O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus


Ma’ruza №14. Mikroo'g'itlar



Download 2,59 Mb.
bet74/170
Sana19.02.2022
Hajmi2,59 Mb.
#458775
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   170
Bog'liq
min o\'git maj lot 19-20 й

Ma’ruza №14. Mikroo'g'itlar


REJA:

  1. Mikroelementlar

  2. Borli o‘g‘itlar

  3. Misli, ruxli, marganetsli, molibdenli va kobaltli o‘g‘itlar

  4. Ammofos ishlab chiqarishning texnologik sxemalari

  5. Donadorlangan diammofos ishlab chiqarish

Tayanch so‘zlar:


Nitrofosfat, kompleks o‘g‘it, aralashtirgichlar, sanoat chiqindilari, bor kislotasi, xloroz kasali, mis kuporosi, yog‘och kuli, antixlorazin, talk, piroluzit, marganets shlami, ferrosplav.
14.1. Mikroelementlar.
D.I.Mendeleev davriy sistemasidagi elementlarning 80% i mikroelementlar hisoblanib, ular er kobigi, o‘simliklar va xayvonlar organizmida (quruq modda hisobida) 0,01% dan oshmaydi.
Ayrim ogir metallar (simob, qo‘rg‘oshin kabi) o‘simlik va tirik organizmlar uchun zararli bo‘lib, qolgan elementlar esa ularning rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi. Asosiy ozuqa moddasi mikroelement bo‘lgan mineral o‘g‘itlar mikroo‘g‘itlar deyiladi.
Organizmlarning etarli rivojlanishi uchun tirik organizmlar mikroelementlarni ozuqadan, o‘simliklar esa tuproqdan o‘zlashtiradi. Tuproqka esa mikroorganizmlar tuproq xosil qiluvchi tog jinslari, tabiiy suvlar va kosmik changlar orqali tushadi. Bundan tashqari sun’iy usulda mikroo‘g‘itlar beriladi.
Tadkikotchi E.V.Bobko, M.A.Belousov, O.F.Tueva, M. YA. SHkolnik, U.E.Brenchli va K.Uoringtonlar o‘simliklar uchun axamiyatli bo‘lgan mikroelementlarning xossalarini (1927-1934 yillarda) o‘rganishgan. Ularning muloxazalari 13.1 — jadvalda keltirilgan.
13.1 — jadval
Mikroelementlarning o‘simliklarga ta’siri

Zarur



Zararli



Tushunarsiz



Axamiyati noma’lum



Bor



mishyak



litiy



kumush, kalay,



Kobalt



xrom



stronsiy



oltin, surma,



Mis



nikel



rubidiy



berilliy, titan,



Marganets



qo‘rg‘oshin



radiy



vismut, vanadiy,



Molibden



bariy



yod



kadmiy, volfram,



Rux

selen



natriy



seziy, brom,




xlor




simob va boshqalar



Brenchli va Uoringtonlar o‘simliklarga mikroelementlar uziga xos ta’sir etishini aniqlashgan. Ular (1927 yil) tekshirgan 52 ta element o‘simliklarga ta’sirida borning urnini bosa olmasligini aniqlashgan.


G.I.Bertran (1905 yil), X.Agyulon (1910 yil), A.A.Xalizev (1934 yil) va boshqalar organizmlarda sodir bo‘ladigan biokimyoviy jarayonlarda mikroelementlar katalizatorlik vazifasini bajaradi deb e’tirof etishgan.
M.YA.SHkolnik (1939 yil) va E.V.Bobkolar (1935 yil) esa mikroelementlar organizmlardagi biokimyoviy jarayonlarda faqatgina katalitik ta’sir etibgina kolmay, balki ular plazmaning fizik-kimyoviy xossalariga, sirt tarangligiga, diffuziyaga, osmosga, kolloidlarning ko‘payishiga, adsorbsiyaga va modda almashinuv jarayonlarida oksidlanish-qaytarilish potensiallar ayirmasini xosil qilishda xam ta’siri borligini ta’kidlab o‘tishgan. M.YA.SHkolnik: «Xayotiy jarayonlarga kuchli ta’sir etish xossalari bilan mikroelementlar fermentlarni eslatadi. Bu xossalari bilan mikroelementlarni murakkab organiq katalizatorlar — fermentlar tarkibiga kiradi deb faraz qilishimizga asos yaratadi» - deb yozgan. Mikroelementlar tirik organizmlarda turlicha ta’sir mexanizmiga egadir.
So‘nggi yillarda biokimyoviy jarayonlardagi metallorganiq kompleks birikmalarning axamiyati aniqlana boshlandi. Mikroelementlarning fiziologik ax,amiyatini va o‘simliklarga o‘zlashishini o‘rganish ularning kompleks birikmalar xosil qilish kobiliyatini hisobga olishni takazo etadi. Ularning ayrimlari, masalan Fe, Si, So, Mn, Zn atomlarida (1-valent pogonachalari tuyinmagan elementlar hisoblanadi. Bu esa ularning o‘zgaruvchan valentli bo‘lishini va kompleks birikmalar xosil qilishda ishtirok eta olishini ta’minlaydi. Ular juda ko‘p turdagi organiq birikmalar bilan turli xildagi kompleks birikmalar xosil kiladi. Organiq kompleKClar bilan uygunlikdagi mikroelementlarning fiziologik faolligi ularning ion xolidagiga nisbatan ming va million martalab kuchayib ketadi.
E.P.Troitskiy (1952 yil) mikroelementlarning o‘simliklardagi birikmalarining asosiy shakli ichki kompleKClar: alanin, gemoxromogen, xlorofill va boshqalar xrsil qilishi deb hisoblaydi. U mikroelementlarni katalizatorlar deb tushunish ular moxiyatini aniqrok va tularok ocha olmasligini, ichki kompleks birikmalar esa reaksiyalarni tezlatibgina kolmay, balki ular reaksiya zanjirini ma’lum yunalishi bilan borishida «dirijyorlar» hisoblanishini tushuntiradi.
Keyingi paytlarda tuproqda temir va boshqa mikroelementlarning etishmasligi tufayli sodir bo‘ladigan xlorozaga karshi xelatlar va kompleksonlar deb ataladigan ichki kompleks birikmalar kullanilishining kashf etilishi natijasida metallorganiq kompleKClarga katta e’tibor berila boshlandi.
Xayotiy muxim axamiyatga ega bo‘lgan unturtta mikroelement aniqlangan. Ularga bor, marganets, mis, rux, kobalt, molibden va boshqalar kiradi. Mikroelementlar organizmdagi fermentlar, vitaminlar, garmonlar, pigmentlar va boshqalar bilan birgalikda organizmlarning xayotiy jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi. Ular biokimyoviy o‘zgarishlarda katnashib, o‘simlik organizmida ferment sistemalar orqali sodir bo‘ladigan fiziologik funksiyalarga ta’sir etadi. Mikroelementlar biokimyoviy jarayonlardagi katalizatorlik funksiyasini bajaruvchi fermentlarni faollashtiradi. Masalan, ular organizmlardagi modda almashinuv jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi, fotosintez jarayonida nurdan foydalanishni kuchaytiradi, oqsil sintezini tezlashtiradi. Ayrim Mikroelementlar o‘simliklarning u yoki bu foydali xossalarini aktivlashtiradi, ya’ni qurg‘oqchilik va sovukka chidamlilik, urug‘lar unib chiqishi va rivojlanishini tezlatish, kasalliklarga bardoshliligini oshirish kabi xossalarini kuchaytiradi. Ularning etishmasligi esa modda almashinuv jarayonlarining buzilishiga, o‘simlik va tirik organizmlarning kasallanishiga olib keladi. Ammo mikroelementlarning ortiqcha mikdori xam fiziologik jarayonlarda salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. SHuning uchun mikroelementlardan foydalanishda ularning tuproqdagi mikdori va o‘simliklarning ularga bo‘lgan talabi aniqlanishi lozim.
Mikroelementlar tuproqqa asosiy o‘g‘it tarkibida urug‘ni ekishdan oldin yoki o‘simliklarga sepish orqali yoki urug‘larni ular bilan dastlabki aralashtirish orqali beriladi. Mikroelementlarning makroo‘g‘itlar tarkibida ishlatishning afzalligi shundaki, uning me’yori oshib ketgan xolda xam o‘simlikka toksik ta’sir xavfi kam bo‘ladi.

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish