O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus


Qo‘shaloq superfosfat ishlab chiqarish texnologik sxemalari



Download 2,59 Mb.
bet40/170
Sana19.02.2022
Hajmi2,59 Mb.
#458775
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   170
Bog'liq
min o\'git maj lot 19-20 й

7.3. Qo‘shaloq superfosfat ishlab chiqarish texnologik sxemalari.
5.2 — rasmda kamerali usul bilan qo‘shaloq superfosfat ishlab chiqarish sxemasi tasvirlangan. Bu usul jarayonlar ketma-ketligi bo‘yicha xam, ishlatiladigan jixozlar bo‘yicha xam oddiy superfosfatning ishlab chiqarishdagi kamerali usulga o‘xshaydi. Apatit konsentrati va konsentrlangan fosfor kislota aralashtirgichga uzluksiz berib turiladi, xosil bo‘ladigan suspenziyaga ozgina mikdorda (apatit massasining 3% gacha) maydalangan oxaktosh kukuni qo‘shiladi. SHu xisobiga kamerada shakllanadigan superfosfat massasi (oxaktoshning parchalanishi natijasida xosil bo‘ladigan karbonat angidrid xisobiga) g‘ovaklashib qoladi va kameradan osonlik bilan frezer yordamida tushiriladi. Massaning turish vaqti aralashtirgichda 3-6 minutni, kamerada 1-1,5 soatni, xarorati esa aralashtirgichda 70-80°S ni, kamerada 90-100°S ni tashkil qiladi. xozirda qo‘llanilayotgan (7,1 m diametrli) kameralarga reagentlarning bir soatdagi sarfi: apatit 12-13 t ni, fosfat kislota (52-54 % P2O5) 22-24 t ni, oxaktosh 0,4 t ni tashkil etadi. Kameradagi massani shakllantirish balandligi 1,2-2 m ga teng. Fosfor kislotaga konsentrlangan sulfat kislota xam qo‘shilishi mumkin; bu esa (maxsulot birligiga nisbatan) fosfor kislota solishtirma sarfini kamaytirish imkonini beradi, undagi P2O5 ni qisman (51-52% gacha) kamaytiradi. Kamerada apatit konsentratining parchalanish darajasi 70% dan oshmaydi.

7.2— racm. Apatit konsentratidan kamerali usulda qo‘shaloq superfosfat ishlab chiqarish sxemasi:
1 — bunker; 2 — me’yorlashtirgich; 3 —bak; 4 — sarflagich; ;5- aralashtirgich; 6-quyqani oxak bilan aralashtirish ; 7 — superfosfat kamerasi; 8 — absorberlarga gazlarni o‘tkazish uchun gaz o‘tkazgich quvur; 9 — kamerali superfosfatning uzatuvchi konveer; 10 — kamerali superfosfatni sochuvchi; 11 — greyferli (kovshli) kran; 12 — qo‘shaloq superfosfat uchun bunker; 13 — lentali konveer; 14 — dezintegrator; 15 — neytrallash barabani; 16 — elevator; 17 — elak; 18 — neytrallangan superfosfat uchun bunker; 19 — lentali ta’minlagich; 20 — donalashtirgich; 21 - quritish barabani; 22 — o‘choq; 23 — tegirmon.
Kamerali qo‘shaloq superfosfatni omborli etiltirishda xam xuddi oddiy superfosfatdagi kabi ishlar amalga oshiriladi, bunda parchalanish darajasi 77-80% gacha ko‘tariladi. So‘ngra uning erkin kislotaliligini kamaytirish uchun oxaktosh kukuni va boshqa qo‘shimchalar bilan neytrallanadi va donadorlanadi. Kamerali usulda (100 kg apatitga 110 kg P2O5 xisobidan fosfat kislota me’yori bo‘yicha) olingan qo‘shaloq superfosfat tarkibida 43-44% o‘zlashadigan P2O5 bo‘ladi. 1 t o‘zlashadigan P2O5) xisobidagi donadorlangan qo‘shaloq superfosfat ishlab chiqarish uchun 320-330 kg (P2O5 xisobida) apatit va 810-820 kg (P2O5 xisobida) fosfor kislota sarflanadi.
Kamerali usulda bug‘latilgan ekstraksion fosfor kislota qo‘llanilishi talab etiladi. Uning kamchiligi, xuddi oddiy superfosfat ishlab chiqarishdagi kabi, maxsulotning uzok vaqt omborda etiltirilishidir; bu esa — yirik omborli inshoatlarga, mexnat sarflariga, maxsulotni bir necha bor davriy aralashtirishdagi energiyaga va atmosfera xavosining ftorli gazlar bilan ifloslanishiga ketadigan xarajatlarning ortishi bilan bog‘liq. Bug‘latilgan ekstraksion fosfor kislotaning ishlatilishiga asoslangan kamerali va kamera-oqimli usullarda qo‘shaloq superfosfat olishdagi ftorli birikmalarning ajralishi unchalik ko‘p emas. Masalan, apatit (-3% ftor to‘tgan) va bug‘latilgan fosfor kislota (52-54% P2O5 va 0,6-0,8% F) dan qo‘shaloq superfosfat ishlab chiqarishda ftorning 22-32%i (aralashtirgich, kamera va omborda 12-15%i, donachalarni quritish, ajratish, maydalash va sovutishda esa 10-15%i) gazli fazaga ajraladi, qolgan 70-80%i esa tayyor maxsulotda qoladi. Aralashtirgich va kameradan chiqariladigan gazlardagi ftorning konsentratsiyasi (asosan SiF4 tarzida) xammasi bo‘lib 0,15-0,2 g/m3 ni tashkil etadi. Donachalarni quritishda ajraladigan gazlar (2HF+ SiF4 aralashmasi) tarkibida ko‘p mikdorda chang bo‘ladi. SHuning uchun SiF4 ning absorbsiyasidan olinadigan N2SiF6 ning kuchsiz eritmasi maxsulot sifatida bo‘lmaydi. Jarayonni o‘tkazish va donadorlash bo‘linmalaridagi absorbsiya tarmoqlarining qurilmalari oddiy superfosfat ishlab chiqarishdagi tarmoqlar bilan bir xilda bo‘ladi.
Xozirgi paytda qo‘shaloq superfosfatning oqimli sxema bo‘yicha boradigan usullari ko‘prok qo‘llanilmokda. 3— rasmda apatit konsentratidan olingan ekstraksya fosfor kislota va oson parchalanadigan Kingisep fosfariti asosida qo‘shaloq superfosfat ishlab chiqarishning oqimli sxemalaridan biri tasvirlangan. Fosforit bunker 1 dan lentali o‘lchov me’yorlashtirgichi 2 orqali aralashtirgich 3 ga beriladi. Xuddi shu erga me’yorlashtirgich 4 orqali fosfat kislota (28-36% P2O5) kelib tushadi. YUqori konsentratsiyali kislotaning qovushqoqligi katta bo‘lganligi uchun xosil bo‘ladigan suspenziyaning oquvchanligi yomonlashadi. SHuning uchun bug‘latilgan ekstraksion fosfor kislota (52-54% P2O5) ishlatilganda, bu kislotani ishlatishdan oldin 34-36% P2O5 gacha — jixozlardan chiquvchi gazlarni, undagi qo‘shaloq superfosfat changlarini tutib qolish uchun yuvishdan olinadigan absorbsion eritmalar bilan suyultiriladi. Suspenziya aralashtirgichdan uzluksiz ravishda reaktorlar 5 ga tushadi, ularning xajmi undagi reaksion massani 60-90 mino‘t aralashtirilishini ta’minlaydi. 70-100°C da shuncha vaqt ichida -50% fosforit parchalanadi, suyuq faza dikalsiyfosfat bilan to‘yinadi va keyingi uning aralashtirilishi xech qanday axamiyat kasb etmaydi, chunki reaksiya keskin to‘xtaydi.
Gazlar absorbsiyaga

7.3 — rasm. Fosforit uni va bug‘latilmagan ekstraksiya fosfor kislotasidan qo‘shaloq superfosfat olishni oqimli sxemasi:
1 — fosforit uchun bunker; 2 — me’yorlashtirgich; 3 - aralashtirgich; 4 — fosfor kislotani me’yorlashtirgich; 5 — reaktorlar; 6 — nasoslar; 7 — donadorlashtirgich -quritgich BDK; 8 — o‘txona; 9,14 — siklon (chang to‘tgich); 10 — elevatorlar; 11 — elak; 12 — tegirmon; 13 — ammoniylashtirgich.
Buning sababini fosforit zarrachalari sirtining juda mayda dikalsiyfosfat kristallari bilan quyqalanishidan deb xisoblashadi. Xaroratning ortishi bilan dikalsiyfosfatning eruvchanligi kamayadi, shuning uchun katta intensivlikdagi uning kristallanishi fosforit zarrachalari sirtining shunday qismida sodir bo‘ladiki, u erda suspenziya massasidagiga nisbatan parchalanishning ekzotermikligi xisobiga xarorat yuqori bo‘ladi. Fosforit sirtidagi quyqali katlamda, shuningdek ekstraksion fosfat kislotadagi F - ionlaridan xosil bo‘ladigan kalsiy ftoridning mayda kristallari xam bo‘lishi mumkin.



Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish