2- variant. Namunagao‘xshash bir necha narsani topish: „Shu (ko‘k) rangdagi hamma kubiklarni mana bu qutichaga sol“ . Hamma kichkina ayiqlarni mana bu qutichaga sol“ .Tarbiyachi mashg‘ulot oxirida: „Sen qutichaga qanday ayiqlarni solding?“ — degan savolni beradi.
3- variant. Bolalarga narsalami guruhlarga ajratish topshiriladi. Narsaning quyidagi belgilari aytiladi: narsaning nimaga kerakligi (bu qurilish m ateriali, undan qurish uchun foydalaniladi; bum o‘yqaIam, u bilan rasm chiziladi va hokazo), rangi, o‘lchami.
Pedagog (tarbiyachi) kundalik hayotiy vaziyatni tashkil qiladi yoki undan foydalanadi, bunda bitta bola yoki bir necha bola narsalarni tanlab oladi yoki guruhlarga ajratadi. Masalan, qurishda ishlatilishi mumkin bo‘lgan hamma materiallarni yashikka solish, qog‘irchoqlarni esa tokchaga terib qo‘yish, rasm soladigan barcha mo‘yqalamlami yig‘ib, qutichaga solish, bitta savatga hamma katta koptoklarni, boshqasiga esa kichkina koptoklarni solib q o ‘yish.
Oldin bolalar narsalarni bitta belgisiga qarab, keyinroq esa ikkita belgisiga qarab tanlab oladilar.Hargal kichkintoylardan biri narsalar qanday umumiy belgi asosida guruhga birlashtirilganini va o‘zi nima qilganligi hamda nima uchun shunday qilganligini aytib berishi muhimdir. Bunday qilish bolalarni ongli harakat qilishga o‘rgatadi. Bunday mashqlar natijasida bolalar hatto bitta ummiy belgisi b o‘lgan turli xil narsalarni ham bir guruhga birlashtirish mumkinligini tushuna boshlaydilar. Endi ular mazkur guruhga mansub narsalarning 2 ta umumiy belgisini ajratib ko‘rsata oladilar. Bundan tashqari, bolalarda aytilgan belgilarga qarab narsalarni taqqoslash va tanlash (ajratib olish) uchun bir-birining yoniga, ustiga q o ‘yish usullaridan foydalanish ko‘nikmasi mustahkamlanadi.Bir xil narsalardan gumhlar tuzishda va guruhlam ayrim narsalarga bolib tashlashda jam soat bo‘lib bajariladigan oyin mashqlari miqdor haqidagi tasavurini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bu mashqlar davomida bolalar har bir guruh (toplam)ning ayrim narsalardan iborat ekanligini tushunishlari, guruh ichidan ayrim narsalarni ajratib olishni o'rganishlari, yaxlit toplam bilan uning elem enti o‘rtasidagi nisbatni aniqlashlari kerak. Bolalarni 31 guruhlarga birlashtirilgan narsalarning umumiy belgilarini korabilishga va nomlarini ayta olishga, guruhni yaxlit bir butu narsa deb idrok etishga orgatish davom ettiriladi.Yigindidagi hamma narsalarning 2 umumiy belgisini ajratib ko‘rsatish bilan birga, bolalar shu guruhdagi narsalarning faqat biror qismi uchungina umumiy bolgan belgilarni, ya’ni boshqa qismlarining belgisidan farq qiluvchi belgilarni ham korishga o‘rganadilar. Ular guruhni bir necha guruhga boladilar, y a’ni toplamni toplam chalarga ajratadilar. Masalan, guldastada kop gullar borligini, ularning ba’zilari qizil, ba’zilari esa oq ekanligini,qizil gullar kam, oq gullar kopligini aniqlaydilar. Bolalar ana shunday qilib toplamlardagi sonlar bilan to‘plamchalardagi sonlarni taqqoslashga, ular o‘rtasidagi miqdoriy nisbatni aniqlashga tayyorlanadilar.
Birinchim ashg‘ulotda bir-biriga aynan oxshash (rangi, hajmi bir xil) o‘yinchoqlar yigindisi toplanadi. Guruhda nechta bola bolsa, o‘sh ancha o‘yinchoq olinadi. Birdaniga judako‘p bir xil o‘yinchoqlaming kutilmaganda paydo bo‘lib qolishi kichkintoylarni
quvontirib yuboradi. Pedagog (tarbiyachi) o‘yinchoqlar (quyonchalar va boshqalar)ning ko‘pligiga diqqatni jalb etib, awal bolalarga bittadan o‘yinchoq beradi, songra esa barcha o‘yinchoqlami ulardan olib, yana bir joyga to‘playdi. Bolalarning diqqati bir to‘da narsa qanday qilib ayrim narsalarga bo‘linishiga va ayrim narsalardan qanday qilib torda hosil qilinishiga jalb etiladi. Bolalar o‘yinchoqlarni navbati bilan tarqatadilar va yig‘ib oladilar. Pedagog (tarbiyachi) ularning harakatini kuzatib turadi va to‘dadan o‘yinchoqlar olinsa to‘da kichraya (kamayib) borishini, bolalarniig har biri unga oz o‘yinchogini qoshganda esa kattalashib (kopayib) borishini takidlaydi.32To‘dadagi narsalar sonining asta-sekin kamaya va kopaya borishini kichkintoylar yaxshi ko‘ra bilishlari kerak. Pedagog (tarbiyachi) m ashqlar davom ida bolalarni k o ‘p, bitta, bittadan, bitta kam , hech narsa yo‘q so‘zlarini qoNlashga undaydi. Nechta? Nechtadan? deb savollar beradi. Bolalarning narsalar nomini ham , ularning miqdorini ham (bitta, k o‘p) to‘g‘ri aytishlarini kuzatadi.
U larning yig‘indidagi barch anarsalar uchunumumiy bolgan belgilarni aytib berishlari muhim ahamiyatga ega. (Q uyonchalarni o‘ynash mumkin , hamma quyonchalar oppoq, archalar yashil va shu kabilar). Pedagog (tarbiyachi) mashqni yana bir marta takrorlagach , oyinchoqlarni almashtiradi. Materialning almashtirilishi bolalarning qiziqishini oshiradi va bilimlarini yakunlashga yordam beradi.
Ikkinchi mashg‘ulot xuddi birinchi mashg‘ulot singari otkaziladi. Awal birinchi mashgulo tda foydalanilgan o‘yinchoqlarning biror turi ustida ish olib borish maqsadga muvofiqdir. Bu narsa bolalarn ing tegishli lugat boyligini boyitish (aktivlashtirish) im konini beradi. Shundan so‘ng o‘yinchoq yoki buyumning yangi turi olinadi. Ular endi aynan o‘xshash bomasligi, balki birbiridan farq qiluvchi belgilarga ham ega bo‘lishi mumkin, masalan,sariq va havo rang kubiklar, sariq va havo rang m ashinalar yoki qol chiroqlari, katta va kichik ayiqchalar va hokazo. 0‘yinchoqlar endi guruhlarga bo‘linadi. Sariq tasm alar bitta vazachaga, havo rang tasmalar esa boshqa vazachalarga joylashtiriladi; katta qalamlar qutisi bir to kchaga, kichkinalari esa boshqa to kchaga qo‘yiladi.Pedagog (tarbiyachi) bolalarni guruhdagi hamma narsalar uchun umumiy (mushtarak) bo‘lgan belgilarni, shuningdek, muayyan guruhgacha kiruvchi narsalar uchungina umumiy bo‘lgan hamda yig‘indidagi barcha narsalar uchun umumiy bo‘lmagan belgilarni ajrata va ayta bilishga o‘rgatadi: O‘yinchoq mashinalar, ammo mana bu tokchada katta o‘yinchoq mashinalar joylashgan, ana shutokchada esa kichik o‘yinchoq mashinalar joylashgan. Katta va kichik o ‘yinchoq mashinalar ko‘p “ , „Tasmalar ko‘p. Tasmalar bilan mashinalarni bezatish mumk in . Ba’zi tasmalar yashil rangli, ba ’zilari esa havo rangli. Havo rang va yashil tasm alar ko‘p “ .
Do'stlaringiz bilan baham: |