О‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsustа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti


-MAVZU. AXBOROT SOHASINI ISLOH QILISH, AXBOROT VA SO‘Z ERKINLIGINI TA’MINLASH



Download 4,43 Mb.
bet249/282
Sana21.02.2022
Hajmi4,43 Mb.
#7037
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   282
13-MAVZU. AXBOROT SOHASINI ISLOH QILISH, AXBOROT VA SO‘Z ERKINLIGINI TA’MINLASH.
Reja.

        1. So‘z va matbuot erkinligi: muammo va echimlar.


So‘z va matbuot erkinligi: muammo va echimlar
Bugungi dunyoning AQSH, Angliya, YAponiya, Germaniya, Fransiya kabi mutaraqqiy davlatlari, “Osiyo arslonlari” deya e’tirof etilgan va keyingi yigirma-o‘ttiz yil mobaynida liberalizm nazariyasinga tayangan holda davlat va jamiyat hayotini erkinlashtirish va demokratlashtirish borasida erishgan ulkan natijalari bilan jahon hamjamiyatini hayratga solgan Janubiy Koreya, Singapur, Tayvan, Malayziya singari mamlakatlar hamda O‘zbekistonning yigirma yillik mustaqil taraqqiyoti davrida to‘plagan tajribasi shundan dalolat beradiki, so‘z va matbuotning erkinligini ta’minlamasdan turib, yurtimizda huquqiy demokratik davlat va farovon va ma’rifatli jamiyat barpo etib bo‘lmaydi.
Mamlakatimizning jahon iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga integratsiyalashuvi yurtimizda erkin demokratik jamiyat barpo etish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada jadallashtirish, ayniqsa, ommaviy axborot vositalari faoliyatini erkinlashtirish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash, Prezident Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, “islohotlarning ochiqligini ta’minlaydigan demokratik tamo-yillarni so‘zda yoki qog‘ozda emas, amaliy hayotda joriy”1 qilishni, “...ommaviy axborot vositalarini odamlar o‘z fikr va g‘oyalarini, sodir bo‘layotgan voqealarga munosabati va pozitsiyasini erkin ifoda etadigan minbarga”2 aylantirishni taqozo etadi.
Mamlakatimizda “Kuchli davlatdan — kuchli jamiyat sari” tamoyilining hayotga tatbiq etilishiga erishish, avvalo, fuqarolik jamiyatining iqtisodiy negizini yaratish, mamlakat siyosiy hayotida chinakam ko‘ppartiyaviylik muhitini qaror toptirish, nodavlat tuzilmalar, jamoat tashki-lotlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirish, sud-huquq va ma’naviy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni jadallashtirish, ayniqsa, ommaviy axborot vositalari faoliyatini erkinlashtirish, axborot maydonida shakli, adadi, ko‘lami hamda mavzu yo‘nalishidan qat’i nazar, nashrlararo raqobat muhitini shakllantirish hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. CHunki axborot vositalari fuqarlarni sodir bo‘layotgan voqea-hodisalardan o‘z vaqtida xabardor qilishi, mamlakatda va dunyoda yuz berayotgan jarayonlarga ongli munosabatda bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirishi, mavjud qonunlar va ijtimoiy axloq me’yorlariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarni fosh etishi, xullas, jamiyat va hokimiyat o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik vazifasini o‘tashi, bir so‘z bilan aytganda, “to‘rtinchi hokimiyat” degan nomni oqlashi kerak.
Davlatimiz rahbarining ommaviy axborot vositalari faoliyatini takomillashtirish, ularning huquqiy va iqtisodiy mustaqilligini, jamiyatimizda matbuot va so‘z erkinligini amalda ta’minlash masalasiga qayta-qayta murojaat etishining sababi shundaki, ommaviy axborot vositalarining faol ishtirokisiz davlat va jamiyat hayotini demokratlashtirish va erkinlashtirish jarayonlarini tasavvur etish mumkin emas. Prezident I.A.Karimov fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini ta’minlash xususida to‘xtalib, ushbu masala «...insonning axborot olish, axborotni va o‘z shaxsiy fikrini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, bu O‘zbekistonda demokratik jamiyat asoslarini barpo etishning muhim sharti, ta’bir joiz bo‘lsa, tamal toshi hisoblanadi»1 deb ta’kidlaydi.
Yurtboshimizning 2005 yil 29 yanvarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida so‘zlagan “Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir” nomli ma’ruzasida ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, ular faoliyatida demokratik andozalarni joriy etish borasida aniq va izchil choralarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab berildi. Ushbu ma’ruzada avvalambor ommaviy axborot vositalarining huquqiy asoslarini mustah-kamlash, birinchi galda, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”ni qonunlar, shu sohada oid boshqa me’yoriy hujjatlarga zarur qo‘shimchalar va o‘rgartirish kiritish, bir so‘z bilan aytganda, davr talablarini e’tiborga olgan holda ommaviy axborot vositalarining erkin va mustaqil faoliyat yuritishi uchun barcha zarur huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy tadbirlarni ishlab chiqish va amaliyotgan joriy etish borasida muhim g‘oya, taklif va tavsiyalar ilgari surildi.
Ta’kidlash joizki, o‘tgan davr mobaynida, ayniqsa mustaqil taraqqiyot yo‘limizning ikkinchi bosqichida (2001-2010 yy.) mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarining samarali va erkin faoliyat yuritishi uchun zarur huquqiy asos, tegishli qonunlar (masalan, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”, “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”, “Reklama to‘g‘risida” kabi) yaratilib, ularni takomillashtirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi (masalan, birgina “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunga bir necha bor murojaat etilib, uning yangi tahrirlariga qator qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi), senzura bekor qilindi, matbuotning erkin, mustaqil faoliyat yuritishi, uning iqtisodiy mustaqqilligini ta’minlash uchun barcha shart-sharoit yaratildi. Mustaqillik yillarida, ayniqsa so‘nggi o‘n yilda matbuot sohasini erkinlashtirish va demokratlashtirish, uning huquqiy va iqtisodiy asoslarining mustahkamlanishi natijasida bu borada yuz bergan sezilarli o‘zgarishlar, masalan, keyingi o‘n yilda bosma ommaviy axborot vositalari soni 1,5 barobar, elektron ommaviy axborot vositalarining soni esa 7 barobar ko‘payib, bugungi kunda ularning umumiy soni qariyb 1200 taga etgani(1991 yilda ularning soni atigi 351 ta bo‘lgan) quvontirmasligi mumkin emas. Ammo Prezident konsepsiyasida mustaqillik davrida erishilgan ulkan yutuq va natijalarni sarhisob qilib, shu bilan birga, ularga maxliyo bo‘lib qolmaslik, xotirjamlik kayfiyatiga berilmaslikka da’vat etiladi, globallashuv va raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi zamonda dunyoda yuz berayotgan o‘zgarishlar jarayonida egallab turgan o‘rni-mizni xolisona va tanqidiy baholash, hayot talablariga javob berish, davr bilan hamqadam bo‘lish, istiqboldagi ustuvor vazifalarimizni aniq-tiniq belgilab olish va ularni amalga oshirish bo‘yicha izchil choralarini ko‘rish lozimligini ta’kidlanadi. Huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatida ommaviy axborot vositalari, jamoat fikrining o‘ziga xos ko‘zgusi sifatida, aholi turli guruh va toifalarining kayfiyati, talab-ehtiyojlari to‘g‘risida hokimiyat idoralarini xabardor qilishi, o‘z navbatida, uning faoliyatiga kishilarning ham ijobiy, ham tanqidiy munosabatini bildirib turishi, mavjud muammolarni har tomonlama xolisona o‘rganib, jamoatchilik e’tiboriga havola etishi lozim.
Buning uchun, birinchidan, mamlakat hayotining barcha sohalarida bo‘lganidek, ommaviy axborot vositalari faoliyatida ham qonun ustuvorligiga erishish, matbuotning chinakam iqtisodiy erkinligini ta’minlash va eng muhimi, yurt va millat tashvishi bilan yashaydigan, voqea-hodisalarga to‘g‘ri baho bera oladigan, o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lgan hamda muayyan sohaga ixtisoslashgan yuksak malakali jurnalist kadrlarni tayyorlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash zarur. Albatta, jamiyat hayotini erkinlash-tirish jarayonida faol ishtirok etish uchun, birinchi galda, jurnalistning o‘zi erkin fikrli bo‘lmog‘i, haq-huquq va burch-mas’uliyatini teran anglab etmog‘i lozim.
Demokratik huquqiy davlat hamda fuqarolik jamiyatida mutlaq haq-huquqlar ham, chek-chegarasiz erkinlik ham bo‘lmaydi. Demokratiya, avvalo, qonun ustuvorligiga tayanadi, uning davlat, jamiyat va shaxs hayotining barcha sohalarida hukmron-ligini taqozo etadi. Binobarin, u faoliyat turi, ijtimoiy mavqei, lavozimidan qat’i nazar, qonunga itoat etishi, qonun bo‘yicha yashashi va mehnat qilishi shartligini nazarda tutadi. Prezident konsepsiyasida bu sohaga oid yangi qonunlarni yaratish va mavjud huquqiy me’yorlariga davr talablari, mamlakat taraqqiyotining bugungi bosqichida hal etilishi lozim bo‘lgan masalalarni nazarda tutgan holda ilgari surilgan taklif va tavsiyalar OAV faoliyatini erkinlashtirish, huquqiy va iqtisodiy asoslarini yanada mustahkamlash barobarida bu sohada qonun ustuvorligini amalda ta’minlash, matbuot xodimi va jurnalistlar siyosiy dunyoqarashi, huquqiy va madaniy saviyasini yuksaltirish, o‘z haq-huquq va majburiyatlari hamda mas’uliyatini teran anglashiga xizmat qilishi shubhasizdir.

Download 4,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish