O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta masus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi o’rta professional ta’limning



Download 11 Mb.
bet249/272
Sana12.04.2022
Hajmi11 Mb.
#545120
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   272
Bog'liq
Математик тасав.шакл.Мажмуа

3-bosqich.
Yakuniy
(10 daq.)

Mashg’ulot yakuni:
Faol o’quvchilarni baholaydi va rag’batlantiradi
Uyga vazifani berilishi:
Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi

Baholari bilan tanishadilar
Topshiriqlarni yozib oladilar

O’qituvchi: ________________________________ _________________
1-ILOVA
Mavzu: MTT –larda bola shaxsini rivojlantirishda “Qurish- yasash, konstruksiyalash va matematika” markazini tashkil etish.
Tayanch so`z va iboralar: qurush yasash, konstruksiyalash, markaz, o`yinlar, tarqatma material.
R E J A

  1. MTT –larda bola shaxsini rivojlantirishda “Qurish- yasash, konstruksiyalash va matematika” markazini tashkil etish.

  2. Qurish- yasash, konstruksiyalash va matematika” markazida ishlash

  3. Qurish- yasash, konstruksiyalash va matematika” markazida jihozlash.

Konstruksiyalash va matematika markazida turli xil va shakldagiqurilish elementlari mavjud bo‘lib, bolalar ulardan o‘z fantaziyasiga tayangan xoldainshootlar bunyod etadilar: misol uchun ko‘rgan tarixiy obidalari, uylar, garajlar,ferma va shu kabilar. Qurilish bilan mashg‘ul bo‘lgan bolalar bu yerda juda ko‘pnarsalarni o‘zlashtirib oladilar. U bolalarning matematik qobiliyatlarinirivojlantirishga, ijtimoiy ko‘nikmalarni egallashga yordamlashadi, muammolarni xaletish tajribasini beradi. Bu yerda, shuningdek, ijodiy yondashishni namoyon etish va


bajariladigan ishga diqqatni jalb etishni o‘rganish mumkin. Ushbu markazgatarbiyachilar va bolalar xoxish-istagiga ko‘ra ko‘plab turli narsalarni – o‘yinchoqmashinalar, yuk mashinalari, samolyotlar, gazlama bo‘laklarini qo‘shib qo‘yishmumkin.
Syujet-rolli o‘yinlar va dramalashtirish markazida bolalarda haqiqiyhayotdan olingan kichik sahna ko‘rinishlarini o‘ynashga xoxish-istak uyg‘otish uchunalbatta kerakli kiyimlar va boshqa narsalar bo‘lishi zarur. Bular ularda atrofdanimalar sodir bo‘layotganini anglash, ularni ajrata olish hamda hayotda o‘z o‘rinlarinitushunib yetishlariga yordam beradi.
Til va nutq markazida kitoblar va eshitish hamda yozish uchun o‘quvqurollari mavjud bo‘ladi. Bu tinch burchak bo‘lib, unda bolalar kitoblarni qarabchiqishlari, bir-birlariga o‘qib berishlari mumkin. Shuningdek, bu yerda tarbiyachiyoki ko‘ngilli yordamchi bolalarga kitobni ovoz chiqarib o‘qib berishi mumkin. Undabolalarga kitobchalarni o‘z qo‘llari bilan yasash, mavzu(syujet)larni o‘ylab topish vaijro etish, hikoyalar eshitish taklif etiladi.
Ilm-fan va tabiat markazida boshqotirma va konstruktor kabi bolalaryig‘ishi va bo‘laklarga ajratishi mumkin bo‘lgan narsalar bo‘lishi lozim. Bu yerda,shuningdek, bolalarning bir xilda taqqoslashlari, turlicha tasniflashlari, sanashlariuchun yordam beradigan o‘yinlar ham bo‘lishi kerak. Ushbu markazda bolalarningtabiat hodisalari haqida bilib olgan tushunchalari va ko‘chadan topilgan narsalar bilanmashg‘ul bo‘lishlari uchun foydalaniladi.
San’at markazi bolalarning o‘z ijodiy qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazish vaamalga oshirishga rag‘batlantiradi, ularga yangi materiallar bilan tanishishdanqoniqish olish imkoniyatlarini beradi, bolalarning sezish qobiliyatini boyitadi. Buyerda bo‘yoq, qog‘oz, qaychi, bo‘rchalar, qalamlar, gazlama bo‘laklari va kesishhamda yelimlash uchun turli qiyqimlar mavjud. Shuningdek, tabiiy materiallar –yog‘och, barg, qum-tuproqni ham qo‘shib qo‘yish foydadan xoli emas. Ushbumarkazdagi mashg‘ulotlar ijodiy qobiliyat, so‘z orqali va so‘zsiz muloqot, umumiyva nozik harakatlanish, aqliy qobiliyatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Musiqadan va ritmika markazi butun kun davomida mashg‘ulotlarnibirlashtirish uchun foydalanish mumkin. Kuylash, harakatlar, qarsak chalish, o‘yinlar,musiqa asboblari chalish va yozilgan kuy-qo‘shiqlarni tinglash har qanday dasturniyaxshigina to‘ldiradi. Musiqaviy mashg‘ulotlar zehnni charxlaydi, ritmga, sanashgao‘rgatadi va nutqni rivojlantiradi; umumiy va nozik harakatlanishni (motorikani)rivojlantiradi va ijodiy qobiliyatni namoyish etishga imkon beradi.
Maktabgacha ta’lim sifat va samaradorligini yanada oshirish maqsadidatayyorlov guruhlari uchun mashg‘ulotlar haftaligi tashkil etish mumkin. Bundamashg‘ulotlar odatdagi tartib bo‘yicha davom etadi. Lekin har bir haftaga nomberiladi. Masalan: Matematika_haftaligi,_Nutq_o‘stirish_haftaligi,_Tabiat_haftaligi,__Tasviriy_faoliyat_haftaligi,_Badiiy_adabiyot_haftaligi'>Matematika haftaligi, Nutq o‘stirish haftaligi, Tabiat haftaligi,

Tasviriy faoliyat haftaligi, Badiiy adabiyot haftaligi kabi. Bu haftaliklar davomidabolalarga matematika, nutq o‘stirish, tabiat, tasviriy faoliyat, badiiy adabiyotga oidko‘nikmalarni rivojlantirish ishlari kuchaytiriladi. Shuningdek,Matematikahaftaligida har bir mashg‘ulot matematika bilan, Nutq o‘stirish haftaligida har birmashg‘ulot nutq o‘stirish mashg‘uloti bilan, Tabiat haftaligida har bir mashg‘ulottabiat bilan tanishtirish mashg‘uloti bilan, Tasviriy faoliyat haftaligida har birmashg‘ulot tasviriy faoliyat bilan, Badiiy adabiyot haftaligida har bir mashg‘ulotbadiiy adabiyot bilan mujassamlashtirilishi ko‘zda tutiladi. Shuningdek, ta’lim


tayyorlov guruhi bolalarining matematik tasavvurlarini rivojlantirish uchunmatematika haftaliklarida shashka musobaqalari, intellektual tadbirlar, guruhlararomusobaqalar tashkillashtirilishi taklif etiladi. Pedagoglarning vazifasi – bolalarningmuloqotga kirishishga bo‘lgan qiziquvchanligini rag‘batlantiruvchi muhitni yaratishva bolalarning o‘zgaruvchan ehtiyojlariga qarab, o‘z vaqtida kerakli sharoitlarnimoslashtirishdan hamda ularni kuzatishdan iborat. Individual yoki kichik guruhlaruchun topshiriqlar ota-onalar bilan suhbatlashgandan so‘ng, qaysidir ko‘nikmalargaalohida e’tibor berish uchun ishlab chiqiladi. Ota-onalar va oilaning boshqa a’zolarimashg‘ulotlarga kelar ekanlar, ular o‘z farzandlarida ishtiyoqning ortib
borayotganligini, intilishning o‘sayotganligin his etadilar va ta’lim jarayoni qandayketayotganligini, kelajakda bilimli, ijodkor kishilar bo‘lish uchun bolalar qanday
o‘zaro muloqot qilayotganliklari, kelishayotganliklari, izlanayotganliklari,tanlayotganliklari va bilim hamda ko‘nikmalarni egallayotganliklarining guvohibo‘ladilar. Bu ishlarning izchillikda amalga oshirilishi ta’lim sohasidaning sifat vasamaradorligini oshirish uchun muhim omil sifatida xizmat qiladi. Bolalarningmaktabga har tomonlama tayyor holda kelib bilim olishlari uchun zamin yaratadi.
Qurish-yasash materiallarining turlari. Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarga qurish-yasash faoliyatini o‘rgatishda qurilish materiali, konstruktor, qog‘ozdan, tabiat, tashlandik materiallaridan va boshqalardan foydalaniladi. Materialni turi qurish yasash turini aniqlab beradi. Qurilish materiali – mayda va yirik-geometrik figuralardan (kub, silindr, prizma va hokazo…) iborat.
Мashg‘ulotlarda qurilish materiallaridan turli xil mayda to‘plamlardan foydalaniladi. Mashg‘ulot paytida materiallar ko‘p bo‘lishi kerak. Tarbiyachi qurilish materiallaridan qurish-yasash faoliyatini tashkil etayotgan odam, hayvon, o‘simlik va transportni ifodalovchi mayda o‘yinchoqlarni tanlashi maqsadga muvofiqdir.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tevarak atrofdagi konkret narsalarni, ya’ni quyon uchun uy, mashinalar va yulovchilar uchun ko‘prik yasaydilar.


O‘yinchoqlarni qurish-yasashda ishlatish katta ahamiyatga ega, o‘yin faoliyatini rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Qurilish materiallarni ma’lum bir shkaflarda, tartib bilan saqlanadi.
Кonstruktorlar. Кatta maktabgacha yoshdagi bolalar mashg‘ulotdan tashqari konstruktorlardan (taxtali, plastmassa, metall va keramika) foydalanadilar. Bu to‘plamlar orqali turli konstruksiyalar yasash mumkin. Тarbiyachi rahbarligida bolalar oddiy birlashtirish usulidan suratlar bo‘yicha turli xil harakatli konstruksiyalar yasaydilar. Asosiy diqqat bolalarni ma’lum qismlarini birlashtirish malakalarini shakllantirishga qaratiladi. Bunda bolalarni qo‘llarini muskullari ishtirok etadi, bu yoshda qo‘l muskullari xali yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Tarbiyachi avval konstruktor yig‘ishni metodik ko‘rsatmalarini o‘rganadi. Тarbiyachi rahbarligida qurilish materiali va konstruktorlar bolalarga ketmaket beriladi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar mashg‘ulotdan tashqari vaqtda turli xil konstruktorlardan:yog‘ochli, platmassali va metalldan tayyorlangan konstruktorlardan foydalanadilar. Bu to‘plamlar yordamida qismlarning joylashtirilishi ancha murakkab bo‘lgan qurilmalar yasaydilar.
Tarbiyachi rahbarligi ostida bolalar yangi birlashtirish yo‘llarini va turli xil xarakterdagi konstruksiyalarni rasmga, chizmaga qarab yaratishga o‘rganadilar. Bu ishlarni bolalarga taklif etishdan oldin, tarbiyachining o‘zi bu konstruktorlar, ularga berilgan metodik ko‘rsatmalar bilan yaxshilab tanishib, o‘rganib chiqishi zarur. Bolalarga qurilish materiallari va konstruktorlar to‘plami hammasi birdaniga berilmaydi, balki asta-sekin, ketma-ket bolalarning o‘zlashtirishlariga qarab beriladi.
Kichik guruhlarda qurish-yasashga o‘rgatishning vazifalari.
Bolalarga qurilish materiali – kubik, g‘ishtcha, turli xil shakldagi shakllar bilan, ularning qanday holatda joylashganligi (g‘ishtcha yotibdi, turibdi) bilan tanishtiriladi. Bundan tashqari kubiklarni gorizontal holda joylashtirish, bir-birini ustiga qo‘yish, darvoza, uycha qurish kabilar ham o‘rgatiladi. Tarbiyachi qurilmalar va tevarak olamdagi tanish predmetlar o‘rtasidagi o‘xshashlikni topishni bolalardan so‘raydi.
Bolalarga asosiy qurilish materiallarini (kubik, g‘ishtcha, plastilin) farklash bilan birga ularni nomini aytish, katta, kichik, uzun, qisqa, baland, past kabi so‘zlarni ma’nosini tushunib aytish, g‘ishtchalarni orasini teng masofada joylashtirish kerakligi tushuntiriladi. Bolalarga 8-10 qurilmalar qurish o‘rgatiladi: mebel (stol, stul, divan, krovat), zinapoya, ko‘prik, uycha. Birinchi mashg‘ulotlarda bolalar oldingi guruhlarda yasalgan qurish-yasash ishlarini qaytaradilar, so‘ng bolalar mebel ko‘radilar. Avval bolalar alohida predmetlarni turli variantlarda, so‘ng 2-3qurilmalarni birdaniga qurishni o‘rganadilar (stol va stul, divan va hokazolar). Кeyingi mashg‘ulotda bolalar katta uy quradilar, 3-4 kubiklardan, so‘ng 6 kubik yoki g‘ishtchadan zinapoya quradilar. Ishning keyingi etapi – ko‘prik qurish, 2 kichik prizmadan ko‘prik qurish. Dastlabki mashg‘ulotlar g‘ishtchalarni 1 tekisda yo‘lakcha qilib terib chiqish malakalarini rivojlantirish, mustahkamlashga qaratiladi. Bolalar qisqa yo‘lka, keng yo‘lkalar quradilar.
Keyinchalik tramvay yo‘li qurishni bolalardan talab qilish mumkin. Bu mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi–bolalarga g‘ishtchalarni bir tekislikda joylashtirishga va uzun-qisqa, tor-keng kabi tushunchalarini o‘rganadilar.

NAZORAT SAVOLLARI






  1. Download 11 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish