О‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsustа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti



Download 4,43 Mb.
bet254/282
Sana21.02.2022
Hajmi4,43 Mb.
#7037
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   282
Beshinchidan: Diniy-ma’rifiy yo‘nalishning qaror topishi. "Movarounnahr musulmonlari", "Hidoyat sari", "Imom al-Buxoriy saboqlari" kabi diniy nashrlar tashkil topdi, xattoki markaziy gazeta va jurnallarda ham diniy-irfoniy maqolalar bosilib chiqishiga yo‘l ochildi.
Oltinchidan: Erkinlashtirish tufayli OAV tarixiga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi. Milliy matbuot tarixi yangi qarashlar asosida yaratildi.
Ettinchidan: Mustaqillik tufayli milliy matbuotimiz sarchashmalarining ko‘zi ochildi. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr matbuoti tarixidan munosib o‘rin egallagan Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid CHo‘lpon, Asadullaxo‘ja Ubaydullaxo‘jaev, Obidjon Mahmudov, Ishoqjon Ibrat, So‘fizoda, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Qodiriy, Ashurali Zohiriy kabi adiblarning nomlari bilan bog‘liq nashrlarning faoliyati keng o‘rganildi, targ‘ib etildi.
Prezident Islom Karimov "Mamlakatimizda islohotlarni chuqurlashtirish jarayonining muhim tarkibiy qismi bo‘lmish matbuot, televidenie, radio faoliyatini yanada liberallashtirish, ularning mustaqilligi va erkinligini amalda ta’minlashdan iborat"1, deb ta’kidlagan edi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish joizki, ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyati demokratik jamiyat mavjudligining zaruriy sharti bo‘lib, ular ijtimoiy fikrni shakllantirish va rivojlantirish bilan bir qatorda jamiyatning barqarorligi hamda farovonligiga ham xizmat qilishi shubhasizdir.
Respublikamizda ommaviy axborot vositalarini liberallashtirish va matbuot erkinligi oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilayotgan hozirgi davrda naqadar dolzarb muammo ekanligi o‘z-o‘zidan ayon bo‘lib qoladi.
Respublikamizda istiqomat qilayotgan ko‘p millatli mushtariylarning talab va istaklari inobatga olingan holda bosma ommaviy axborot vositalari o‘zbek tilidan tashqari yana 9 ta (qoraqalpoq, rus, qozoq, tojik, turkman, ingliz, koreys, arman, fransuz) tilda nashr etilmoqda, televidenie va radioda ham bu amaliyot qo‘llanilmoqda, eshittirish va ko‘rsatuvlar qardosh xalqlar tillaridan tashqari rus, ingliz tillarida ham efirga uzatilib, veb-saytlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida faoliyat yuritadi. Bugun respublikamizdagi ommaviy axborot vositalari siyosiy-ijtimoiy, huquqiy, tibbiy, ta’lim-tarbiya, xotin-qizlar, ijtimoiy-ma’rifiy, iqtisodiy-ijtimoiy, diniy, sport, ma’naviy-ma’rifiy kabi o‘ndan ortiq sohalar bo‘yicha chiqarilmoqda.
“Xalq so‘zi”, “O‘zbekiston ovozi”, “Mahalla”, “Turkiston”, “O‘zbekiston tudey”, “Pravda Vostoka”, “XXI asr”, “Jamiyat”, “Toshkent haqiqati”, “Tashkentskaya pravda”, “Toshkent oqshomi”, “Vecherniy Tashkent”, “Andijonnoma”, “Zarafshon” va boshqa gazetalar, “Tafakkur”, “Bozor, pul va kredit”, “O‘zbekiston”, “YOshlar” teleradiokanallari, “Mash’al” radiokanali singari ko‘pchilikning hurmatini qozongan ommaviy axborot vositalari o‘z faoliyatida jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotiga ta’sir ko‘rsatish, turli nuqtai nazarlar vositasida hayotiy haqiqatni ommaga etkazish, yoshlarning dunyoqarashini shakllantirishga, o‘z navbatida, “ommaviy madaniyat” niqobi ostida aholining keng qatlamlari, birinchi navbatda, yoshlarning ongini egallashga qaratilgan urinishlar, oshkora va pinhona axborot xurujlariga qarshi kurashda milliy manfaatimizni himoya qilishga diqqat-e’tibor qaratmoqdalar.
“Bugun biz yurtimizda huquqiy davlat, demokratik jamiyat qurayotgan ekanmiz, bu masalaning eng muhim sharti bo‘lmish inson qadri, inson huquq va erkinliklarini himoyalash, odamlarni dunyoda sodir bo‘layotgan voqea-xodisalardan o‘z vaqtida xolisona xabardor qilish, bu jarayonlarga nisbatan jamoatchilik fikrini shakllantirish, bir so‘z bilan aytganda, el-yurt dardi va intilishlari bilan yashash, barchamizdan, birinchi galda, ommaviy axborot vositalari vakillaridan bu talab va mezonlarni kundalik hayotimizda izchil joriy etishni taqozo etadi”2.
“Ommaviy axborot vositalarini xalqaro andozalar darajasiga ko‘tarish, ularning erkin va mustaqil faoliyatini ta’minlashda muassis va tahririyatlarga faqat rasmiy hujjatlarda emas, balki amalda erkinlik, jumladan, moliyaviy mustaqillik berish, ayniqsa, nodavlat gazeta va jurnallar, radio va telekanallarning hayotimizdan mustahkam o‘rin olishi uchun ham moddiy, ham ma’naviy sharoit yaratish xozirgi paytda muhim ahamiyat kasb etmoqda”3.
Davlatimiz, shaxsan YUrtboshimizning bugungi kunda milliy axborot makonining erkin axborot makoniga aylanib borayotgan OAVni rivojlantirishga, uning jamiyatdagi o‘rni va mavqeini mustahkamlashga bo‘lgan alohida e’tiborining ifodasi o‘laroq OAV yildan-yilga son jihatdan ortib, sifat jihatdan yaxshilanib bormoqda. Hozir respublikamizda 1172 ta ommaviy axborot vositasi faoliyat ko‘rsatmoqda. SHulardan 687 tasi gazeta, 242 tasi jurnal, 61 tasi telestudiya, 36 tasi radiokanal, 124 tasi veb-sayt, 18 tasi soha bo‘yicha axborot-byulleten va 4 tasi axborot agentligi hisoblanadi. SHuningdek, nashr etilayotgan bosma matbuotning 50 foizdan ko‘prog‘ini, efirga chiqayotgan telestudiyalarning 53 foizi va radiokanallarning 86 foizini nodavlat OAV tashkil etadi.
Mamlakatdagi OAV faoliyati qisqa davr ichida demokratik qadriyatlar asosida butunlay yangidan tashkil etildi. Mustaqillik arafasidayoq, ya’ni 1991 yilning 14 iyunida "Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi.
Mamlakatda OAVning milliy va demokratik qadriyatlar asosida shakllanishida Prezident I.A.Karimov ilgari surgan fuqarolik jamiyati qurishga doir konseptual nazariy qoidalar muhim ahamiyat kasb etdi. Uning Oliy Majlis va viloyatlar xalq deputatlari kengashlari navbatdan tashqari sessiyalaridagi har bir ma’ruzasidagi OAVni erkinlashtirish hamda isloh etishga doir fikr-mulohazalari, takliflari mamlakatda OAVni rivojlantirish nazariyasi va amaliyotini boyitishga katta hissa qo‘shadi1.
Xususan, I.A.Karimov quyidagi fikrni bildirgan edi: "Ommaviy axborot vositalarining faoliyatini va ularning samarali ishlashiga yordam beradigan mexanizmlarni tartibga soluvchi qonunchilik bazasini takomillashtirish muammosi ham dolzarb bo‘lib bormoqda. Ayni chog‘da, ommaviy axborot vositalarining manfaatlarini va ularning vakillarini qonun yordamida himoya qilish, ularning axborot olish manbalaridan foydalanish huquqini ta’minlash ham muhim ahamiyatga ega"2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning IX sessiyasidagi ma’ruzasida ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirish fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishdagi eng muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilanishi va bu jarayonning fuqarolik jamiyatining uzviy tarkibiy qismiga aylanishi lozimligi alohida ta’kidlanishi O‘zbekistonda OAVni "to‘rtinchi hokimiyat" sifatida e’tirof etilishini anglatadi3.
OAV fuqarolik jamiyatida mustaqil institut sifatida faoliyat yuritar ekan, bu jarayonda ular hokimiyatni tashkil etishda ishtirok etadigan siyosiy sub’ektlar — davlat, uning qonun chiqaruvchi, ijro va sud hokimiyatlari, siyosiy partiyalar va boshqa ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar bilan bevosita munosabatda bo‘ladi. OAVning jamiyat hayotida tutgan o‘rni, davlat va jamiyatga nisbatan ta’sir doirasi ana shu munosabatlar zamirida shakllanadi. Boshqacha aytganda, OAV fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlaridan biridir.
OAVning jamiyat hayotining yashovchanligini ta’minlovchi asosiy omillardan biri, bu — turli ijtimoiy qatlamlar va guruhlarning o‘zaro manfaatlari, ziddiyatlari va bu ziddiyatlarning o‘zaro muvofiqlashuvidir. Demokratik jamiyatda bu ziddiyatlar goh oshkora, goh yashirin holatda ro‘y bersa, totalitar yoki avtoritar rejimdagi jamiyatda bu ziddiyatlar, asosan, yashirin tarzda kechadi. Demokratik jamiyatlarda o‘zaro manfaatlar kurashi ko‘pincha ommaviy axborot vositalari ishtirokida kechadigan ijtimoiy jarayonlar bo‘lib, ular jamiyat rivojlanishini ta’minlovchi ijobiy hodisadir. Jamiyatdagi o‘zaro ziddiyatlarning konstruktiv hal etilishi jamiyatning madaniyatga erishganlik darajasini ham belgilab beradi. Jamiyatdagi turli manfaatlarning o‘zaro ziddiyatlarni muvofiqlashtirish, kelishtirish yoki o‘zaro muvozanatlashtirish jarayonlarida OAVning o‘rni beqiyosdir.
Rivojlangan demokratik jamiyatlarda ommaviy axborot vositalari ko‘pincha siyosiy partiyalar yoki ma’lum ijtimoiy guruhlar manfaatlarini himoya qilishga intilishi, ma’lum ijtimoiy-siyosiy nuqtai nazarlarni yoqlashga harakat qilishi tabiiy bir holga aylandi. Ko‘pincha OAV o‘ziga tarafdor bo‘lgan siyosiy partiya yoki ijtimoiy guruhlar manfaatlarini himoya qilish doirasida cheklanib qolmasdan, umumjamiyat manfaatlariga ham xizmat qiladi, o‘z o‘quvchilari e’tiborini jalb etishga intiladi. Davlat siyosatini targ‘ib etuvchi, unga xayrixoh bo‘lgan OAV davlat organlarining rasmiy nashri hisoblanadi1.
Matbuot konferensiyalari davlat siyosatini keng jamoatchilikka etkazishda, jamoatchilik fikrini shu siyosatga yaqinlashtirishda, jamiyatning barqarorligini ta’minlashda davlat rahbarlari uchun eng qulay vositadir. Jurnalistlar uchun bu kabi anjumanlar siyosiy jarayonlarni tahlil qilishda manba vazifasini o‘taydi.
Ommaviy axborot vositalari bilan siyosiy institutlar munosabatlarining o‘zaro manfaatli hamkorligi shartlaridan yana biri jamoatchilik fikrining jamiyat hayotida muhim ahamiyat kasb etishiga erishishdan iboratdir. Siyosiy qarorlar qabul qilinishida fuqarolarning keng ishtiroki va jamoatchilik fikriga ustuvor tarzda ahamiyat berilgandagina OAVga bo‘lgan ehtiyoj kuchayadi, matbuotning ta’sir doirasi ortadi. Va tabiiyki, siyosiy institutlar o‘z dasturlari va g‘oyalarini hayotga tatbiq etishda ommaviy axborot vositalariga murojaat etadilar. Muhimi, siyosiy elita OAVda ishtirok etishga intiladi va ular vositasida jamoatchilik fikriga ta’sir o‘tkazishdan manfaatdordir. Bu kabi o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish uchun fuqarolik jamiyati har tomonlama shart-sharoitlar yaratib berishi mumkin. OAV haqiqiy "to‘rtinchi hokimiyat" sifatida aynan fuqarolik jamiyatidagina mavjud bo‘ladi va ana shunday jamiyat yaratgan muhitdagina matbuot jamoatchilik fikrini shakllantirish va unga ta’sir ko‘rsata olishga qobil bo‘lgan kuchga aylanadi.
OAV o‘z ijtimoiy nuqtai nazarining ochiq-oydinligi, qat’iyligi bilangina jamiyatda nufuzli mavqega egabo‘lishi mumkin. SHu o‘rinda OAVning xalq nazoratining engsinalgan va munosib vositasi ekanligini ta’kidlash lozim.
Hokimiyatning asosiy belgilaridan biri — o‘z rejalarini amalga oshirish yo‘lida odamlarga yo‘lboshchilik qilish, yo‘naltirish, boshqarish ekanini nazarda tutsak, ommaviy axborot vositalari ham ma’lum ma’noda shu vazifani amalga oshirishga hissa qo‘shadi. SHuningdek, OAV — axborot va yangilik ulashish manbai hamdir. Hozirgi davrdagi fuqarolik jamiyati qurish jarayonlarida axborotga ehtiyoj tobora kuchayib bormoqda. Jamiyat hayoti va faoliyati axborotga asoslangan va tayangan holda kechmoqda. SHuningdek, axborot ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili sifatida ham o‘z mavqeiga ega. OAVning jamiyatda tutgan o‘rnining oshib borishi bilan "axborot asri"ga aylangan hozirgi davrda axborotning ustuvorlik mavqei oshib boradi, axborot vositasida jamiyatni boshqarish, uni rivojlantirish imkoniyatlari yaratiladi. Matbuotning qudrati ham aynan shu — so‘z va axborot vositasida fuqarolik jamiyatiga ma’naviy-g‘oyaviy ta’sirini o‘tkaza olish qobiliyatiga egaligida.
OAVning jamiyatga nisbatan ta’sirining keng imkoniyatlaridan foydalanish maqsadida siyosatchilar kommunikatsiya masalalariga jiddiy e’tibor bera boshladilar. Rivojlangan mamlakatlarda siyosiy texnologiyalar, jamoatchilik bilan aloqalar tez rivojlanayotgan fan sifatida o‘z uslublari va faoliyatlarini shakllantirdilar. Bu sohaga davlat va siyosatchilar tomonidan katta mablag‘ sarflash odatdagi bir holga aylandi. OAV ham siyosiy kommunikatsiya va marketing quroli sifatida jiddiy tadqiqotlar ob’ektiga aylandi.
OAVning jamoatchilik fikrini shakllantirishdagi o‘rni ham beqiyos o‘sdi. Ma’lumki, jamoatchilik fikri, bu — bir tomondan, jamiyat hayotining hamma darajalarida qonunlashtirilgan, tan olingan qarorlar qabul qilish mexanizmlaridan biri bo‘lib, hokimiyatni amalga oshirishda barqaror va samarali ishtirok etib kelayotgan siyosiy institutdir. Ikkinchi tomondan esa, u turli-tuman ijtimoiy birliklarning u yoki bu voqea-hodisalarga nisbatan bildirgan umumiy fikrlari va baholashlaridir.
Rivojlangan demokratik mamlakatlarda jamoatchilik fikrini bildirishning odatdagi oqimlari va shakllari quyidagilardan iboratdir: hokimiyat organlari saylovlari, fuqarolarning boshqaruvdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtiroki, matbuot va boshqa ommaviy kommunikatsiya vositalari, majlislar, manifestlar, bildirishlar va boshqalar. Jamoatchilik fikrini o‘rganish matbuotda e’lon qilingan fikrlar va fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarning bo‘lishi bilan bir qatorda aholining xohishi, umidlari, kutayotgan istaklari va prinsipial nuqtai nazarlarini ifodalashning muhim manbaidir. Agar reprezentiv so‘rovlarda ko‘p sonli fuqarolar ishtirok etsalar, bildirilgan fikrlar umumiy fikrni ifodalab bera oladi.
Siyosiy jarayonni matbuot, radio va televideniesiz tasavvur etish qiyin. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, bugungi kunda jamiyatimizda sodir bo‘layotgan ulkan o‘zgarishlarda OAVning alohida o‘rni bor. Bundan tashqari, totalitar yoki avtoritar tuzumlarda, unga qarshi ovoz bera oladigan qandaydir salmoqqa ega tashkilot va birlashmalarda bir-biriga muxolifatda bo‘lgan siyosiy partiyalarning yo‘qligi bois, OAV o‘ziga xos tashkilotchi va qudratli qo‘zg‘atuvchi rolini bajarib, oxir-oqibatda bu tuzumning inqirozga uchrashiga o‘z hissasini qo‘shib kelganligi bejiz emas.
Rossiyada nashr etilayotgan “Pravda” gazetasining tarixi shundan dalolat beradi1.
Mashhur siyosatshunos G.Lasuell OAVlarning to‘rtta asosiy vazifasini alohida ko‘rsatib bergan edi: 1) dunyoga teran nigoh bilan boqish (axborot yig‘ish va yoyish); 2) umumxalq fikrini shakllantirish; 3) muharrirlik (axborotni tanlash va tahlil etish); 4) ma’rifat va madaniyatni targ‘ib etish2.
XXI asr boshlaridan jamiyat siyosiy sohasini erkinlashtirish islohotlarining boshlanishi bilan bog‘liq holda OAV faoliyatini demokratlashtirishga yanada muhim e’tibor berildi. PrezidentI.A. Karimov tashabbusi va maxsus Farmoni bilan 2002 yil may oyiga kelib OAV ustidan har qanday senzurani amalga oshirishi mumkin bo‘lgan boshqaruv organlarining butunlay tugatilishi natijasida matbuotni erkinlashtirish sohasida yangi bir davr boshlandi. SHuningdek, ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning IX sessiyasida fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni benihoya katta ekanligi e’tirof etildi, ular zimmasiga katta mas’uliyat yuklandi.
2002 yilning 3 iyulida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ommaviy axborot vositalarining boshqaruvini takomillashtirish" to‘g‘risidagi Farmoni e’lon qilindi. Mazkur Farmonga binoan O‘zbekiston Davlat Matbuot qo‘mitasi O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligiga aylantirildi. Prezidentning mazkur Farmoni mohiyati ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirish, ularning faoliyatiga davlatning aralashuvini cheklash maqsadlarini ko‘zda tutgan edi. SHu davrgacha o‘zining katta vakolatlaridan foydalanib, norasmiy senzurani amalga oshirib kelgan O‘zbekiston Davlat Matbuot qo‘mitasining Matbuotda davlat sirlarini saqlash boshqarmasi faoliyati butunlay tugatildi. Davlat tomonidan OAVning erkin faoliyat yuritishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi1.
Qisqa davr ichida ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyati uchun huquqiy asoslar yaratildi, uning strategiyasi, yo‘nalishi, jamiyat hayotidagi o‘rni belgilandi. SHuningdek, OAVning jamoatchilik fikrini o‘rganish va shakllantirishdagi o‘rniga muhim ahamiyat berila boshlandi. Fuqarolik jamiyatida jamoatchilik fikri asosida shakllangan talab va takliflar hokimiyat tomonidan o‘rganiladi va shu takliflar asosida qabul qilingan qarorlar jamiyatga taqdim etildi. Demokratiyaning mohiyati ham jamiyatni shu uslubda boshqarishda namoyon bo‘ladi.
Ommaviy axborot vositalari esa bu jarayondagi eng muhim bo‘g‘in hisoblanadi. YA’ni jamoatchilikning, xalqning hokimiyatga nisbatan fikrini erkin, xolis ifoda etadi va hokimiyat bilan jamiyat o‘rtasida vositachi vazifasini o‘taydi. Ommaviy axborot vositalari o‘z sahifalarida jamoatchilik fikrini aks ettiradigan shaxslarning chiqishlarini uyushtirish, umuman, jamiyatdagi eng dolzarbmasalalarni ko‘tarish orqali hokimiyatga jamoatchilikning taklif va talabini etkazib bera olishi lozim. SHu bilanbirga, davlat tomonidan qabul qilingan qarorlarni amalgaoshirishda ham jamoatchilik fikrini yo‘naltirishga xizmat qila olishi, jamiyat oldida turgan eng muhim vazifalarni amalga oshirishda juda katta rol o‘ynashi kerak.
Prezident I.A.Karimovning quyidagi so‘zlari fikrimizning dalilidir: "Ommaviy axborot vositalari hamisha jamoatchilik fikriga kuchli ta’sir o‘tkazishga qodir bo‘lgan faol qurol bo‘lib kelganini unutmasligimiz kerak"2. Boshqacha aytganda, OAV odamlar o‘rtasidagi o‘zaro muloqotning keng shaklidir. Ularning yoniga yana bir muhim jihatini qo‘shish mumkin: jamiyat a’zolari siyosiy madaniyatini oshirish va ijtimoiy fikrni shakllantirish. SHu bilan birga, matbuot, radio va televidenie fuqarolar haq-huquqlarining himoyachisi sifatida jamiyatning ko‘zi va qulog‘i bo‘lib, unda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, masalan, iqtisoddagi o‘sish yoki pasayish, narkomaniya va jinoyatning ko‘payishi, hokimiyat vakillarining poraho‘rliklari xaqida birinchilardan bo‘lib hammani xabardor etuvchi vosita sifatida maydonga chiqadi. Lekin buning uchun OAV, avvalo, iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lishi darkor.
OAVdagi maqola, reportaj, tahlillarda hokimiyat organlari faoliyatidagi ko‘pincha ko‘zga ko‘rinmaydigan ba’zi illatlarni fosh etib, ularni oshkor etadilar. Boshqacha aytganda, OAV orqali aks ettirilgan umumxalq fikri u yoki bu aniq shaxslarning "ortiqcha qudratini" birmuncha kamaytiradi yoki qonunni buzuvchilarni doimo fosh qilib turadi.
O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisining IX sessiyasidagi ma’ruzasida jamoatchilik fikrining ahamiyati to‘g‘risida shunday degan edi: "...jamiyatda oshkoralik va ochiqlikni ta’minlash masalasi jamoatchilik fikrini o‘rganish usul-uslublarining qay darajada rivojlangani bilan bevosita bog‘liqdir. Ta’bir joiz bo‘lsa, jamoatchilik fikri — fuqarolik jamiyatining holatini o‘zida aniq aks ettiradigan bamisoli bir ko‘zgu. Lekin bizda jamoatchilik fikrini o‘rganish ham, uni shakllantirish ham yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganini, bunday yondashuv siyosiy hayotimizning doimiy belgisiga aylanib ulgurmaganini taassuf bilan qayd etishimiz lozim"3.
Mamlakatda 2005 yilning boshidan OAVni rivojlantirishning yangi bosqichi boshlandi. Prezident I.A.Karimovning 2005 yilning 28 yanvarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida OAVni mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning uzviy qismi sifatida rivojlantirish borasidagi quyidagi vazifalar belgilandi: “O‘zbekistonda demokratik yangilanishlar jarayonini chuqurlashtirish va fuqarolarning erkinliklarini ta’minlashning g‘oyat muhim sharti — bu ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish uchun demokratik andozalarni joriy etish bo‘yicha aniq va izchil choralarni amalga oshirishdir”1.
SHuningdek, 2005-2006 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasining "Ommaviy axborot vositalarida davlat hokimiyati organlarining faoliyatini yoritish", "Teleradioko‘rsatuvlar va eshittiruvlar to‘g‘risida", "Jamoatchilik televideniesi to‘g‘risida", "Kabel ko‘rsatuvlari to‘g‘risida", "Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi iqtisodiy asoslar to‘g‘risida" qonunlar qabul qilish zarurligi ta’kidlangan edi2. OAVning fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi ta’sir doirasini kuchaytirishga doir islohotlar "Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari" tamoyilining tarkibiy qismlaridan biriga aylandi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda demokratik ommaviy axborot vositalarining huquqiy asoslari yaratilishi bilan jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida ma’lum o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. O‘zbekistonda milliy axborot makoni va ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar shakllandi. Davlat va jamoat tashkilotlari ommaviy axborot vositalari bilan bir qatorda xususiy matbuot tizimi yaratildi. Erkin matbuot bozori shakllandi, bozor iqtisodiyoti talablariga javob bera oladigan mustaqil nashrlar soni kengaydi va dastlabki raqobat muhiti kurtaklari paydo bo‘ldi. Matbuotning iqtisodiy asoslarini yaratish, ularning huquqiy kafolatlarini ta’minlash va mustaqil nashrlar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish milliy matbuot oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Rivojlangan demokratik davlatlar tajribasini o‘rganish, muassis va tahririyat o‘zaro munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish masalalari ham o‘z echimini kutmoqda. Muhimi, mustaqillik yillarida erkin ommaviy axborot vositalari faoliyati uchun zarur bo‘lgan huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy shart-sharoitlar shakllandi. OAVning fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlantirish yo‘lidagi islohotlar davom etmoqda. Diqqatga sazovor muhim tomoni shundaki, erkin OAVni rivojlantirmay turib, fuqarolik jamiyati qurish va inson erkinligi, huquqlarini ta’minlash mumkin emasligini jamoatchilik anglay boshladi.
Demak, davlatimiz rahbari alohida qayd etganidek: "Milliy madaniyatning o‘ziga xosligini tiklashga alohida e’tibor berilishi kerak. SHu bilan birga, milliy o‘z-o‘zini anglashning tiklanishi jahon insonparvarlik madaniyati va umumbashariy qadriyatlari ideallaridan, bizning ko‘p millatli jamiyatimiz an’analaridan ajralib qolishi mumkin emas"3. SHu ma’noda aytadigan bo‘lsak, mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari xalq tarixi, madaniyati va ma’naviyatini milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan holda yoritishga, buyuk donishmand va mutafakkir zotlarni ulug‘lashga intilmoqda, bu esa haqqoniy, xolis xulosa chiqarishga imkon yaratmoqda. Bunda, ayniqsa, milliy axborot makoni — ma’rifiy maydonining yanada ochiqligi, erkinligi fidoyi, zahmatkash, ijodkor ziyolilarga bog‘liq. CHunki, "Ziyolilar sog‘lom dunyoqarash uchun, fuqarolar esa etuk axloq uchun mas’uldirlar" (Varroq Termiziy).
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida ilgari surilgan demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilgan konsepsiyada taklif etilgan axborot va so‘z erkinligini yanada takomil topish jarayonlari bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlarning tadrijiy-uzviy davomidir.


Download 4,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish