O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ′ lim vazirligi



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/173
Sana16.03.2022
Hajmi3,72 Mb.
#494449
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   173
Bog'liq
ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi

Simob 
 
Simob ham og‘ir sanoati rivojlangan shaharlarning suvi, havosi 
va oziqovqat mahsulotlarida uchrab turadigan zaharli unsurlardan 
biridir. Simob bilan zaharlanish oqibatida bosh og‘rig‘i, bosh 
aylanishi, uyqusizlik, sochlarning tushib ketishi, xotira pasayishi, 
asabiylashish, qonda oq qon tanachalarining kamayib ketishi natijasida 
yuqumli kasalliklar bilan teztez xastalanish hollari yuz beradi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlar orqali oqib o‘tgan daryolar 
suvidagi simob ko‘pincha baliqlar tanasida to‘planib qoladi, bunday 
baliqlarni iste'mol qilgan kishilar zaharlanishi mumkin. 
Hozirgi paytda ekologiyaning yomonlashib, sanoatning rivojlanishi 
daryo va dengiz suvlarida simob miqdorini oshirib yubormoqda. 
Ushlanadigan baliqlar va boshqa oziqovqat mahsulotlarida simob 
miqdori har bir kg mahsulotda 0,5 mg dan oshmasligi kerak.
OVQATLANISH MEYORLARI VA TARTIBI 
Vujudda quvvat almashinuvi
Ovqatlanish me‘yorlarni va tartibini aniqlashda organizmdagi 
quvvatning almashinuvi katta ahamiyatga ega. Vujudning tiriklik va 
hayot kechirishi bilan bog‘liq barcha jarayonlar, ya'ni yurak urishi, qon 
tomirlari bo‘ylab qon harakati, nafas olish, hazm a'zolarining faoliyati, 
jigar, taloq, buyraklar, ichki sekretsiya bezlari, asab tizimining ishlashi, 


279 
mushaklarning qisqarib bo‘shashishi, hujayra to‘qimalarning 
ko‘payishi va yangilanishi, mehnat faoliyati va boshqalar tegishli 
miqdorda quvvat sarflanishi bilan amalga oshiriladi. Bu quvvat esa 
tanaga iste'mol qilinadigan ovqatlardagi asosiy oziq moddalari 
uglevodlar, yog‘lar va oqsillar bilan o‘tadi. Shuningdek qabul qilingan 
oziq moddalar hisobidan vujudning o‘ziga tegishli bo‘lgan hujayra va 
to‘qimalari yuzaga keladi hamda yangidan hosil bo‘lgan organik 
moddalarning kimyoviy yo‘l bilan parchalanishidan tegishli energiya 
ajralib chiqib, u vujudning qayd qilingan barcha ehtiyojiga sarflanadi. 
Mana shu sarf qilinadigan umumiy quvvat asosiy almashinuv energiyasi, 
ovqatning spetsifikdinamik ta'siri uchun ketadigan energiya va tananing 
tashqi faoliyatiga sarflanadigan quvvat kabi 3 tarkibiy qismdan iborat. 
Har qanday vujudning barcha faoliyatlar uchun sarflagan jami 
quvvati iste'mol qilinadigan ovqati tarkibi hisobidan qoplanishi kerak. 
Kun uzog‘ida yeyiladigan barcha taomlardagi quvvatning sarflangan 
quvvatga teng bo‘lishi vujuddagi barcha hayotiy vazifalarning 
me'yorda borishini ta'minlaydi, agar u kam bo‘lsa bajariladigan amaliy 
ishlar samaradorligi pasayadi. Agar bu hol surunkali davom etsa, odam 
ozib, bir qator xastaliklarga duchor bo‘lishi mumkin. Iste'mol taomlari 
bilan tanaga kirgan quvvatning vujud tomonidan sarflangan 
energiyadan ko‘p bo‘lish hollari ham kishilar hayotida ko‘p 
kuzatiladi va bu holning ham o‘ziga xos salbiy tomonlari bor, masalan, 
ehtiyojdan ortiqcha quvvat eng avval semirish va u bilan bog‘liq 
ko‘pgina davr kasalliklariga olib keladi. Qolaversa, me'yoridan ortiq 
quvvat qabul qilish ortiqcha ovqat iste'mol qilish bilan amalga 
oshirilganligi uchun bu hol oila va jamiyat byudjetiga ham salbiy ta'sir 
qilib, iqtisodiy qiyinchiliklar tug‘diradi. Hozirgi paytda yuqorida qayd 


280 
qilingan har ikkala mutanosiblik har bir davlat, xalq orasida uchrab
kishilar sihatsalomatligini muhofaza qilishda, mehnat unumdorligini 
oshirishda, oziiqovqat mo‘lko‘lchiligini ta'minlashda iqtisodiy 
barqarorlikni vujudga keltirishda bir qator muammolarni paydo 
qilmoqda. Bu muammolarni yechishda masalaning siyosiy va ijtimoiy 
jihatlaridan tashqari yana kishilar orasida ovqatlanish madaniyatining 
to‘g‘ri shakllanishi va uning yuqori darajada bo‘lishi muhim 
ahamiyat kasb etadi. Tanada quvvat sarflanishi va u bilan bog‘liq 
jarayonlar haqida har bir kishi tegishli tasavvurga ega bo‘lishi lozim.

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish