig’ingiz qattiq va qulay bo`lishi kerak. Boshtiragichi bo`lsa, yanayam yaxshi: bosh va bo`yningiz vaqti-vaqti bilan dam oladi.

  2. Organizmga umurtqa va nerv tizimi uchun zarur bo`lgan oqsil, kal’tsiy, fosfor, mikroelement va vitaminlarlarning etarlicha tushishini ta`minlang. Buning uchun ham sifatli, ham xilma-xil ovqatlanish kerak: yog’siz baliq va sut mahsulotlari. Qattiq parhezlarga ruju qo`yish kerak emas.

  3. Polgacha egilib, qisirlaguncha burilib umurtqa va bo`g’imlaringizni zo`riqtirmang. Haddan tashqari ko`p qayrilish yaxshilikka olib kelmaydi.

  4. Suzish va turnikda tortinish umurtqa uchun juda foydali.

  5. Ortiqcha vaznda kamroq ovqatlanish va jismoniy mehnat yordamida ozishga harakat qiling. Tana vaznini kamaytirish orqali umurtqaga tushadigan yukni qisqartirgan bo`lasiz.

  6. Holatingizni iloji boricha tez-tez o`zgartirib turing. Stuldan turib, harakatlaning. Stulning suyanchig’iga suyaning, boshingizni boshtiragichga qo`ying, qo`llaringizni pastga tushiring. Bularning hammasi umurtqaga tushadigan yukni kamaytiradi. Uzoq vaqt stolda o`tirib ishlaganda bitta oyog’ingizni oyoqtaglikning ustiga qo`ying. Bu ham umurtqaga tushadigan yukni engillashtiradi.

  7. Salbiy his-tuyg’u va stresslardan uzoqroq yuring. Ular tufayli mushaklarda qisilishlar ro`y beradi. Natijada bel og’rig’i kelib chiqadi.

  8. SHuningdek, yaxshi, to`g’ri to`shakda ham gap ko`p. U uyqu vaqtida bel mushaklarining maksimal darajada tinchlanishiga yordam beradi. To`shak haddan tashqari yumshoq bo`lmasligi kerak. YOstiq esa pastroq va tekisroq bo`lishi kerak. SHunda bosh haddan tashqari ko`p ko`tarilmaydi.

Radikulit va uning turlari


Radikulit ko`p uchraydigan nerv tizimi xastaliklaridan biri hisoblanadi, bunda orqa miyaning nerv ildizlari va ulardan ketadigan nerv tolalari zararlanadi. SHifokorlarning ta`kidlashicha, bu kasallik ko`pincha umurtqa pog’onasi dardi – osteoxondroz oqibatida kelib chiqadi. SHuningdek, radikulit jarohatlar, sovqotish, organizmning ichdan zaharlanishi, yuqumli kasalliklar asorati sifatida ham rivojlanishi mumkin.

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish