O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ′ lim vazirligi


Homilador ayollarning asosiy oziq moddalari va quvvatgabir kecha-



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/249
Sana22.01.2022
Hajmi3,72 Mb.
#399430
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   249
Bog'liq
ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi

Homilador ayollarning asosiy oziq moddalari va quvvatgabir kecha-

kunduzlik ehtiyoji 

 

Mahsulotlar 

Homiladorlikni

ng birinchi 

yarmida 

Homilador- 

likning 

ikkinchi 

yarmida 

Eslatma 


Oqsillar, g 

100-110 


110-120 

  

O



ziq

-m

od



da

lar


ini

ng 


ush

bu 


m

e‘yo


ri 

o‘

rt



ac

ha b


o‘

(1



55

-1

65



) va

 

tan



va

zni



 (5

5-

60



 k

g) 


ga

 ega


 a

yol


lar

 uchun


 m

o‘

ljalla



his


obl

ab

 



chiqilg

an.


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Yoglar, g 



75 

85 


Uglevodlar, g 

300-350 


400 

S vitamini, mg (askorbin 

kislota) 

70 


72 

V

1



( vitamini, mg (tiamin) 

1,5 


1,7 

V

6



 

vitamini, 

mg 

(piridoksin) 



2,0 

2,0 


V

2

 



vitamini, 

mg 


(riboflavin) 

2,0 


2,0 

RR vitamini, mg (nikotin 

kislota) 

15,0 


19,0 

V

5



  vitamini,  mg  (kalsiy 

pantenat) 

15,0 

20,0 


V

9

  vitamini,  mkg  (foliy 



kislota) 

600,0 


600,0 

V

12



 

vitamini, 

mkg 

(tsianokobalamin) 



4,0 

4,0 


A vitamini, mkg (retinol) 

1200 


1250 


364 

 



vitamini, 

MYe 


(kaltseferol) 

500 


500 

Е 

vitamini, 



MYe 

(tokoferol) 

15 

15 


Umumiy quvvat mikdori, 

kkal 


2400-2700 

2800-3000 

 

Homilador ayollar uchun oqsillarning ahamiyati juda katta, chunki 



ular  hisobidan  bachadon,  yo‘ldosh,  sut  bezlari  o‘sadi,  qon  miqdori 

ko‘payadi.  Shuning  uchun  agar  bunday  ayol  tegishli  miqdorda  oqsil 

qabul qilmasa, uning vujudida turli xil fiziologik jarayonlar buzilib, har xil 

yuqumli kasalliklarga beriluvchanlik oshib ketadi. Oqsillar asosan sut va 

sut mahsulotlaridan qabul qilingani ma‘qul, lekin go‘sht (mol, qo‘y, 

tovuq  go‘shti)  va  go‘sht  mahsulotlari  ham  tegishli  miqdorda 

iste‘mol  qilib  turilishi  kerak.  Homiladorlikning  4-oyidan  boshlab  ayol 

har  bir  kg  tana  vazni  hisobiga  1,2  -  1,3  g  oqsil  iste‘mol  qilib  turishi 

tavsiya qilinadi. 

Homilador  onalarning  yog‘  va  yog‘li  moddalar  iste‘mol 

qilishlarida  shu  narsaga  e‘tibor  berish  kerakki,  ular  vujudi  sut  va  sut 

mahsulotlari, qaymoq kabi oziq moddalaridan tegishli yog‘ni osongina 

o‘zlashtirib oladi. Ular qiyin hazm bo‘ladigan, charvi kabi yog‘lardan 

tiyilishlari  lozim.  Semiz  ayollar  ham  chegaralangan  miqtsorda  yog‘ 

iste‘mol qilib turishi kerak. 

Homilador  ayollar  vujudi  uchun  uglevodlar  quvvat  beruvchi 

moddalardan  biri  hisoblanadi,  lekin  ularni  shirinliklar  ko‘rinishida 

kamroq  yeyish  kerak.  Chunki  ular  me‘yoridan  ko‘p  qabul  qilinsa 

semirish yuzaga kelib, ayolning ko‘kraklarida, teri tagida, ichki a‘zolar 



365 

 

atrofida  yog‘  ko‘payib,  homila  og‘irligi  ham  me‘yoridan  oshib 



ketadi,  natijada  tug‘ish  jarayoni  qiyinlashadi.  Uglevodlarni 

kletchatkaga boy karam, sabzi, lavlagi, sholg‘om, ko‘katlar, kartoshka, 

meva-chevalar, har xil yormalar holida qabul qilish ular uchun foydalidir. 

Homilador  ayollarning  suv  va  mineral  moddalarga  ehtiyoji  ham 

yuqori  bo‘ladi.  Rivojlanayotgan  homilada  asosan  suv  va  mineral 

moddalar  shakllanayotgan  a‘zo  va  tizimlar  uchun  kerak.  Lekin  har  xil 

tuzli  mahsulotlarni  xush  ko‘rganlik  uchun  yeyaverish  ichiladigan 

suvning  miqdorini  me‘yoridan  oshirib  yuboradi.  Shuning  uchun 

bunday  mahsulotlarni  iste‘mol  qilishda  ehtiyot  bo‘lish  kerak.  Ovqat 

bilan  qanchalik  mikdorda  osh  tuzi  ko‘p  qabul  qilinsa,  ona  tanasida 

shuncha  ko‘p  suv  to‘planadi.  Homilador  onalar  uchun  osh  tuziga 

bo‘lgan kunlik talab 6—8 g atrofida bo‘lishi tavsiya qilinadi. Lekin bu 

ko‘rsatkich  bizning  issiq  iqlim  sharoitida  bir  oz  yuqori  bo‘lishi 

mumkin (ko‘p terlaganlik uchun). 

Homilador  va  emizikli  onalarning  bir  qator  mineral  moddalarga, 

jumladan,  kalsiy  va  temirga  bo‘lgan  ehtiyoji  ancha  oshadi  (kuniga 

tegishli  holda  1100-1200  va  20-25  mg  gacha).  Shuning  uchun  ular 

kunlik ovqatida sut, qatiq, jigar, buyrak, til, olma, mayiz,  o‘rik, karam, 

shaftoli  kabi  mahsulotlarga  keng  o‘rin  berishi  kerak.  Shuni  ham 

ta‘kidlash lozimki, ayollarda ayniqsa, homiladorlikning ikkinchi yarmida 

homila  rivojlanishi  bois  oshqozon holati  o‘zgarib,  o‘z  o‘qi atrofida 

45°  gacha  buriladi.  Me‘da  mushaklarining  qisqarib,  oziq  moddani 

ichaklarga  so‘rish  vazifasi  bir  oz  kuchsizlanadi,  hazm  shiralarining 

miqdori va faolligi o‘zgaradi. Bularning barchasi ovqat hazm bo‘lish 

jarayoniga  salbiy  ta‘sir  qiladi.  Bu  holatlar  o‘tkinchi,  faqat  iste‘mol 



366 

 

taomlarini  me‘yorida  yeb,  harakat  qilish  va  dam  olish  tartiblariga 



to‘g‘ri amal qilib turish lozim. 

Homilador  ayollar  uchun  ovqatlanish  tartibi  muhim,  ular 

homiladorlikning  birinchi  yarmida  4  mahal,  homiladorlikning  ikkinchi 

yarmida  esa  5  va  6  mahal  ovqatlanishga  o‘tishi  kerak.  Bir  marta 

iste‘mol qilinadigan ovqat miqdori unchalik ko‘p bo‘lmasligi, oldin 

meva-cheva,  sabzavotli  salatlar  yeyilib,  keyin  asosiy  ovqatdan  tanovul 

qilish kerak. Ovqat me‘da-ichaklarda uzoq turib qolmasligiga va uning 

oson hazm bo‘lishiga erishish lozim. Aks holda ular bijg‘ib, gaz, har 

xil zaharli moddalar hosil bo‘ladi. Bu rivojlanayotgan homilani qiynab 

qo‘yishi,  o‘sishiga  salbiy  ta‘sir  etishi  mumkin.  Ovqat  bilan  qabul 

qilinadigan  umumiy  quvvatning  asosiy  oziq  moddalariga  nisbatan 

taqsimlanishi  oqsillar  uchun  15-30%,  yog‘lar  uchun  25-30%  va 

uglevodlar uchun 40-45% ni tashkil qilishi kerak. 

Homiladorlikning  ikkinchi  yarmida  ayollar  uchun  bir  kunlik  ovqat 

o‘rtacha  quyidagi  tarkibda  va  miqdorda  bo‘lishi  tavsiya  qilinadi  (g 

hisobida): go‘sht va go‘sht mahsulotlari - 120; baliq - 100; yog‘siz 

tvorog  -  170;  kefir  -  200;  sut  -  250;  qaymoq  -  30;  sariyog‘  -  15; 

o‘simlik yog‘i - 25; shakar - 40; qora non - 100; bug‘doy non - 100; 

unli  konditer  mahsulotlari  -  100;  makaron,  yormalar  -  60;  kartoshka  - 

200; karam - 100; lavlagi - 100; sabzi - 100; boshqa sabzavotlar - 200; 

meva-chevalar - 200; ko‘katlar - 30 - 50. 

Albatta  yuqorida  ko‘rsatilgan  mahsulotlar  va  ularning 

ko‘rsatilgan  miqdorlari  ko‘pgina  qishloq  sharoitlariga  to‘g‘ri 

kelmasligi mumkin, masalan, doim ham baliq topilavermaydi yoki qora 

ham oq nonlarni alohida qabul qilish birmuncha noqulaylik tug‘diradi. 

Bu  narsadan  cho‘chimaslik  kerak.  «O‘zbekistan»  navli  bug‘doydan 




367 

 

tayyorlangan  undan  kepagini  ko‘p  ajratmasdan  pishirilgan  non 



aytilgan  nonlarning  o‘rnini  bemalol  bosa  oladi.  Oyida  ikki-uch  marta 

(iloji  bo‘lsa,  bundan  ham  ko‘proq)  daryo  va  ko‘llardan  tutib, 

sotiladigan  baliqlardan  homilador  onalar  uchun  xarid  qilib  turish 

mumkin. 


Homiladorlik  paytida  ayollar  tana  vazni  birmuncha  oshadi,  bu 

tabiiy  hol.  Hisob-kitoblarga  qaraganda,  homiladorlikning  ikkinchi 

yarmida  tana  vazni  haftasiga  250  g  dan  oshib  borishi  me‘yor 

hisoblanadi.  Shu  tariqa  tana  vaznining  8-10  kg  ga  ko‘payishi  ham 

xavfli emas. 

Tug‘ilgan  bolaning  har  tomonlama  o‘sib  rivojlanishi  uning 

qancha  va  qanday  sut  bilan  boqilishiga  bog‘liq.  Sutning  bu 

ko‘rsatkichlari esa ona ovqatlanishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. 

Emizikli onaning kunlik ovqati odatdagidan 1/3 baravar ko‘paytirilishi 

kerak, chunki sut hosil bo‘lishi ona vujudidan qo‘shimcha ravishda bir 

kechayu  kunduzda  500-600  kkal  energiya  sarflanishini  taqozo  qiladi. 

Yana onaning mineral moddalar va vitaminlar bilan ta‘minlanishi ham 

1,5-2 baravar ziyod bo‘lishi lozim. Emizikli ona kunlik ovqatida oqsillar 

- 120 g, yog‘lar - 100 g, uglevodlar esa 450 g dan kam bo‘lmasligi, 

umumiy quvvat esa 3200 - 3500 kkal ga teng bo‘lishi lozim. Agar ona 

suti  kam  bo‘lsa,  unga  faqat  ko‘proq  ovqat  yeyishni  tavsiya  qilish 

noto‘g‘ri, bu ortiqcha semirishga olib kelishi mumkin. Bunday onalar 

ovqatida  to‘la  qiymatli  oqsillar  (yog‘sizroq  mol  va  qo‘y  go‘shti, 

sut, qatiq va boshqalar), to‘la qiymatli yog‘ kislotalari (zig‘ir, kunjut, 

soya,  makkajo‘xori  yog‘lari,  sariyog‘  va  boshqalar)  ko‘p 

mahsulotlar  hamda  vitaminli  taomlarni  (ko‘katlar,  na‘matak  mevasi, 

limon,  apelsin,  mandarin  va  boshqalar)  serob  bo‘lishi  maqsadga 




368 

 

muvofiq hisoblanadi. Suti kam onalarga har kuni qo‘shimcha ravishda 



100  g  pishloq,  60  g  asal,  100  g  qaymoq,  10—15  dona  yong‘oq  yeb 

turish ham ancha foyda keltiradi. 




Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish