Savol va topshiriqlar:
Eukariot hujayralarga qaysi yo'l bilan bo'linib ko'payish xos? Prokariotlar uchun-chi?
Prokariotlarda oddiy binar ko'payish qanday kechadi?
Mitoz nima? Mitoz fazalarini tavsiflang.
Qanday qilib mitoz bo'linish natijasida qiz hujayralar aynan bir xil irsiy axborotga ega bo'ladi? Mitoz qanday biologik ahamiyatga ega?
Mitoz (a) va meyoz (b) bo'linish natijasida qanday xromosoma to'plamiga ega hujayralar hosil bo'ladi?
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:
1-topshiriq. Mitoz jarayoni bosqichlari aks ettirilgan rasmlar raqamlarini mos ravishda jadvalga yozing.
Щ
|
Ш
|
Щ
|
|
|
|
1
|
2
|
3
|
4
|
|
Ф
|
|
|
|
|
|
|
|
5
|
6
|
7
|
8
|
|
Interfaza -
|
Profaza -
|
Metafaza -
|
Anafaza -
|
Telofaza -
|
2-topshiriq. Xromosoma soni - n, xromatidaniki - с. Odamning somatik hujayralarida interfaza va mitozning quyidagi davrlarida n va c ning nisbatlarini o'rtasidagi muvofiqlikni o'rnating. 1) G1 davri; 2) G2 davri; 3) profaza; 4) metafaza; 5) anafaza oxirida hujayraning har bir qutbida; 6) telofazaning oxirida har bir qiz hujayrada.
a) n = 23, с = 23 b) n = 23, с = 46 c) n = 46, с = 46 d) n = 46, с = 92
10-Mavzu: Laboratoriya ish- 1. Umumbiologik qonuniyatlarga doir masala va mashqlarni yechish. Oraliq nazorat.
Reja:
1.Umumbiologik qonuniyatlarga doir masala va mashqlarni yechish.
2.Oraliq nazorat.
Umumbiologik qonuniyatlarga doir masala va mashqlar yechish.
Maqsad: hayotning molekula va hujayra darajasidagi umumbiologik qonuniyatlarga doir masalalar yechish orqali biologik obyektlarda boradigan jarayonlarni kuzatish, tajribalar o'tkazish va xulosa qilish kompetensiyasini shakllantirish.
Материал: hayotning molekula va hujayra darajasidagi umumbiologik qonu- niyatlarni aks ettiruvchi rangli rasmlar, slaydlar.
Ish tartibi:
DNK va RNKning tuzilishiga doir masalalar yechish.
Oqsil biosinteziga doir masalalar yechish.
Hujayrada energiya almashinuviga doir masalalar yechish.
Xulosa.
DNK va RNKning tuzilishiga doir quyida berilgan masalalarni yeching.
DNK molekulasi 6000 nukleotiddan iborat. Shu DNK molekulasining uzunligini aniqlang.
DNK molekulasi 3000 nukleotiddan iborat, shundan 650 tasini sitozinli nukleotidlar tashkil etadi. Shu DNK molekulasining uzunligini va boshqa nukleotidlar sonini aniqlang.
Bir zanjirda GTCATGGATAGTCCTAAT nukleotidlar ketma-ketligi bo'lgan DNK molekulasidagi vodorod bog'lar sonini aniqlang.
Tekshirishlar natijasida i-RNK tarkibida 34% guanin, 18% uratsil, 28% sitozin, 20% adenin borligi aniqlandi. Mazkur i-RNK uchun matritsa bo'lgan DNK tarkibidagi nukleotidlarning % larini aniqlang.
DNK molekulasining uzunligi 850 nm ga teng. DNK molekulasidagi nukleotidlar sonini aniqlang.
Izoh: qo'shni nukleotidlar orasi 0,34 nm, bir nukleotid qoldig'i o'rtacha 345.
Do'stlaringiz bilan baham: |