O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ′ lim vazirligi



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/173
Sana16.03.2022
Hajmi3,72 Mb.
#494449
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   173
Bog'liq
ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi

Asosiy almashinuv 
Asosiy almashinuv deganda vujudning to‘liq tinchlik holatida
hazm qilish yo‘lida oziq moddaliri bo‘lmagani, tashqi muhit harorati 
optimal bo‘lgan paytda undagi barcha tiriklik jarayonlarini ta'minlash 
uchun sarflanadigan minimal quvvat tushuniladi. Asosiy almashinuvni 
qayd qilish tanaga hyech qanday ekzo- va endogen omillar ta'sir 
etmasdan turganda, muhit harorati 18-20 
0
C bo‘lganida va oxirgi 
ovqatlanishdan kamida 12 soat o‘tganidan keyin amalga oshiriladi va 
u ma'lum vaqt davomida ajralib chiqqan kilokaloriya (kkal) yoki 
kilojoullarda (kj) ifodalanadi. Eslatib o‘tamiz, 1 kkal 1litr suvni 1
0

isitish uchun ketgan issiqlik miqdori bo‘lib, u 4,18 Kj ga teng. Kjhalqaro 
birlik hisoblanadi, 1 kkal 1000 kal ga Kj 1000 joulga teng. Asosiy 
almashinuvni aniqlashdan maqsad shuki, kishining har qanday faol 
faoliyati uchun sarflanadigan quvvati uning asosiy almashinuviga 
nisbatan o‘lchanadi. 
Asosiy almashinuv katta olamlarda o‘rtacha har bir kg tana 
vazni hisobida 1 soat davomida 1 kkal ga teng deb qabul qilingan. 


281 
Uning kattakichikligiga, kishining yoshi, tana massasi va bo‘yi hamda 
jinsi asosiy ta'sir ko‘rsatuvchi omillar bo‘lib hisoblanadi. Bir 
odamning o‘zida asosiy almashinuv aniq bir o‘zgarmas ko‘rsatkich 
bo‘lmasdan, u (10-15 % gacha) o‘zgarib turadi, shuning uchun uni bir 
necha marta o‘lchab o‘rtachasini chiqarish kerak. Asosiy 
almashinuvni o‘lchashda oldindan hisobkitob qilib topilgan maxsus 
formulalardan foydalaniladi.
Erkaklar uchun bunday formula: 
B = 66,4730 + 13,7516 P + 5,0033 H – 6,7550 A. 
Ayollar uchun esa :
B = 655,0955 + 9,5634 P + 1,8496 H – 4,6756 A. 
B – asosiy almashinuv (Kkal/ kun) 
P – tana massasi (kg) 
H – bo‘y uzunligi (sm) 
A – yosh (yillarda). 
Yosh bolalarda asosiy almashinuv har bir kg tana vazniga ko‘ra 
kattalarnikiga nisbatan yuqori bo‘ladi. Endi tug‘ilgan bolada bir 
kecha – kunduzda u 50 kkal ga teng bo‘lib, bola 2 yoshga to‘lguncha 
tez o‘sadi va bu yoshning oxiriga kelib kattalarnikiga qaraganda 30–40 
% ziyod bo‘ladi. Yosh bolalarda asosiy almashinuvning yuqoriligi 
ularda tana hujayralarining yuqori faolligi va to‘qimalarining tez 
o‘sishi bilan izohlanadi. 
Bola yoshi 14–15 ga yetganda asosiy almashinuv ham kamaya 
boshlaydi. Uning asosiy sababi yosh oshib borishi bilan tanada 
oksidlanish jarayonlarining pasayib borishidadir. 
Asosiy almashinuv tanadagi barcha a'zolar va to‘qimalar 
to‘xtovsiz faoliyat ko‘rsatib turishining ko‘rsatkichi bo‘lganligi 


282 
sababli, tana vazni qancha yuqori bo‘lsa u shuncha katta bo‘ladi. 
Mushaklar, suyaklar, yog‘ va boshqa to‘qimalar tananing umumiy 
vaznini tashkil qilib, ularning oz – ko‘pligini ham asosiy almashinuv 
ko‘rsakichiga ta'sir qiladi, masalan, bir xil tana vazniga ega va 
mushaklar tizimi yaxshi rivojlangan kishilar tanasida yog‘ to‘qimalari 
ko‘p bo‘lgan semiz odamlarga qaraganda asosiy almashinuv yuqori 
bo‘ladi. Shu bois tana – to‘shi atletik tuzilishga ega odamlarda aynan 
shu vaznda boshqalarga qaraganda asosiy almashinuv o‘rtacha 5% 
katta bo‘ladi. Semirish darajasi qancha yuqori bo‘lsa, asosiy 
almashinuv shuncha kamayib boraveradi. Sog‘lom tana vazni 
me'yoridagi odamda soatiga har 1 kg tana vazniga nisbatan ushbu 
ko‘satkich 0,90 kkal bo‘lsa, birinchi darajali semiz kishilarda 0,70 kkal, 
ikkinchi darajali semiz odamlarda 0,63 kkal ga tengligi aniqlangan. 
Vujudda quvvat almashinuviga faol ta'sir ko‘rsatuvchi omillarga 
havo harorati, tana yuzasining kengligi, asab va endokrin tizimlarining 
qo‘zg‘alishi, ovqatlanish va bajariladigan jismoniy hamda aqliy 
ishlarni kiritish mumkin. Havo harorati 10 
0
C pasaysa, tananing quvvat 
sarfi shuncha foizga oshadi. Tana yuzasi qancha katta bo‘lsa, tashqi 
muhitga issiqlik berish, ya'ni quvvat sarfi shuncha yuqori bo‘ladi. Asab 
tizimida 
kuzatiladigan 
oshiqcha 
qo‘zg‘alish, 
asabiylashish, 
achchiqlanish, xafa bo‘lish, kuyunish tegishli hujayra va to‘qimalarda 
oksidlanish 
jarayonlarini 
jadallashtirib, 
energiya 
almashinuvni 
kuchaytiradi. 
Ichki sekretsiya bezlari faoliyatining jadallashuvi bilan quvvat 
almashinuvining kuchayishini qalqonsimon bez misolida aniq ko‘rish 
mumkin. Bu bez qonga me'yordan ko‘p teroksin gormonini 


283 
chiqarganda yuzaga keladigan bazedov kasalligiga yo‘liqqan odamda 
quvvat sarflash ancha yuqori bo‘ladi.
Tanada quvvat sarflanishini ovqatlanish omili anchagina 
kukchaytiradi. Bu narsa ovqatning spetsifik-dinamik ta'siri deyiladi. 
Ovqatni chaynash, og‘iz bo‘shlig‘i, me'dada tegishli hazm shiralari 
bilan aralashtirib ichaklarga o‘tkazish hali u qonga so‘rilmasdan 
quvvat almashinuvini kuchaytiradi. Turli oziq moddalari turlicha ta'sir 
kuchiga ega. Eng kuchli o‘zgarish oqsillar iste'mol qilinganida kuzatilib, 
bu vaqtda quvvat sarfi asosiy almashinuvga nisbatan 30–40% 
ko‘tariladi. Ayniqsa, tuxum va qo‘y go‘shti tarkibidagi oqsillar bu 
borada kuchliligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun qon bosimi yuqori 
odamlarda bu mahsulotlarni iste'mol qilish yurak urishini tezlashtiradi, 
bosim yanada ko‘tarilib, kishi bezovtalanadi. Oqsilli taomlar ko‘proq 
iste'mol qilinganida asosiy almashinuvning yaqqol kuchayishi 
ovqatlanishdan keyin 35 soatlarda kuzatiladi va ovqatning bunday ta'sir 
kuchi 12 soatgacha davom etadi. Uglevodlar va yog‘lar asosiy 
almashinuvni o‘rtacha 7% kuchaytirsa, aralash ovqatlar quvvat sarfini 
10% ga oshiradi. 
Jismoniy ish, ya'ni tana mushaklarining qisqarishi va bo‘shashi 
bilan amalga oshiriladigan har qanday faoliyat quvvat sarfini keskin 
oshiradigan omillardir. Masalan, to‘quvchida o‘rtacha har bir kg tana 
vazniga nisbatan har soatda 2,76 kkal quvvat sarflansa, bu ko‘rsatkich 
g‘isht teruvchida 5,71 kkal ga, shaxtadan ko‘mir qazib oluvchilarda 
esa 6,21 kkal ga tenglashadi.
Kishining bir kecha-kunduz davomida quvvat sarflashi shu vaqt 
ichidagi asosiy almashinuv vaovqatning spetsifikdinamik ta'siri 
ko‘rinishidagi quvvat sarfi hamda bajariladigan faoliyat uchun ketgan 


284 
quvvat yig‘indisidan iborat bo‘lib, u tananing vazniga, yoshiga, 
jinsiga va eng muhimi, bajariladigan jismoniy ish hajmiga, uning og‘ir-
engilliligiga va davomliligiga bog‘liq. Bu miqdor o‘rtacha 2200 kkal 
dan 3500 kkal gacha bo‘ladi, og‘ir jismoniy ishlar qilinganida esa 
6000 kkal gacha ko‘tariladi. 
Demak, odamning bir kecha-kunduzlik quvvat sarfi dastavval u 
amalga oshiradigan jismoniy ishning miqdori va davom etish vaqtiga 
bog‘liq ekan. 
Kishi bir kecha-kunduz davomida qancha quvvat sarflasa, ovqat 
bilan shunga ekvivalent quvvatni qabul qilishi kerak. Buning uchun 
mehnatga yaroqli turli xil kasb egalarining bajaradigan turli xil jismoniy 
faoliyat xususiyatlari, yoshi va jinsi hisobga olinib tuzilgan maxsus 
jadvallar mavjud. 
Halq xo‘jaligining turli sohalarida ishlaydigan kishilarning 
bajaradigan mehnati bevosita jismoniy faoliyat nuqtai nazaridan har xil, 
shu bois ular sarflaydigan bir kecha – kunduzlik quvvat ham 
turlichadir.Bu holat umumiy quvvat sarflanishini keng halq ommasi 
orasida aniqlashda bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shuning 
uchun bevosita ish jarayonida bajariladigan mehnatning hajmi, jadalligi 
hisobga olinib ishga yaroqli aholi 5 ta asosiy guruhga ajratilgan. Birinchi 
guruhga aqliy mehnat bilan shug‘ullanadigan, kunlik ish faoliyatida 
juda kam jismoniy harakat bajaradigan kishilar, ya'ni ilmiy xodimlar, 
jurnalistlar, idora xodimlari, rahbarlar, EHM operatorlari, nazoratchilar, 
o‘qituvchilar, dispetcherlar, pult boshqaruvchilari, ikkinchi guruhga esa 
ish jarayonida yengil jismoniy mehnat qiladigan sanoat mollari 
sotuvchilari, aloqachilar, hamshiralar, sanitarlar, talabalar, tikuvchilar, 
radioelektron sanoati xodimlari, tarozibonlar, agronomlar, haydovchilar, 


285 
konveyerda turib ishlovchilar hamda maishiy soha bo‘yicha xizmat 
qiluvchilar kiradi. Uchinchi guruhga kundalik faoliyatida o‘rtacha 
og‘irlikdagi jismoniy mehnat talab qiladigan chilangarlar, stanoklarda 
ishlovchilar va ularni sozlovchilar, avtobus, ekskavator, buldozer 
haydovchilar, jarrohlar, temir yo‘lchilar, kimyoviy zavod ishchilari 
mansub bo‘lib, to‘rtinchi guruhga og‘ir jismoniy ish bajaruvchilar, 
ya'ni paxtakorlar, sut sog‘uvchilar, poliz va sabzavotchilik bilan 
shug‘ullanuvchilar, qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘oruvchilar, 
quruvchilar, yog‘ochga ishlov beruvchilar, metallurglar kiradi. 
Beshinchi guruhga kundalik mehnat faoliyati eng og‘ir jismoniy 
mehnat bilan bog‘liq betonchilar, daraxt kesuvchilar, g‘alla va boshqa 
donlarni o‘rib yig‘ib-oluvchilar, pichan va beda o‘ruvchilar, yuk 
tashuvchilar tashkil qiladi. 
21-jadvalda aytib o‘tilgan guruh vakillarining energiya sarfi 
haqida ma'lumot keltirilgan.
22-jadval 
Turli yoshdagi aholi guruhlarining bir kecha-kunduzlik quvvat 
sarfi 
Aholi
guruhlari 
Yoshga nisbatan 
qo‘shimcha guruhlar 
Energiya miqdori, kkal 
Erkaklar 
uchun 
Ayollar uchun

18-29 
30-39 
40-59 
2450 
2000 
2100 
2000 
1900 
1800 
II 
18-29 
30-39 
40-59 
2800 
2650 
2500 
2200 
2150 
2100 


286 
III 
18-29 
30-39 
40-59 
3300 
3150 
2950 
2600 
2550 
2500 
IV 
18-29 
30-39 
40-59 
3850 
3600 
3400 
3050 
2950 
2850 

18-29 
30-39 
40-59 
4200 
3950 
3750 



21-jadvalda keltirilgan, raqamlarni tamoman o‘zgarmas deb 
qarash noto‘g‘ri, chunki vaqt o‘tishi bilan mehnat sharoiti o‘zgarib 
baradi, ishlab chiqarishda turli yordamchi vositalar paydo bo‘ladi. 
Ikkinchi tomondan ekologik nomutanosiblik ham quvvat sarfiga ta'sir 
ko‘rsatishi mumkin. Shu bois kishilarning quvvat sarfi me'yori tegishli 
vaqt o‘tishi bilan qayta ko‘rib chiqiladi. Keltirilgan ma'lumotlar 1992 
yili e'lon qilingan tegishli hujjatlardan olingan. 22-jadvalda har bir guruh 
uchun mo‘ljallangan asosiy oziq moddalarining miqdori haqida 
ma'lumot keltirilgan.
23-jadval.
Turli yoshdagi aholi guruhlari uchun mo‘ljallangan oqsil, yog‘ 
va uglevodlarning miqdori (gramm hisobida) 
Aholi
guruh-
lari 
Yoshga 
nisbatan 
qo‘shim-
Erkaklar uchun 
Ayollar uchun 
Oqsillar 
Jami Hayvon Yog‘- Ugle- Jami Hayvon Yog‘- Ugle- 


287 
24-jadval 
Bolalar va o‘smirlarda bir kecha-kunduzlik quvvat sarfi va
asosiy oziq moddalariga talab me'yori 
Yoshi
Jinsi
Energiya 
(kkal) 
Oqsillar
(g) 
Yog‘lar
(g) 
Ugle- 
vodlar 
(g) 
Eslatma
Jami hayvon
cha gu-
ruhlar 
oqsili 
lar 
vodlar 
oqsili 
lar 
vodlar 

18-29 
30-39 
40-59 
72 
68 
65 
40 
37 
36 
81 
77 
70 
358 
335 
303 
61 
59 
58 
34 
33 
32 
67 
63 
60 
289 
274 
257 
II 
18-29 
30-39 
40-59 
80 
77 
72 
44 
42 
40 
93 
88 
83 
411 
387 
366 
66 
65 
63 
36 
36 
35 
73 
72 
70 
318 
311 
305 
III 
18-29 
30-39 
40-59 
94 
89 
84 
52 
49 
46 
110 
105 
98 
484 
462 
432 
76 
74 
72 
42 
41 
40 
87 
85 
83 
378 
372 
366 
IV 
18-29 
30-39 
40-59 
108 
102 
96 
59 
56 
53 
128 
120 
113 
566 
528 
499 
87 
84 
82 
48 
46 
45 
102 
98 
95 
462 
432 
417 

18-29 
30-39 
40-59 
117 
111 
104 
64 
61 
57 
154 
144 
137 
586 
550 
524 


288 
oqsili 
0-3 
oy
115 
2,2 
2,2 
6,5 
13 
Bir yosh 
gacha
bo‘lgan
bolalarda
barcha
ko‘rsatkich 
lar har bir
kg tana
vazniga
nisbatan
kg hi- 
sobida 
ketirilgan 
4-6 
oy 
115 
2,6 
2,5 
6,0 
13 
7-12 
oy 
110 
2,9 
2,3 
5,5 
13 
1-3 
yosh 
1540 
53 
37 
53 
312 
4-6 
yosh 
1970 
68 
44 
68 
272 

yosh 
2000 
69 
45 
67 
285 
7-10 
yosh 
2350 
77 
46 
79 
335 
11-
13 
yosh 
o‘g‘il 2750 
90 
54 
92 
390 
qiz 
2500 
82 
49 
84 
355 
14-
17 
yosh 
o‘g‘il 
3000 
98 
59 
100 
425 
qiz 
2600 
90 
54 
90 
360 
25-jadval 
Qariyalar, homilador ayollar, emizikli onalarning bir kecha-kunduzlik 
quvvat sarfi va asosiy oziq moddalariga bo‘lgan talab me'yori 


289 
Yoshi
Jinsi
Energiy
a (kkal) 
Oqsillar
(g) 
Yog‘la
r
(g) 
Uglevodla
r (g)
Eslatma
Ja
mi
Shun- 
dan 
hayvo

oqsili 
Erkaklar
Ayollar 
Xomilado
r ayollar
Emizikli 
onalar 
60-
74 
75+ 
60 
74 
75+ 
2300 
1950 
1975 
1700 
+35 

+47 

68 
61 
61 
55 
+3

+3

37 
33 
33 
30 
+20 
+23 
77 
65 
66 
57 
+12 
+15 
335 
280 
284 
242 
+30 
+3 
(+) Homilador 
ayollar 
va 
emizikli 
onalarda 
te 
gishli 
yoshdagi 
ayollar 
ko‘rsatkichla
riga 
qo‘shimcha 
ravishda 
hamda 
ko‘rsatilgan 
yoshdan 
yuqorisi 
26-jadval 


290 
Ayrim kasb egalarining bir kecha-kunduzlik quvvat sarfi (kkal 
hisobida) 
Kasb egalari 
Jinsi
Energiya
sarfi 
O‘qituvchilar
erkaklar 
ayollar
2804 
2586 
Ilmiy xodimlar, aqliy mehnat bilan 
shug‘ullanuvchilar 
erkaklar 
ayollar 
2792 
2257 
Shahar transport haydovchilari 
erkaklar 
ayollar 
2900 
2400 
Qishloq xo‘jalik xodimlari 
erkaklar 
3021 
Traktor haydovchilari 
erkaklar 
3550 
Yuk mashina haydovchilari
erkaklar 
3400 
Tovuqchilik fermasida ishlaydiganlar 
ayollar 
2955 
Sut sog‘uvchilar 
ayollar 
3206 
O‘rim-yig‘im 
ishlari 
bilan 
shug‘ullanuvchilar 
erkaklar 
ayollar 
3915 
3600 
Xashak yig‘uvchilar 
erkaklar 
ayollar 
4727 
4260 
O‘roqchilar
erkaklar 
5280 
yer haydashda plug boshqaruvchilar 
erkaklar 
5000 
Pichan bog‘lovchi, g‘aram qiluvchilar 
erkaklar 
5600 
Yuqoridagi jadvallarda quvvat sarfi haqidagi ma'lumotlar o‘rtacha 
raqamlar bo‘lib, o‘zgarmas emas. Har bir kasb egasining bu boradagi 
ko‘rsatkichlarini aniq belgilash uchun tegishli asbobuskuna va 


291 
laboratoriya jihozlaridan foydalanilgan holda tadqiqotlar o‘tkazish 
kerak. Ular maxsus laboratoriyalarda mutaxassislar tomonidan olib 
boriladi va tegishli ma'lumotnomalarda foydalanish uchun e'lon qilinadi. 
Yuqoridagi 25-jadvalda ayrim kasb egalarining kunlik quvvat sarfi 
haqida ma'lumot berilgan. 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish