O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta ’lim vazirligi



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/140
Sana01.03.2022
Hajmi10,95 Mb.
#475624
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   140
Bog'liq
Qishloq xo jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

7.5-chizma.
Aholi turmush darajasini oshirish va farovonligini yuksaltirishda 
ijtimoiy infratuzilma xizmatlarining ham roli beqiyosdir. Shvmga ko‘ra, 
mamlakatimizda ushbu sohani rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. 
Keyingi yillarda respublikamizda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish borasida 
ahamiyatli yutuq va muvaffaqiyatlarga erishilmoqda.
2009-yilda qishloq joylarda infratuzilmaning rivojlantirilishi bo‘yicha 
ijobiy ishiar amalga oshirildi (7.3-jadval).
7.3-jadvaI
2009-yilda qishloq joylarda infratuzilmaning rivojlantirillshi
Ko‘rsatkich
Reja
Amalda
Bajarilishi,
foizda
Tabiiy gaz ta'minoti, km
180,4
197,2
109,3
Ichimlik suv tarmoqlari quvurlarini 
qurish, km
1168
1665
142,6
QAP ichimlik suv ta’minoti obyektlarini 
rekonstruksiya qilish, QAP
304
366
120,4
Obodonlashtirish boshqarmalarini 
maxsus texnikalar bilan jihozlash. dona
2086
2100
100,7
1991-yilgacha qurilgan ko‘p qavatli 
uylami mukammal ta'mirlash, dona
125
134
107,2
152
www.ziyouz.com kutubxonasi


Jadval ma’lumotlaridan ko'rinadiki, 2009-yil davomida qishloq joylarda 
197,2 km uzunlikdagi tabiiy gaz, 1665 km uzunlikdagi ichimlik suv tarmoqlari 
quvurlarini tortish, 366 ta qishloq aholi punktlarida (QAP) ichimlik suv 
ta'minoti obyektlarini rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish boshqarmalarini 
2100 dona maxsus texnikalar bilan jihozlash, 134 ta ko‘p qavatli uylami 
inukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.
Mamlakatimizda elektr ta'minoti tizimini rivojlantirish bo'yicha ko‘plab 
ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2009-yilda bir nechta kichik 
stansiyalami o‘z ichiga olgan “Yangi Angren-0‘zbekiston“ elektr uzatish 
liniyasi va “G‘uzor-Surxon” yuqori voltli elektr uzatish liniyasini qurish 
bo'yicha strategik investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida 
mamlakatimizda yagona elektr tizimini tashkil etish ishlari yakunlandi.
Aholining turmush farovonligi uchun zarur ijtimoiy infratuzilma 
obyektlaridan biri - bu aloqa xizmatidir. “0 ‘zbektelekom” aksiyadorlik 
kompaniyasi “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturi ijrosini 
ta'minlash maqsadida bir qator ibratli ishlami amalga oshirdi. Jumladan, 
tespublikamiz hududlaridagi 72 ta analog qishloq telefon stansiyalari 
rekonstmksiya qilinib, mavjud ijtimoiy muassasalar to‘liq telefonlashtirilishi 
ko‘zda tutilgan. Hozirda mamlakatimizdagi shifoxonalarning 96,8 foizi, 
akademik litseylaming 98,4 foizi, kasb-hunar kollejlarining 92,6 foizi, maktab 
va bolalar bog‘chalarining 70,0 foizi zamonaviy aloq tizimidan samarali 
foydalanmoqda. 
Kompaniyaning 
“Qishloq joylarida 
simsiz 
aloqadan 
foydalanish tarmog‘ini kengaytirish” loyihasi doirasida respublikamiz shimoliy 
hududlarida qo‘shimcha ravishda 20 ta baza stansiyasi ishga tushirildi.
Aholi turmush farovonligini oshirishning muhim ko‘rsatkichlaridan biri 
sifatida uy-joylami qurish va foydalanishga topshirish ishlarining jadallashuvi 
natijasida yillar davomida umumiy uy-joy fondi hajmi oshib bormoqda. 2002- 
yil holatiga uy-joy fondi 360,9 mln. kv.m dan iborat bo‘lsa, 2006-yilga kelib bu 
ko‘rsatkich 386,9 mln. kv.m ga, o'rtacha har bir yashovchiga hisoblaganda esa 
14,3 kv.m dan 14,6 kv.m ga qadar oshgan.
Ijtimoiy soha obyektlari qatorida ta'lim muassasalarining ham ahamiyati 
katta. Mamlakatimizda ta'lim muassasalarini rivojlantirish, ulaming mazmunini 
sifat jihatidan takomillashtirish borasida ahamiyatli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini 
rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bundan tashqari, dunyoning hech 
qaysi mamlakatida kuzatilmaydigan uch bosqichli sport musobaqalari tashkil 
etilgan bo‘lib, bu o‘quvchi va talabalami, umuman yoshlarimizni sportga 
ommaviy jalb etishda yuqori samara beruvchi tizimga aylandi. Shu 
maqsadlarda ko‘p!ab sport inshootlari barpo etilmoqda. Qishloq joylarida ta’lim 
tizimi va bolalar sporti moddiy-texnik negizini mustahkamlash maqsadida 
ko'plab obyektlar ishga tushirilmoqda. Bu esa qishloqlarimizdagi yoshlaming
153
www.ziyouz.com kutubxonasi


keng va yorug* binolarda, zamonaviy jihozlar bilan ta'minlangan o ‘quv 
xonalari va laboratoriyalarda bilim olishlari hamda sport bilan shug'ullanishlari 
uchun moddiy asos yaratadi.
2010-yilda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni qurish, 
rekonstruksiya qilish va jihozlash, shuningdek, maktablaming moddiy-texnik 
bazasini mustahkamlash bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish yakuniga 
yetkazildi.
Umuman olganda, 2005-2010-yillar davomida 7 ming 800 dan ortiq 
umumta’lim muassasasi, qariyb 1 ming 500 ta kasb-hunar kolleji va akademik 
litsey barpo etildi va rekonstruksiya qilindi. Faqat 2010-yilda maktablar, kasb- 
hunar kollejlari va litseylarda 2 ming 300 tadan ziyod kompyuter texnikasi va 
multimedia uskunasi o‘matildi.
Unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy jihatdan tarbiyalash va 
bolalar sportini rivojlantirishga qaratilgan dastumi amalga oshirish bo‘yicha 
ishlar izchil davom ettirildi. Buning natijasida faqat 2010-yilning o‘zida 72 ta 
sport inshooti, 27 ta suzish havzasi foydalanishga topshirildi, umumiy qiymati 
3 million AQSh dollariga teng bo'lgan sport inventarlari va uskunalar ioylarga 
yetkazib berildi.
Bugungi kunda umumta'lim maktablari o‘quvchilarining har uch 
nafaridan biri turli seksiya va to'garaklarda sport bilan muntazam 
shug‘ullanmoqda.
2010-yilda yosh avlodning ijodiy qobiliyati va ma'naviyatini 
yuksaltirishga qaratilgan musiqa va san'at maktablarining moddiy-texnik 
bazasini mustahkamlash bo‘yicha qabul qilingan dastumi amalga oshirish 
boshlandi. Agar 2009-yilda oltita musiqa va san’at maktabi qurilgan va 
rekonstruksiya qilingan bo‘lsa, 2010-yilda 46 ta ana shunday maktab 
foydalanishga topshirildi. Ulaming qurilishiga 51 milliard so'mdan ortiq kapital 
mablag‘ yo‘naltirildi.
Ma'lumki, 
2008-yil 
5-dekabr 
kuni 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 16 yilligi munosabati bilan o‘tkaziigan 
tantanali yig‘ilishda Prezidentimiz tomonidan 2009-yil «Qishloq taraqqiyoti va 
farovonligi yili» deb e ’lon qilindi. Prezidentimiz o‘z ma'mzalarida qishloqda 
taraqqiyot va farovonlikni ta’minlashning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini 
belgilab berdilar:
- qishloqda turmush darajasini oshirish;
- qishloq ahlining manfaatlarini yanada to‘liq ta'minlashga qaratilgan 
huquqiy bazani mustahkamlash;
- qishloq joylardagi infratuzilma tarmoqlarini yanada rivojlantirish;
- qishloq hayotining saviyasi va madaniyatini yangi pog‘onaga ko‘tarish;
- qishloq aholisi, eng avvalo, yoshlami ish bilan ta'minlash, odamlaming 
daromadi va farovonligini oshirish;
154
www.ziyouz.com kutubxonasi


- qishloq xo'jaligidagi islohotlami chuqurlashtirish, fermerlik harakatini 
qoilab-quwatlash;
- qishloqda mulkdorlar, tadbirkor va ishbilarmonlarning manfaatlarini 
himoyalash;
- yer, tuproq unumdorligini doimiy ravishda oshirish, yeming meliorativ 
holatini yaxshilash7.
Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha chora-tadbirlami izchil va tizimli amalga 
oshirish maqsadida «Qi$hloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturi 
ishlab chiqildi hamda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 26- 
yanvardagi PQ-1046 sonli Qarori asosida kuchga kiritildi. Dasturda 
o'tkaziladigan chora-tadbirlar, bajarilish muddatlari, xarajatlar va ulami 
moliyalashtirish manbalari, chora-tadbirlarni amalga oshirish shakllari, 
mexanizmlari va kutiladigan natijalar to‘liq ko‘rsatib berilgan. Dastuming 
asosiy yo'nalishlari 9 ta boiim , 105 ta bandda o'z ifodasini topgan.
«Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturining prinsipial 
ahamiyatga ega boigan asosiy yo‘nalishlariga biri — qishloqlarimizda hayot 
sifatini tubdan yuksaltirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlami amalga 
oshirishdir.
Qishloq joylarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va shu asosida 
qishloqlarimiz qiyofasini tubdan o‘zgartirish maqsadida 2009-yilning yanvar 
oyida 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qishloqlarimizning zamonaviy 
arxitektura nuqtai nazaridan rejalashtirilishi, qishloq joylarda uy-joy va ijtimoiy 
obyektlar qurilishini loyihalashtirish va bunyod etish tizimini takomillashtirish, 
«Qishloqqurilishloyiha» institutini tashkil etish bo‘yicha qarori qabul qilindi.
«Qishloqqurilishloyiha» instituti tomonidan hozirga qadar 2 xonadan 5 
xonagacha bo‘lgan zamonaviy uy-joylar, maishiy xizmat ko'rsatish 
obyektlarining 
namunaviy 
loyihalari 
ishlab 
chiqildi. 
Bu 
ishga 
respublikamizdagi ko'zga ko‘ringan, yuqori malakali mutaxassislar jalb etilib, 
yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi bo‘yicha 22 ta, ijtimoiy obyektlar bo‘yicha 
esa 16 ta namunaviy loyiha tasdiqlanib, qurilishga tavsiya qilindi.
Qurilish ishlarini amalga oshirish maqsadida «Qishloq qurilish invest» 
injiniring kompaniyasi, ulami moliyalashtirish uchun zarur mablag'lami jalb 
etish maqsadida «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik-tijorat banki tashkil 
etildi. Qishloq joylarda qurilish ishlarini olib borish uchun 2009-yilning o‘zida 
mazkur bank orqali qariyb 60 milliard so‘m mablag* yo‘naltirilgan bo'lsa, 
2010-yilda qo'shimcha ravishda yana salkam 530 milliard so‘m mablag' 
yo‘naltirish ko‘zda tutilgan edi.
' Prezident Islom Karimovning 2008-yil 5-dekabrdagi 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
qabul qilinganligining 16 yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilishda so'zlagan ma'ruzasi.
155
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bunday keng koiam li ishlami bajarish uchun 2009-yil davomida 
mamlakatimizda 906 ta ixtisoslashtirilgan qurilish-ta’mir!ash tashkiloti tuzildi 
va ular yuqori malaka va tajribaga ega boigan mutaxassis kadrlar bilan 
ta’minlandi.
Qishloqdagi qurilish sarf-xarajatlarining bir qismi uy-joylaming 
bo‘lg‘usi egalari mablagiari hisobiga, aksariyat qismi aholiga «Qishloq 
qurilish bank» tomonidan beriladigan uzoq muddatli (15 yilgacha) imtiyozli 
kredit hisobidan qoplanadi.
«Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat banki - qishloq qiyofasini 
va qishloq aholisining uy-joy sharoitlarini sifatli yaxshilash, qishloq joylarda 
ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, uy-joy qurilishini 
uzoq muddatli imtiyozli kreditlash tizimini keng joriy etish maqsadida hamda 
«Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturiga muvofiq 2009-yil 30- 
martda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq qurilish bank» 
aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g ‘risida»gi qaroriga muvofiq sobiq 
«G‘allabank» aksiyadorlik tijorat binki negizida tashkil etildi.
Shimingdek, qishloqlarda bolalar bog'chalari, umumta’lim va musiqa 
maktablari, sport inshootlari, tibbiyot muassasalari, maishiy xizmat obyektlari, 
ravon yo'llar, zamonaviy turar-joy mavzelarini kompleks barpo etish 
rejalashtirilgan.
Qurilish ishlarini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish ko‘p jihatdan 
qurilish materiallariga bog‘liq. Shunga ko‘ra, 2009-yilda qurilish materiallaii 
ishlab chiqaradigan 31 ta ishlab chiqarish quvvati, jumladan, 2 million kvadrat 
metr zamonaviy tom yopish materiallari ishlab chiqaradigan 6 ta korxona, 
shuningdek, gips, alebastr, gipsokarton kabi qurilish va pardozlash materiallari, 
yig‘ma konstruksiyalar tayyorlaydigan yangi korxonalar foydalanishga 
topshirildi. Shular qatorida yiliga 81 million dona g'isht ishlab chiqarish 
quwatiga ega boigan 12 ta yangi zavod ishga tushirildi.
Ijtimoiy yo'naltirilgan davlat siyosatining bosh ustuvorligini inson 
manfaatlari tashkil etuvchi mamlakatimizda uy-joy qurilishiga alohida e'tibor 
qaratilmoqda. Bunda davlatimiz rahbari Islom Karimovning 2009-yil 29- 
yanvarda qabul qilingan “Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish 
shartlarida rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha pudrat ishlarini 
kengaytirishni rag'batlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 
2009-yil 19-iyundagi “Devorbop materiallar ishlab chiqarishni kengaytirishni 
rag‘batlantirish va sifatini yaxshilash borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi hamda 2009-yil 3-avgustdagi “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi 
ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 
Qarorlari muhim omil bo'lmoqda.
Qishloqda aholi joylari arxitekturasi va qurilishni loyihalashtirishni 
tubdan takomillashtirishda namunali qishloq uy-joylari va ijtimoiy obyektlarini
156
www.ziyouz.com kutubxonasi


qurish loyihalarini tabiiy iqlim sharoitini hisobga olgan holda ishlab chiqish 
muhim hisoblanadi. Bu borada namunali uy-joylar loyihalarini eksperiment 
sifatida Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani, Andijon viloyatining 
Buloqboshi tumani, Qoraqolpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida 
yangi ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida amalga oshirilgani e’tiborga 
molikdir. 
2009-yilning 
7-10-sentabr 
kunlari 
Toshkent 
shahridagi 
« 0 ‘zekspomarkaz»da qishloq aholisi uchun yakka tartibdagi uy-joylaming 
loyihalari va qurilish materiallarining ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasi boTib 
o‘tdi. Mazkur ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma 0 ‘zbekistonning qurilish sanoatida 
ham yirik voqea boTib, unda qurilish materiallari va jihozlarini ishlab 
chiqaruvchilar, ulgurji va chakana savdo kompaniyalari, me'moilar, 
loyihachilar, mamlakatimizning qishloq tumanlari vakillari ishtirok etdi. Unda 
arxitektura va dizaynning eng ilg'or talablariga javob beradigan, hududlaming 
mahalliy sharoitlariga va an’analariga mos qishloq uylari, ijtimoiy va ishlab 
chiqarish 
infratuzilmasi 
obyektlari 
loyihalari 
namoyish 
etildi. 
Ular 
“Qishloqqurilishloyiha” loyiha-qidimv instituti mutaxassislari tomonidan 
zamonaviy qurilish materiallari va texnologiyalarini qoTlashni, shuningdek, 
hududning 
tabiiy-iqlim 
sharoitini va 
relyefini, mamlakat hududlari
rivojlanishining ijtimoiy-demografik jihatlarini hisobga olgan holda ishlab 
cbiqilgan. Ko‘rgazma ishtirokchilari qishloqlami obodonlashtirishga doir 
loyihalami kreditlash, moliyalash va amalga oshirishning optimal mexanizmini 
joriy etish bilan shug‘ullanuvchi “Qishloq qurilish bank” ATB faoliyati bilan 
ham tanishdilar. Bunday ko'rgazmalar respublikamiz viloyatlarida ham tashkil 
etildi.
Uy-joy qurilishi ishlarini jadallashtirish, ulami izchil amalga oshirish 
maqsadida xususiy qurilish uyushmalari faoliyatini tashkil etishni yoTga quyish 
muhim tadbirlardan hisoblanadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy- 
joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstiuksiya 
qilish va ta'mirlash bo'yicha pudrat ishlarini kengaytirishni rag'batlantirishga 
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2009-yil 29-yanvardagi 1051- 
sonli qarorini bajarish yuzasidan aholiga hamda foydalanishga tayyor holda 
topshirish shartlarida uy-joy fondi obyektlarini rekonstruksiya qilish, qurish va 
ta’mirlash ishlarini amalga oshirayotgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlariga 
qulay sharoitlar yaratish, bozomi yanada kengaytirish hisobiga arzon 
narxlardagi qurilish materiallariga boTgan talabni qondirish maqsadida 2009- 
yil 28-martda 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Turar joy va 
kichik biznes obyektlari uchun qurilish materiallari sotish bo‘yicha firma 
do‘konlari tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi 87-sonli qarori qabul qilindi. 
Mahalliy xomashyolardan sifatli va arzon qurilish materiallari ishlab 
chiqaradigan korxonalar tashkil etishga katta e'tibor berilmoqda. Shu asosda
157
www.ziyouz.com kutubxonasi


qishloq joylarda bajariladigan qurilish-ta’mirlash ishlarining tannarxini 
arzonlashtirishga erishish, aholining ish bilan bandligini oshirish ko‘zlangan.
Bulardan ko'zlangan asosiy maqsad, ishlab chiqilgan namunaviy 
loyihalar asosida qishloqlarimizda zamonaviy aholi turar joylari va boshqa 
obyektlar 
qurilishini 
amalga 
oshirish, 
qishloqlarimizning 
qiyofasini 
zamonaviylashtirish, qishloq aholisi uchun munosib turmush sharoitlari yaratib 
berish, qishloq infratuzilmasini rivojlantirishdir. Bu «Qishloq taraqqiyoti va 
farovonligi yili» davlat Dasturining asosiy yo‘nalishlaridan biridir.
2009- 
yilda respublikamiz bo'yicha qishloq xo'jaligi va o‘rmon fondi 
yerlari toifasiga kirmaydigan 42 ta yer massivlari tanlab olindi va namtmaviy 
loyihalar asosida uy-joylar qurilib, foydalanishga topshirildi. 2009-yilda 
namunaviy loyihalar bo‘yicha qishloq aholi punktlarida yakka tartibda uy-joy 
qurilishini kreditlash uchun 65,5 mlrd. so‘m ajratildi.
Surxondaryo viloyatida ham 2009-yilda 3 ta tanlab olingan yer 
massivlarida 60 ta yakka tartibdagi uy-joylar qurildi. Ushbu uylaming umumiy 
qiymati 3741550,0 ming so‘m bo‘lib, uning 935285,5 ming so‘mi 25 foizli 
dastlabki badal sifatida yakka tartibda uy-joy quruvchilar tomonidan to‘langan, 
2260800,0 ming so‘mi esa imtiyozli bank krediti sifatida ajratilgan, yakuniy 
to‘lov esa 545464,5 ming so'mni tashkil etgan.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotganiga qaramasdan, 
2010-yilda mamlakatimizning barcha 159 ta qishloq tumanida namunaviy 
loyihalar bo‘yicha tayyor holda topshirish sharti bilan 6800 ta uy-joy barpo 
etildi. Ushbu maqsadlarga qariyb 430 milliard so‘m miqdoridagi kapital 
qo'yilmalar, jumladan, 250 milliard so'mdan ortiq uzoq muddatli imtiyozli 
kreditlar yo‘naltirildi. Bu mablag1 2009-yilga nisbatan 9 barobar ko'pdir. 
Dasturni amalga oshirish boshlanganidan buyon yangi massivlarda qishloq 
aholisining qulay va munosib yashashi uchun zarur bo‘lgan 165 ta ijtimoiy va 
bozor infratuzilmasi obyekti barpo etildi. Ayni paytda yangitdan qurilayotgan 
turar-joy massivlarida zamonaviy turdagi muhandislik-kommunikatsiya 
tarmoqlari ham jadal bunyod qilinmoqda. 103 kilometrdan ortiq gaz, qariyb 
100 kilometrlik suv tarmoqlari, 71 kilometrdan ziyod elektr uzatish liniyalari, 
shuningdek, umumiy uzunligi 85 kilometr bo'lgan ichki yo‘llar qurildi.
Ichimlik suvi, elektr va gaz ta'minoti, shuningdek, aholi punktlarining 
sanitariya ahvolini yaxshilash bo‘yicha yangi kommunal infratuzilma 
tarmoqlari va obyektlarini qurish, modernizatsiya hamda rekonstruksiya qilish 
ishlari tizimli asosda olib borilmoqda.
2010- 
yilda Surxondaryo viloyati hududida aholining talablaridan kelib 
chiqqan holda 15 ta qishloq tumanlari yer massivlarida jami 660 ta yakka 
tartibdagi uy-joylar qurildi. Ushbu uylarning umumiy qiymati 39579915,4 
ming so‘m bo‘lib, uning 9894698,8 ming so‘mi 25 foizli dastlabki badal 
sifatida yakka tartibda uy-joy quruvchilar tomonidan to‘langan, 24868800,0
158
www.ziyouz.com kutubxonasi


miiig so'mi esa imtiyozli bank krediti sifatida ajratilgan, yakuniy to‘lov esa 
4816416,7 ming so'mni tashkil etgan.
Qurilayotgan yakka tartibdagi uy-joylaming sifatini yaxshilash, uy- 
joylar narxini pasaytirish maqsadida viloyatda pishiq g‘isht ishlab chiqaruvchi 
korxonalar, eshik, deraza yasash korxonalari va boshqalarni tashkil etishga 
alohida e'tibor berilmoqda.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ- 
1245-sonli qaroriga asosan «Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasi 
bilan namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylaming qurilishi 
uchun «tayyor holda topshirish» shartlarida shartnoma tuzgan barcha pudratchi 
tashkilotlar Pensiya jamg‘armasidan tashqari soliqlaming barcha turlarini 
toiashdan ozod etilganligi ham ularning faoliyatini rivojlantirishga ijobiy ta'sir 
ko‘rsatmoqda.
Hukumatimiz tomonidan namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan 
uy-joylami yanada takomillashtirishga e'tibor berilmoqda. 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2010-yil 17-iyunda qabul qilingan “Qishloq 
joylarda namunaviy loyihalar asosida xususiy uy-joy qurilishini kengaytirishga 
oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, uy-joylaming 
namunaviy loyihalariga o‘zgartirish va tuzatishlar kiritildi. Jumladan, qishloq 
joylarda har bir imorat quruvchiga shu paytgacha ajratib kelinayotgan 4 sotix 
o‘miga 6 sotix hajmida yer uchastkasi ajratish belgilandi. Davlatimiz 
rahbarining taklif va tavsiyalari asosida ilgari ishlab chiqilgan namunaviy 
loyihalar “Qishloqqurilishloyiha” loyiha-qidimv instituti tomonidan har 
tomonlama tahlil qilindi. E'tibordan chetda qolgan tabiiy omillar - shamol 
yo‘nalishi, quyosh nurining tushishi kabi muhim imoratsozlik talablari yangi 
loyihalarda inobatga olindi. Shuningdek, xonalaming joylashtirilishi qayta 
ko‘rib chiqildi, xonalar kengaytirildi, devorlar balandligi 3 metrdan 3,2 metrga 
oshirildi. Takomillashtirilgan loyihada keksalar va bolalar uchun ham tegishli 
qulayliklar, darvozaxonada shaxsiy yengil mashinalar uchun maxsus joy 
nazarda tutilgan, xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda, uyga taqab 
qurilgan suv isitish - qozonxona qurilmasi hovlining chetiga ko‘chirilgan.
Mamlakatimizda 2011-yilda ham uy-joy qurish koTamini kengaytirish 
va qishloqlami obodonlashtirish dasturini izchil amalga oshirishga alohida 
e'tibor qaratilmoqda. Bu borada 357 ta massivda 7400 ta uy-joy, shuningdek, 
ijtimoiy va kommunal xo‘jalik obyektlarini qurish moTjallanmoqda. Ushbu 
maqsadlar uchun 500 milliard so‘mdan ortiq mablag1, jumladan, davlat 
byudjetidan 140 milliard so‘m ajratish va Osiyo taraqqiyot bankining 100 
million dollardan kam boTmagan imtiyozli kredit liniyalarini jalb qilish 
rejalashtirilgan.
2011 -yilda Surxondaryo viloyatining barcha tumanlaridagi 36 ta 
massivda 675 ta namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurish rejalashtirilgan
159
www.ziyouz.com kutubxonasi


bo‘lib, ular uchun 33571125,0 ming so‘m imtiyozli bank kreditlari ajratish 
nazarda tutilgan.
Ijtimoiy infratuzilmaning tarkibiy qismi bo‘lgan tibbiyot muassasalari 
ham aholining turmush farovonligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. 
Qishloqda turmush darajasini yuksaltirish ko‘p jihatdan aholining sog‘lig‘ini 
saqlash, madaniyatini oshirish, ta’lim tizimi sifatini yanada ko‘tarish bilan 
bog'liqdir. Bu esa, birinchi navbatda, investitsiya dasturlari asosida sog‘liqni 
saqlash muassasalarini tibbiyot texnikasi va jihozlar bilan ta'minlashni taqozo 
etadi. Hukumatimiz tomonidan qishloq joylarida ham tibbiy xizmat sifatini 
oshirish, 
qishloq 
vrachlik 
punktlarining 
moddiy-texnika 
bazasini 
mustahkamlashga 
alohida 
e’tibor 
qaratilmoqda. 
Hozirgi 
vaqtda 
mamlakatimizda 3164 ta qishloq vrachlik punktlari mavjud. Ular zamonaviy 
jihozlar bilan ta’minlangan bo'lib, aholining sog'ligini ta'minlashda muhim 
ahamiyatga ega, ya’ni qishloq aholisi uzoq tuman markazlariga bormasdan 
sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lmoqdalar. Tibbiyot 
sohasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ham alohida e'tibor berilmoqda. 
Jumladan, xususiy tibbiy muassasalar tashkil etilgandan 5 yil muddatga 
soliqlardan ozod etilgan, 2015-yilgacha olib kelinadigan zamonaviy tibbiyot 
uskunalari boj to‘lovlaridan ozod etilgan.
2010-yilda sog'liqni saqlash sohasini isloh qilish va ushbu tizimda sifat 
o‘zgarishlarini amalga oshirishni ta'minlash borasidagi ishlar davom ettirildi. 
Hozirgi kunda mamlakatimizda sifat jihatidan yangi, eng yuksak talablarga 
javob beradigan va respublika hamda viloyatlar shoshilinch tibbiy yordam 
ko‘rsatish markazlarini o‘z ichiga olgan tibbiyot muassasalari tarmog‘i 
shakllandi.
Barcha viloyatlar markazlarida kattalar va bolalar uchun ko‘p tarmoqli 
tibbiyot markazlari, har bir tumanda eng zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar 
bilan jihozlangan qishloq vrachlik punktlari faoliyati y o ig a qo‘yildi. Ushbu 
qishloq vrachlik punktlarining soni 2000-yilga nisbatan 2 barobar ko'payib, 3 
ming 200 tadan oshdi.
2010-yilda statsionar tibbiyot muassasalarida qo‘shimcha ravishda 1630 
ta yoki 2009-yilga nisbatan qariyb 2,5 marta ko‘p davolanish o‘rinlari 
foydalanishga topshirildi.
2010-yilda sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish uchun jami 2 trillion 
so‘mdan ortiq mablag‘ yo'naltirildi, buning 1 trillion 700 milliard so‘mi 
byudjet mablag'laridir.
Bozor infratuzilmasining tarkibiy qismlaridan yana biri bo‘lgan 
banklami rivojlantirish bo‘yicha ham mamlakatimizda juda ko‘plab ishlar 
amalga oshirilmoqda. Jahonning ko'plab mamlakatlarini qamrab olgan 
moliyaviy-iqtisodiy inqirozga qaramay, 0 ‘zbekiston bank tizimi ishonchliligi 
va barqaror rivojlanayotgani, xorijiy moliyalashtirish manbalariga qaramligi
160
www.ziyouz.com kutubxonasi


yo'qligi va tashqi inqiroz holatlarining salbiy ta'siriga berilmaslik xususiyatlari 
bilan ajralib turibdi.
Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilgan tadbirlar 
qatorida moliya-bank tizimini mustahkamlash masalasiga alohida e'tibor 
qaratilib, bu borada ta'sirchan tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan:
- 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 28-iyuldagi 1166- 
sonli Qaroriga asosan pul massasining maqsadli parametrlaridan kelib chiqqan 
holda va tijorat banklari tomonidan uzoq muddatli depozitlar jalb qilishni 
rag‘batlantirish 
maqsadida 
2009-yilning 
1-sentabridan 
boshlab 
tabaqalashtirilgan majburiy zaxiralar normasi joriy etildi;
- 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi 4057- 
sonli 
Farmoniga 
muvofiq, 
fuqarolaming 
tijorat 
banklari 
depozit 
hisobvaraqlaridagi omonatlari ulaming miqdoridan qat'iy nazar to‘liq 
qaytarilishining davlat tomonidan kafolatlanganligi aholining bank tizimiga 
bo'lgan ishonchi yanada mustahkamlanishiga xizmat qildi va bu jismoniy 
shaxslarning banklardagi omonatlari hajmining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi;
- Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-fevraldagi 1-sonli majlis bayoni 
talablaridan kelib chiqqan holda, aholining bo‘sh pul mablag‘larini banklardagi 
omonatlarga jalb qilinishida hamda omonatdagi mablag‘larni ulaming birinchi 
talabiga ko‘ra berilishida qonun buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, omonatchilarning 
haq-huquqlari 
himoya qilinishini ta'minlash borasida tizimli chora- 
tadbirlaming amalga oshirilishi va banklaming mazkur faoliyatlari ustidan 
nazoratning yanada kuchaytirilganligi ham aholi bo‘sh pul mablag‘larini bank 
omonatlariga jalb qilishni yanada jadallashtirdi;
- 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 6-apreldagi 1090- 
sonli «Tijorat banklari depozitlariga aholi va xo‘jalik subyektlari bo‘sh pul 
mablagTarini jalb etishni yanada rag‘batlantirish qo‘shimcha chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi Qarori hamda mazkur qaror bilan tasdiqlangan «Tijorat banklari 
depozitlariga aholi va xo‘jalik subyektlari bo‘sh pul mablagTarini jalb etishni 
yanada rag‘batlantirish qo‘shimcha chora-tadbirlari kompleksi» doirasida bank 
tizimida bu borada olib borilayotgan ishlar yanada faollashdi.
Bugungi kunda mamlakatimizda 30 turdagi bank faoliyat ko‘rsatib, 
shundan 3 tasi davlat banklari, 13 tasi aksiyadorlik tijorat banklari, 9 tasi 
xususiy banklar, 5 tasi xorijiy kapital ishtirokidagi banklar hisoblanadi (7.6- 
chizma).
Keyingi yillarda tijorat banklari faoliyatining kengayib borishi o‘z 
navbatida ular tomonidan berilayotgan kreditlar, banklardagi depozitlar va 
umumiy kapital hajmiga ham sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. Xususan, 2005-
2009-yillar mobaynida tijorat banklari kreditlari hajmi 2,2 marta, depozitlari 
hajmi 5,2 marta, umumiy kapitali 3,2 marta oshgan.
161
www.ziyouz.com kutubxonasi


O ‘zbekiston Respublikasidagi 
banklarning tarkibi (2010-yil 1-yanvar holatiga)
Xorijiy kapital
•.»

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish