Absorbsiyaga Retur
14.5 — rasm. Ammoniylashtiruvchi donadorlagich (AD):
1 - qobiq; 2 — sochiluvchi komponentlarni uzatish tuzulmasi; 3 — ichki devorlarni tozalash uchun pichoq; 4 — bo‘tqa taqsimlagich; 5 — ammiakoprovod; 6-ammiak taqsimlagich; 8 — tayanch va qisqich g‘ildiraklar; 9 — tayanch xalqa; 10 — bandaj; 7 – tishli g‘ildirak.
Bu sxema bo‘yicha 1 t ammofos (53% P2O5 12% N) ga: bug‘latilgan kislota shaklida 0,588 t P2O5 0,151 t NN3, 9 m3 tabiiy gaz (34,8 Mj/m3); 67 kVt*s elektroenergiya talab etiladi.
Apatit konsentratidan olinadigan maxsulot tarkibida taxminan: 55-56,5% P2O5umum.; 54-55% P2O5uzl., 53-54% P2O5 suv.e. , 12-12,5% N, 0,5-1% H2O bo‘ladi.
Keltirilgan sxemalarni mukammallashtirish bo‘yicha turli takliflar berilgan. Masalan, kislotani neytrallashni bosim ostida amalga oshirishni ko‘rsatib o‘tiladi. Bunda reaksiya issiqligidan amalda deyarli to‘la foydalanilishiga erishilishi mumkin. Konsentrlangan (50-54% P2O5) ekstraksion fosfor kislota pH = 4-4,5 gacha neytrallanishi 0,3-0,35 mPa bosimda quvurli reaktordan juda qisqa vaqtda o‘tishi (-0,1 s) hisobiga amalga oshiriladi. Neytralizatsiya issiqligi hisobiga 180-200°C gacha qizigan suspenziya minoradagi forsunkada changlanadi, u erda atmosfera bosimi ushlab turiladi; shu bilan bir vaqtda massaning sovutilishi natijasida o‘z-o‘zidan bug‘lanish hisobiga qizigan eritmadan suv tezda yo‘qotiladi; kukunsimon ammofos xosil bo‘ladi. Uni donadorlanishi mumkin yoki nitroammofos va boshqa murakkab o‘g‘itlar olish uchun ishlatilishi mumkin.
14.5. Donadorlangan diammofos ishlab chiqarish.
O‘g‘it sifatida ishlatiladigan donadorlangan diammofos apatit konsentrati, Qoratog‘ va Pribaltika fosforitlari asosida xosil qilingan ekstraksion fosfor kislotadan olinadi. Maxsulot tarkibida muvofiq ravishda: 48; 41; 48% P2O5uzl, 43-45,5; 32; 41% P2O5ser. va 18; 13,5; 13% N bo‘ladi.
Uni ishlab chiqarish sxemasi kristall maxsulot olish uchun yuqorida bayon etilganidek, ammo ammoniylashning ikkinchi bosqichi saturatorda emas, balki ammoniylashtiruvchi donadorlagich (AD) da amalga oshiriladi. Boshlang‘ich kislota (32-38% P2O5) saturatorlarda ammiak bilan NH3:H3PO4 = 1,3:1,4 molyar nisbatigacha neytrallangan bo‘lsa, AD jixozida esa 1,7-1.8 gacha amalga oshiriladi. Suspenziya AD jixrziga 70-75°C xaroratda, retur esa 50°C xaroratda beriladi va returning takroriyligi 3-4 martani tashkil qiladi. Materialning AD dan o‘tish davri 6-8 minutni tashkil etadi. Donachalarni quritishda uning xaroratini 72-75°C dan (to‘g‘ri yo‘nalishda beriladigan o‘txona gazlarining xaroratini 200°S dan) oshirmaslik kerak. Tayyor maxsulot 2 5-27° C gacha sovutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |