44
xodimlarni moddiy rag’batlantirishga;
moddiy-texnika
bazasini mustahkamlash, muassasani modernizatsiya
qilish va ta’mirlash, shuningdek kreditorlik qarzlarni to’lashga.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotiga ko’rsatilgan
homiylik (beg’araz) yordamidan olingan mablag’larning barcha summasi, agar
homiy bilan maxsus o’zgacha hol kelishilmagan bo’lsa, to’lig’icha moddiy-texnika
bazani mustahkamlashga sarflanadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, budjet tashkilotlarini
budjetdan tashqari
mablag’ topishga undash va yaxshi ish natijalarini rag’batlantirish maqsadida
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 dekabr 2270-son Qaroriga
muvofiq, barcha budjet tashkilotlari 2018 yil 1 yanvargacha
barcha daromadlari
(O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabr 414-son
Qarori bilan belgilangan) yuzasidan barcha soliqlar va yig’imlardan, shuningdek,
davlat maqsadli fondlariga majburiy to’lovlarni to’lashdan ozod etiladi.
O’zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksi bilan shuningdek vazirliklar,
davlat qo’mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg’armalari daromadlarini
shakllantirish manbalari belgilab qo’yilgan bo’lib, ular belgilangan tartibda davlat
bojlari, yig’imlar va soliq bo’lmagan to’lovlar, ma’muriy jarimalar hamda
moliyaviy sanktsiyalardan ajratmalar hisobidan shakllantiriladi. Jamg’arma
mablag’laridan moddiy-texnika
bazani mustahkamlash, xodimlarni moddiy
rag’batlantirish, boshqa xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.
Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning budjetdan tashqari
jamg’armalari mablag’larini shakllantirish va
ulardan foydalanish tartibi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan alohida tartibda
belgilanadi.
Bundan tashqari, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag’lari
rasman o’rnatilgan undiriladigan to’lovlar hisobidan ham shakllanadi.
Ularning
tarkibi Budjet Kodeksining 63-moddasi bilan belgilab qo’yilgan. Unga ko’ra,
budjet tashkilotlari tomonidan budjetdan tashqari mablag’lar quyidagilar hisobidan
shakllantiriladi:
45
o’quvchilar
va
tarbiyalanuvchilar
davlat
maktabgacha
ta’lim
muassasalarida, umumta’lim maktablarining kuni uzaytirilgan guruhlarida,
maktab-internatlarda,
olimpiya
zaxiralari
kollejlari
va boshqa ta’lim
muassasalarida saqlab turilganligi uchun;
o’quvchilar bolalar musiqa va san’at
maktablari hamda maktabdan
tashqari ta’lim muassasalarida ta’lim olganligi uchun;
oliy va o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olganlik
uchun;
statsionar davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotganlar tarkibi
ovqatlanishi uchun;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi undiriladigan to’lovlar.
Undiriladigan to’lovlarning miqdorlari, ularni kiritish va ulardan foydalanish
tartibi, shuningdek undiriladigan to’lovlar bo’yicha
imtiyozlar qonun hujjatlari
bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: