О‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsustа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti



Download 4,43 Mb.
bet251/282
Sana21.02.2022
Hajmi4,43 Mb.
#7037
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   282
Beshinchidan, jurnalistlar va matbuot xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini davr talablari, rivojlangan davlatlarning asosida tashkil etish, bu borada uzluksiz faoliyat yuritadigan tizimni shakllantirish yurtimizda demokratik qadriyatlarning qaror topishi, chinakam erkin matbuotning vujudga kelishi, yuqorida tilga olingan masalalarning echilishiga munosib hissa qo‘shishi shubhasizdir.
Oltinchidan, mustaqillik yillarida mamlakatimizda mualliflik huquqi hamda intellektual mulkni himoya qilishning huquqiy asoslari yaratilganiga qaramay, bugungi kunga kelib uning kafolat va mexanizm-larini takomillashtirishga jiddiy ehtiyoj tug‘ilmoqda. Gap shundaki, jahondagi barcha rivojlangan demokratik davlatlarda mualliflik huquqi va intellektual mulk himoyasiga qat’iy rioya etiladi, bu boradagi vaziyat doimiy nazorat etib boriladi. Intellektual mulk qaysi sohaga tegishli bo‘lishidan qat’i nazar, u ilmiy yoki badiiy asar bo‘ladimi, olimning kashfiyoti yoki muhandisning yangi texnik ishlanmasi bo‘ladimi, musiqa asari yoki jurnalistning ijod mahsuli bo‘ladimi — barcha-barchasi ishonchli himoya qilinishi zarur. Shu ma’noda, Prezident konsepsiyasida ommaviy axborot vositalari erkinligi va mustaqilligini yanada mustahkamlash, mualliflik huquqi va intellektual mulkni himoya qilishning huquqiy kafolatlari va mexanizmlarini kuchaytirish, axborot sohasiga bozor mexanizmlarini joriy qilish bilan bog‘liq ekanini ta’kidlab, birinchi galda, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”, “Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida”, “Ommaviy axborot vosi-talarining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida”, “Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlarni ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, “Ommmaviy axborot vositalari to‘g‘risida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi va boshqa bir qator qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklifi beqiyos ahamiyat kasb etadi.
Davlatimiz rahbari “Eng asosiy mezon — hayot haqiqatini aks ettirish” asarida jurnalistlar faoliyatida “…ba’zi o‘rinlarda bilim malaka, ijodiy mahorat va mas’uliyatning etishmasligi”1 haqida to‘xtalib, “... ommaviy axborot vositalari xadimlarining o‘z bilim va malakasini muttasil oshirib borishi, muayyan sohaga ixtisolashishi”2 muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlagan edi.
Mamlakatimizda hayotning barcha sohalari kabi matbuotni rivojlantirish jarayonlari ham bosqichma-bosqich va tajdrijiy asosda amalga oshirilmoqda. Jamiyatni, ayniqsa, OAV tizimini yangilash jo‘n tushuncha emasligi, u o‘ziga xos, murakkab va g‘oyat serqirra jarayon ekanini endilikda mutaxassislar ham, keng jamoatchilik ham tushunib etmoqda.
Darhaqiqat, OAVni takomillashtirish ijtimoiy, huquqiy, ma’naviy, ma’rifiy, va strategik ahamiyatga molik masaladir. Bunda bir tamondan, jamiyatda shakllangan demokratik qadriyatlar va bozor munosabatlari, ikkinchi tamondan OAV xodimlari, jurnalistlarning tafakkuridagi o‘zgarishlar ushbu tizim rivojiga bevosita daxldor ekanini hayot ko‘rsatmoqda. Uchunchidan esa bugungi davr da’vatlari, jahonda ro‘y berayotgan voqea va hodisalarning mamlakatimizda ta’siri, buzg‘unchi g‘oyalar va vayronkor mafkuralardan aholini himoyalash vazifalari ham bu masalani bevosita aloqador ekani shubhasiz.
Prezidentimizning yaqinda nashr etilgan "Eng asosiy mezon — hayot haqiqatini aks ettirish" nomli risolasida ushbu jarayonlar bilan bog‘liq muhim konseptual masalalarning mazmun-mahiyati ochib ko‘rsatib berilgan. Ushbu asarda bu borada “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” kitobida bildirilgan xulosa va fikr-mulohazalar mantiqiy rivojlantirilgan. Unda bugungi kunda zamon o‘zgarishlari bilan ma’naviy hayotimizda har tomonlama o‘tkir va dolzarb ahamiyat kasb etayotgan muammolar, hozirgi paytda ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlarining samaradorligi va ta’sirchanligini oshirish, xususan, milliy o‘zligimizni anglash, bebaho ma’naviy merosimizni asrab-avaylash va xalqimizga etkazishda OAVning o‘rni va ahamiyati chuqur va har tomonlama tahlil etilgan. Bu murakkab masalalarning mohiyati, sabab va oqibatlarini anglab etish, ayni vaqtda ushbu sohadagi mavjud xavf-xatarlarning oldini olish bo‘yicha davrning o‘zi kun tartibiga keskin qilib qo‘yayotgan yangi vazifalar haqida fikr yuritar ekan, muallif alohida ta’kidlaydiki, "Bugun biz yangi hayot, huquqiy demokratik davlat barpo etayotgan ekanmiz, zamonning o‘zi o‘tib bo‘lgan ba’zi qarashlarni tubdan o‘zgartirishga, davr bilan hamnafas bo‘lib, yangicha fikrlashga da’vat etayotganini, o‘ylaymanki, barchamiz yaxshi anglaymiz."
Hozirgi zamonning tobora kuchayib borayotgan da’vatiga munosib javob berishga asos yaratadigan mustahkam zaminni vujudga keltirish, birinchi navbatda, huquqiy poydevor yaratilishidan boshlanishi ma’lum. O‘zbekistonda bu borada istiqlolning ilk yillaridan to‘g‘ri yo‘l tanlandi. Mustaqillik davrida qabul qilingan amaldagi ko‘plab qonunlarning muayyan bir turkumi bevosita OAV sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga bag‘ishlangani fikrimizning yorqin dalili bo‘la oladi. Risolada ta’kidlaganidek, mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarining samarali va erkin faoliyat yuritishi uchun zarur huquqiy asos, tegishli qonunlar yaratilganiga, senzura bekor qilinganiga qaramay, ularning jamiyat hayotini demokratlashtirish, yangilash va erkinlashtirish jarayonida tutgan o‘rni, mavjud muammolarni oshkora muhokama etish va echimini izlab topishdagi faolligi sezilmayotir. Xolbuki, bugungi kunda jahon miqyosida kechayotgan globallashuv jarayonlari davlatlar va xalqlar o‘rtasida integratsiya va hamkorlik aloqalarini kuchaytirish bilan birga, mafkuraviy ta’sir o‘tkazishning o‘tkir quroliga aylanib, turli siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat qilayotgani, ayniqsa, «ommaviy madaniyat» niqobi ostida aholining keng qatlamlari, birinchi navbatda yoshlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan urinishlar, oshkora va pinhona axborot xurujlari tobora kuchayib bormoqda.
OAV oldida turgan dolzarb vazifalar, ularga qo‘yilgan talablar ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, deyiladi risolada, eng asosiy hal qiluvchi talab - haqiqatni, hayotni to‘laqonli aks ettirishdan iborat, bu esa o‘z navbatida OAV xodimlari va jurnalistlarning bilim va tajribasi, professional mahorati, fuqarolik pozitsiyasiga bog‘liq. Muallif ta’kidlagani kabi, huquqiy demokratik va fuqarolik jamiyatida ommaviy axborot vositalari, jamiyatning o‘ziga xos ko‘zgusi sifatida, aholi turli guruh va toifalarining kayfiyati, talab-ehtiyojlari to‘g‘risida hokimiyat idoralarini xabardor qilishi, o‘z navbatida, uning faoliyatiga kishilarning ham ijobiy, ham tanqidiy munosabatini bildirib turishi, mavjud muammolarni har tomonlama xolisona o‘rganib, jamoatchilik e’tiboriga havola etishi lozim. Buning uchun, avvalo, mamlakat hayotining barcha sohalarida bo‘lganidek, ommaviy axborot vositalari faoliyati samarasini yanada oshirish qonun ustuvorligiga erishish, va eng muhimi, OAV xodimlari, doimo yurt va millat tashvishi bilan yashaydigan, voqea-hodisalarga to‘g‘ri baho bera oladigan, o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lgan hamda muayyan sohaga ixtisoslashgan yuksak malakali bo‘lishi zarur.
Bugungi kunda shiddatli informatsiya oqimi tarkibidagi axborotlarda bizga yot g‘oyalar va yovuz maqsad bilan “sug‘orilganlari” ham juda ko‘p. Bunday sharoitda nafaqat OAV xodimlari, balki butun ma’rifiy soha xizmatchilari, hammamizning milliy qadriyatlarimiz va ma’naviyatimizga begona turli ma’lumotlardan hali hayot tajribasi etarli bo‘lmagan, ongu tafakkuri, ahloqiy qarashlari endigina shakllanib kelayotgan yoshlarimizni avaylab-asrash, ularni ma’naviy jihatdan bu g‘oyalarga qarshi qurollantirishga yordam berishi tarixiy zaruriyat va biz uchun ma’suliyatga aylandi. Bu esa unib-o‘sib kelayotgan avlodni olamda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarning mohiyatini, sabab va oqibatlarini haqqoniy, ta’sirchan misollar orqali tushuntirish vositasida, mustaqil fikrlashga o‘rganishiga imkoniyat yaratadi. Ularning turli buzg‘unchi g‘oyalarning xuruji va tahdidini to‘g‘ri anglash, xilma-xil usullardagi tashviqotlar ta’siriga tushishining oldini olish, ayni vaqtda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirishga yanada kengroq e’tibor qaratilishiga olib keladi.
Ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishnnig ijtimoiy-siyosiy asoslari deganda, avvalo, matbuotning faoliyat yuritishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar tushuniladi. Bu borada matbuotning iqtisodiy asoslarini mustahkamlash, erkin bozor sharoitida ishlash omillarini kuchaytirish, mustaqil nashrlar faoliyati uchun zarur shart-sharoit yaratishni taqozo etmoqda. Ushbu masalaga ham yuqorida ta’kidlangan ma’ruzada alohida urg‘u beriladi: "Ommaviy axborot vositalarining iqtisodiy erkinligini ta’minlash kerak. Bu ularning mustaqil faoliyat yuritishi va rivojlanishi uchun asosiy omil bo‘lishi lozim. Biz matbuot va axborot erkinligining kafolatini bozor munosabatlari, axborot maydonida sog‘lom raqobat tamoyillarining rivojlanishida ko‘ramiz”. Bugun dunyo axborot asriga kirib ulgurdi. Eng taraqqiy etgan davlatlarning mavqei, salohiyati o‘sha yurtlarda ko‘plab omillar bilan bunga OAV ning nechog‘li rivojlangani bilan belgilanmoqda. Taraqqiyotning bosh belgisi esa jamiyatning axborotlashganligida o‘z ifodasini topmokda. YAqin-yaqinlargacha axborotlashuv jarayonlari faqat ommaviy axborot vositalarining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan edi, xolos. Endi esa manzara butkul o‘zgacha. Endilikda axborot texnologiyalari shu qadar rang-barang tus oldiki, kechagi o‘lchamlar, mezonlar, tushunchalar, imkoniyat va vositalarni tubdan yangilash zarurati ko‘ndalang bo‘lmoqda. Kompyuter texnikasi, internet tizimi, telekommunikatsiya imkoniyatlari tasavvurimizdagi ommaviy axborot vositasi degan tushunchani tamoman o‘zgartirib yubormoqda. Bugungi kunda axborotlashgan jamiyat barpo etishning eng nozik muammolaridan biri — axborot xavfsizligi masalasi nechog‘li jiddiy masalaga aylanib borayotgani ma’lum. Biz O‘zbekistonning ilmiy, madaniy va boshha sohalarda dunyo miqyosida tobora keng e’tirof etilayotganidan faxrlanamiz, ayni vaqtda, shuni ham aytish kerakki, "zamonaviy integratsiya" tushunchasi dunyo axborot makonidan mustahkam o‘rin egallashni taqozo etadi! Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari soni misli ko‘rilmagan darajada oshdi. 1991 yilda O‘ebekistonda 351 ta ommaviy axborot vositasi faoliyat yuritgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda ularning soni 1172 tadan oshib ketdi. 1991 yilda respublikada mavjud bo‘lgan barcha bosma ommaviy axborot vositalari, ya’ni 340 gazeta, 54 ta jurnal va 1 ta teleradiokanalning muasssislari davlat tashkilotlari edi. Bugungi kunga kelib, gazetalar 697 taga, jurnallar 235 taga etdi. 1991 yilda faqat bitta teleradiokompaniya tashkil etilgan bo‘lsa, hozir mamlakatimizda 75 dan ziyod teleradio studiya faoliyat yuritmoqda. 2010 yil oxiriga kelib davlat ro‘yxatiga olingan ommaviy axborot vositalarining 602 tasi, ya’ni 52 foizi davlatga qarashli bo‘lmagan OAV hisoblanadi. O‘zbekistonda amaldagi qonunga ko‘ra 124ta veb-sayt ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning barchasi xususiydir.
Bugungi kunda ularning aksariyati nodavlat va xususiy, reklama yo‘nalishida faoliyat yuritmokda. Bundan tashqari, bir qancha nashriyot va matbuot uylari ham tashkil etildi. Qator axborot agentliklari, internet tarmoqlari faoliyati mamlakatimiz aholisi uchun axborot manbai sifatida katta ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimiz axborot maydonida mustaqillik sharofati bilan fikrlar xilma-xilligi qaror topib bormoqda. Masalan, yurtimizda faoliyat yuritayotgan har bir siyosiy partiyalar o‘z nashriga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, iqtisodiyot, bank tizimidagi o‘zgarishlarni yoritib borayotgan nashrlar soni ortib bormoqsa. SHuningdek, diniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi hamda keng ommaga yo‘naltirilgan tijorat nashrlari ham paydo bo‘ldi.
YUqorida qayd etilgan risolaga tayanib bu masalani o‘rganish mustaqillik davrida OAV sohasidagi asosiy o‘zgarishlar quyidagilarda namoyon bo‘layotganidan dalolat beradi:
- ommaviy axborot vositalari milliy istiqlol mafkurasi asosida shakllanib, rivojlanib bormokda;
- xalqimizning milliy qadriyatlari, urf-odat va an’analari, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy-ma’naviy merosni o‘rganish va targ‘ib
etish tabora kuchayib va ko‘lami kengaymoqda;
- milliy ma’naviyat, ta’lim-tarbiya tizimiga oid maqola, xabar, ko‘rsatuv va eshittirishlar ko‘paymoqda;
- nodavlat tele va radio studiyalar, xususiy va tijorat-reklama
nashrlari rivojlanmoqda;
- jahon tillarida eshittirishlar tayyorlash va efirga uzatish imkoniyati kengaymoqda;
- axborot maydonida shakli, adadi, yo‘nalishidan qat’iy nazar, raqobat muhiti shakllanmoqda.
SHu bilan birga risolada OAV faoliyatida uchraydigan ayrim muammolar ham ochiq-oydin ko‘rsatib berilgan. Bu boradagi asosiy muammolar - ommaviy axborot vositalaridagi bir xillikdir, ya’ni gazeta va jurnallarning bir-biridan farq qiladigan aniq g‘oyasi, yo‘nalishi va o‘ziga xos qiyofasiga ega bo‘lishi bilan bog‘liq. SHuningdek, nashrlarning muayyan sohaga ixtisoslashuvini e’tiborga olib, o‘sha soha muammolarini chuqur o‘rganish, tahlil etish va echimini izlab topishga asosiy e’tibor berish ham dolzarb vazifaga aylandi. Bundan tashqari hayotiy muammolarni tanlay olish, mavzularni yoritishdagi izchillik, masalaga yondashuv va uslubdagi o‘ziga xoslik, ya’ni uslubiy ixtisoslashishga e’tibor qaratish lozim. Demak, ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada takomillashtirish - davr talabi. O‘zbekiston matbuotining jahon OAV tizimiga uyg‘unlashuvi, internetning global axborot maydoniga integratsiyalashuvi buni yaqqol ko‘rsatib turibdi. Kelgusida ushbu jarayonning yanada kengayishi, yangicha ma’no-mazmun kasb etishi nafaqat OAV, balki barcha Ma’naviy-marifiy soha xodimlari ma’suliyatining yanada oshishini taqazo etadi.
Mazkur risolada bayon qilingan xulosa va ko‘rgazmalar ijodkor ziiyolilar va OAV xodimlar bilan bir qatorda barcha oliy o‘quv yurtlarining falsafa tarix, siyosatshunoslik, jurnalistika, milliy g‘oya va boshqa ijtimoiy sohalarda ish olib borayotgan mutaxassislar uchun ham dasturilamaldir.
Bu esa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni, yangilash va o‘zgarishlar jarayonlarini har tomonlama chuqur, ta’sirchan usullar bilan yoritib berish mustaqillikni mustahkamlash, ezgu g‘oyalarga sadoqat ruhini yoshlarimizga singdirish borasida barchamizning zimmamizga ulkan mas’uliyat yuklaydi.
Xulosa qilib aytganda, ommaviy axborot vositalari sohasiga oid qonunchilik negizlarining takomillashtirilishi tom ma’noda mustaqil va demokratik matbuotning shakllanishiga, yurtimizda matbuot va so‘z erkinligini amalda ta’minlashga, mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishga xizmat qiladi.

O‘zbekistonda milliy axborot makonining rivojlanishi
Hozirda ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirish, erkin fikr bildirish va axborot olish erkinligini ta’minlash, ularning faoliyatiga umume’tirof etilgan xalqaro huquq me’yorlari va demokratik andozalarni joriy etish masalalariga mamlakatni demokratlashtirish va modernizatsiya qilishning muhim sharti sifatida qaralmoqda.
Bu boradagi birinchi qadam - mustahkam qonuniy asosning yaratilgani milliy axborot makonini jadal, izchil va erkin rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratmokda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida matbuot va so‘z erkinligini ta’minlovchi qoidalarning mustahkamlab qo‘yilgani OAV chinakam erkin faoliyat yuritishining huquqiy kafolati bo‘lib, ular jamiyatning yangilanishi jarayonida muhim ahamiyat kasb etayotir.
YUrtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan mingdan ortiq nashrlar xilma-xil fikr va qarashlar minbaridir.
Mustaqillik davrida O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishning bosqichlari quyidagicha kechdi:

Download 4,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish