Nazorat savollari:
Qoratog‘ fosforitlaridan ekstraksiyalash jarayonini tushuntiring.
Qo‘shsuperfosfatni gigroskopikligi uning qanday xususiyatiga bog‘liq.
Superfosfat ishlab chiqarishning kamerali usulini tushuntiring.
absorbsion minorada boradigan jarayonni tushuntiring.
Adabiyotlar
Mirzakulov X. Ch., Shamsiddinov I.T., To’raev Z. Murakkab o’g’itlar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblar. Oquv qo’llanma. Toshkent. “Tafakkur Bostoni”. 2013. 216 b.
Ибрагимов Г. И. Эркаев А.У. Якубов Р. Я. Туробжонов С. М. Калий хлорид технологияси. Ўқув қўлланма. Тошкент. 2010. 210 б.
Gafurov Q., Shamsiddinov I.T. Mineral o’g’itlar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblar. Darslik. Toshkent. “Fan vatexnologiya”. 2010. 360 b.
Raymond Chang, Jonn W.Thoman, JR, Physical Chemistry for the chemical sciences, 2014, Universiry Science Books.
MA’RUZA №9. Ammoniy selitrasi olish texnologiyasi va Ammoniy sul'fat olish texnologiyasi
REJA:
Ammiakli selitra olish reaksiya jarayoni
Ammiakli selitra ishlab chiqarish
Ammiakli selitra ishlab chiqarishning chet ellardagi texnologiyalari
Kam energiya sarflash orqali ammoniy nitrat olish.
Ammoniy sulfat ishlab chiqdrishning fizik-kimyoviy asoslari
Ammoniy sulfat ishlab chiqarish usullari
Tayanch suzlar:
Donalashtirish minorasi, nordon texnologik rejim, saturator, saturatsiya jarayoni, ammiak suvi, kristallanish nuktasi, o‘ta tuyingan eritmalar, suspenziya, suspenziyali o‘g‘it, ammiakatlar, parsial bosim. Kristallizatsiya,buglatish (vakuum), donalashtirish, kuritish, kristallanish issikligi, ekzotermik reaksiyalar, muxit rn, ventilyator, granulyator.
Azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilguncha faqatgina CHili selitrasi — NaHO3 qishloq xo‘jaligida o‘simliklar uchun mineral ozuqa sifatida ishlatib kelingan.
Xozirgi paytda kimyo sanoati korxonalarida turli xildagi azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarilmokda.
Azotli o‘g‘itlarning asosiy turlari: ammiakli (ammiak), ammoniyli (ammoniy tuzlari — fosfat, sulfat, xlorid va boshqalar), ammoniy nitratli, nitratli (nitrat kislotaning kalsiyli, kaliyli, natriyli selitralari) va amidli (karbamid — (NH2)2CO, kalsiy sianamid — Ca(CN)2 va boshqalar) o‘g‘itlar xisoblanadi.
Bundan tashqari bu tuzlar asosida aralash va murakkab o‘g‘itlar, suyuq azotli o‘g‘itlar — ammiak va ammiakli suv, aminlar va boshqa tuzlarning suvli eritmalari ishlatiladi.
Ushbu bobda ozuqa sifatida faqatgina bir komionentli — azotli o‘g‘itlar xaqida so‘z yuritiladi.
Ammmoniyli va nitratli tuzlarning ko‘pchiligi hamda karbamid suvda yaxshi eriydi. Ulardagi azot o‘simliklarga yaxshi o‘zlashadi (ayniqsa, N03- ning tuproqda xarakatchanligi yuqori bo‘ladi).
Ammoniyli o‘g‘itlar uchun xom ashyo sifatida ammiak, nitratli o‘g‘itlar uchun esa nitrat kislotasidan foydalaniladi. Ular esa atmosferadagi bexisob miqdordagi azotdan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |